Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
3.
 
Pastki jag`ning oldinga chiqishi (siljishi).
Og`iz bo`shlig`ini ko`zdan kechirganda, og`iz to`g`ri yopilganda tish qatorlarining 
prognatik munosabati hosil bo`ladi. Bu hatoni bartaraf eish uchun okklyuzion ho-
latida aniqlash va fiksatsiyalash (mahkamlash) bosqichi qaytariladi. 
4.
 
Pastki jag`ning orqaga surilishi.
Og`iz bo`shlig`ida og`iz to`g`ri yopilganda tish qatorlarining progenik munosabati 
hosil bo`ladi. Hatoni bartaraf etish uchun yangidan markaziy okklyuziyani aniqlash 
lozim. 
5.
 
Pastki jag`ni o`ngga, chapga siljishi.
Og`iz bo`shlig`ini ko`zdan kechirganda yon tomonlarning birida jipslashuv 
yo`qligi aniqlanadi. To`g`rilash uchun texnik yangi tishlov bolishchali mum asos 
tayyorlaydi va markaziy okklyuziya qaytatdan aniqlaniladi. 
6.
 
YUqori mumli asosning deformatsiyasi.
Og`iz bo`shlig`ida yon tishlarning do`mboqli jipslashuv ochiq prikus, prikusning 
ko`tarilib qolishi aniqlanadi. 
7.
Past mumli tishlov bolishchalarining deformatsiyasi
natijasida og`iz 
bo`shlig`ida yon tishlarning do`mboqli jipslashuvi, ochiq prikus aniqlaniladi. Bu 
hatoni bartaraf etish uchun yangidan tishlov bolishchali mum asos tayyorlaniladi 
va qaytatdan markaziy okklyuziya aniqlaniladi. 
PROTEZNING MUMLI ASOSIGA
YAKUNIY SHAKL BERISH 


11 
Protez tuzilmasidagi oldin ko`rsatilgan kamchiliklar tekshirilib bartaraf 
etilgandan so`ng model okklyudator bilan birga tish tehnigi laboratoriyasiga yubo-
riladi. Tish tehnigi protez asosiga ishlov berishga kirishadi. 
Qizitilgan shpatel bilan suyuq mum yordamida asos protez model che-
garasi bo`yicha to`ldiriladi, qizitilgan shpatel sim joylashgan sohasiga bir necha 
marta kiritiladi va sim olib tashlanadi, lekin mum asos bo`zilmasligi kerak. Qizitil-
gan skalpeli bilan tishlar orasidagi ortiqcha mum olib tashlanib, tish qismigacha 
ochilib, ovalsimon shakl beriladi. 
Skalpel bilan ilgaklar mumdan tozalanadi, tish benzinga botirilgan paxta 
bo`lagi bilan artiladi. Agarda suyak torusi va ekzostozlari bo`lsa, ular ajratiladi. Bu 
jarayon protezni muhim turishi, yotoq yaralari hosil bo`lmasligi va og`riq hissini 
sezmasligi uchun qilinadi. Ekzastaz va torus shaklini vrach gipsli modelda 
kimyoviy kalam bilan belgilaydi va ajratish taglik qalinligini ko`rsatadi. 
Izolyatsiya qilish uchun qalinligi 0,2-0,4 mm qo`rhoshinli, qalayli zar-
ralardan foydalaniladi. Modelda suyak bo`rtmalari o`lchamidagi zarlar orqali mod-
elga kley bilan yopishtiriladi. 
Keyin asosni shakillantirish zar yuqorisidan mum bilan davom ettiriladi. 
Protez polimerizatsiyasidan so`ng zar asosning ichki yuzasida qoladi. Uni protez 
yaltiratilgandan so`ng olinadi, botiq qirg`oqlari yaxshilab tekislanadi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin