Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


OLIB QO`YILUVCHI TISH PROTEZLARIGA



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
OLIB QO`YILUVCHI TISH PROTEZLARIGA
ISHLOV BERISH 
Polimerizatsiyadan keyin byugel ochilib, press yordamida gips protez bi-
lan birga kyuvetadan ajratiladi. Protez gipsdan tozalanadi, so`ng shlefmator 
yordamida karborund toshlar bilan, qum qog`oz va shtihellar yordamida ortiqcha 
plastmassani, belgilangan chegaralargacha olinadi. 
Maxsus qog`oz ushlagichga qum qog`oz qo`yiladi va shlefmator na-
konechnikiga o`rnatib, protezni jilvirlash o`tkaziladi. 
Turli shakldagi filtslar yordamida tishlar orasi va tishlarning o`zi silliqla-
nadi, so`ng protez asosining tashqi yuzasi silliqlanadi. Bunda protez yuzasi doim 


14 
pemza bo`tqasi bilan ho`llab turiladi, so`ng qattiq щyotkada bo`r (mel) bilan yal-
tiroq bo`lguncha silliqlanadi. 
Olib qo`yiluvchi qisman plastinkali tish protezlarining sifatini baholash 
quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
Mashg`ulotni boshlashdan avval o`qituvchi talabalarga o`tilgan mavzuni 
eslatish kerak. Protez tayyorlashning klinik laborator bosqichlarining qanchalik 
to`g`ri tayyorlanganligi ohirida plastinkali tish protezni ishlatish vaqtida sifatiga va 
unga tez o`rganishga ta’sir etadi. 
1.
Bemorlarning sub’ektiv hissiyotlari orqali 
2.
Tish protez chegarasi va tayanch tishlar parodont to`qimalarining holati 
bo`yicha. 
3.
Protezning fiksatsiyasi bo`yicha
4.
Bemorning tashqi kurinishini tiklanishi holati bo`yicha 
5.
Nutkning aniqligi va ravonligi orqali 
6.
CHaynov samaradorligini tekshirishni laborator ko`rsatkichlari natijalari or-
qali aniqlash mumkin 
OLINUVCHI PLASTINKALI TISH PROTEZINI
TAQIB KO`RISH VA MOSLASHTIRISH 
Protezni taqib ko`rish va moslashtirish quyidagi bosqichlardan iborat: 
Avval protezni tashqi ko`rinishga protezni qalinligiga e’tibor berish 
kerak. Agar qalinligi 1,5 mmdan ko`p bo`lsa, frez yordamida olib tashlash kerak 
(yuqori jag` uchun). 
Bazis chetlari yumaloqlashgan bo`lishi kerak. Agar bazis chetida o`tkir 
qirralari bo`lsa, olib tashlab qirralariga silliq shakl berish kerak. 
«A» chizig`i sohasida protez chegaralari yupqalashtiriladi, agar notekis-
liklar va yaltiratish sifati sust bo`lsa, tish texnigiga qaytadan ishlov berish uchun 
yuboriladi. 
Klammerning o`tkir qirralari aniqlansa, korborund tosh yoki rezina disk 
yordamida o`tmaslashtiriladi. Tishlarning tashqi ko`rinishida ularning rangi, 
o`lchovi va terish sifatida e’tibor beriladi. So`ng protez og`iz bo`shlig`iga kiritiladi. 
Ko`pincha olinuvchi plastinkali tish protezlarini og`izga kiritilishida tabiy tishlar 
ushlab qoladi. Bunda qora qog`oz yordamida tabiiy tishlar sohasida ortiqcha 
plastmassa frez yordamida protez o`rniga to`la tushguncha olib tashlanadi. Protez 
o`rniga to`la tushgandan keyin, chegarasini ko`ramiz, harakatchan shilliq qavat va 
burmalar ajratiladi, shilliq qavat egatchasiga e’tibor beriladi. Bunda protez o`tuv 
burmasi darajasigacha e’tibor berish kerak. Klammer ekvator chizig`idan pastda 
joylashib butun yelka yuzasi bilan tishni zich ushlab turishi kerak va tishga or-
tiqcha bosim ko`rsatmaslik kerak. Agar protez o`z o`rniga yaxshi joylashmagan 
bo`lsa, uni asosini qaytadan yasash kerak yoki yangisini tayyorlash zarur. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin