30
17. Bemorda yuqorigi jag` qisman olib qo`yiluvchi protezning mumli
shaklini
tekshirishda, yuqorigi jag` oldingi tishlar labdan ko`rinmasligi aniqlandi.
Qaysi bosqichda hatolik sodir bo`lgan va sizning harakatingiz?
Javob:
YUqorigi jag` mumli bolishlarni jag`ga moslashtirilganda
uzunligi kaltaytirilgan. YUqorigi jag` mumli
bolish uzunligi boshqatdan
aniqlanishi va ikkala jag` tish qatorlari boshqatdan terilishi kerak.
18. 66 yoshli bemorga yuqorigi jag`iga qisman olib qo`yiluvchi protez
qo`yilgan. O`tuvchi burma sohasida og`riq bo`lishiga shikoyat qilib keldi. shifokor
korreksiya qilib bergandan so`ng, protez fiksatsiyasi yaxshi bo`lmay qoldi.
Sababini ayting va sizning harakatingiz?
Javob:
Korreksiya vaqtida protez chegarasi kaltaytirilgan.
Tez qotuvchi
plastmassa yordamida protez chegarasi shu joyda uzaytirilishi kerak.
19.59 yoshli bemorga ikkala jag`iga qisman olib qo`yiluvchi protezlar
qo`yilgandan
ikki kun keyin, ko`ngil aynishi, so`lak ko`p ajralishi, so`zlashish
qiyinligi, mazza sezish buzilishi, issiq-sovuqni sezish buzilishiga, ovqat uzib olish
va chaynash qiyinligiga shikoyat qilib keldi. SHifokorni hatosini ko`rsating? Bu
bemorga qanday maslahat berasiz?
Javob:
SHifokor organizmni protezga bo`lgan
javob reaksiyasini
bemorga tushuntirmagan. SHifokor bemorga shunday bo`lishini yaxshilab
tushuntirish kerak.
20.64 yoshli ikkala jag`da to`liq adentiyali
bemorni kuzatilganda,
chaynov mushaklari yaxshi riovojlanganligi,
lablar qalinligi, dahan keng va
balandligi, dahan mushaklari
yaxshi rivojlanganligi, imo ishora mimika yuzni
pastki qismida yaxshi joylashganligi aniqlandi. Bu bemor yuzi qaysi tipga kiradi va
qanday sun’iy tishlar mos keladi?
Javob:
1. Kvadrat va masseterial yuz tipi. To`g`ri burchakli kvadrat sun’iy tish-
lar tanlanib terilishi kerak.
2. Oval yuz tipi. Oval tishlar terilishi kerak.
3. Noksimon yuz tipi. Noksimon sun’iy tishlar
bilan protez tayyorlash
kerak.
4. Teskari konusli yuz tipi. Konussimon sun’iy tishlar bilan protez
tayyorlash kerak.
21. Bemor K. shifokor qabuliga keldi.
Dostları ilə paylaş: