21
Buning uchun singan protez sinish chizig`i bo`ylab, uning ikkala yuzasi-
ga, protakril plastmassasining jamlamasiga kiruvchi «dihlor etan» yelimi surilib, 2-
3 daqiqaga qo`l bilan ushlab turiladi. YElimlangan protez qotgandan so`ng undan
gipsli model tayyorlaniladi. Albatta ikkinchi jag` modeli ham tayyorlaniladi.
Singan protez modeliga kontur model ham tayyorlaniladi va markaziy okklyuziya
avval aniqlangan bo`ladi.
Singan protez modeldan olinib, singan chiziq bo`ylab
ikki bo`lakka (elimlangan) joydan ajratiladi.
Singan protezning ikkala bo`lagini sinish chizig`i bo`ylab o`zunligi,
kengligi va qalinligidan 1-5 (2) mm plastmassadan olinadi. Model va kontr model-
lar ajratuvchi lak «Izokol» bilan surtilib, protez singan
qisimlari modelga joy-
lashtiriladi va kontr model orqali qanchalik to`g`ri joylashganligi tekshiriladi.
So`ngra tez qotuvchi «Protakril» yoki «Redont» plastmassalari olinib,
shisha yoki fosfor
idishlarda monomer va polimer, kukun va suyuqliklari bir-biri
bilan, 2:1 og`irlikda aralashtiriladi. Kukun (poroshok) suyuqlik (monomer)
bilan
to`yintirilib, ustidan monomer uchib ketmasligi uchun shisha plastinka bilan yopib
qo`yiladi.
Atrof haroratiga bog`liq holda plastmassa hamiri 3-5 daqiqada tayyor
bo`ladi (avval yahshilab aralashtirib olinadi).
Protezning sinik bo`laklari plastmassa
suyuqligi bilan artilib, tayyor
bo`lgan plastmassa xamiri ortig`i bilan protez sinigi bo`ylab
joylashtirib, kontr
model bilan bosiladi.
Ortiqcha chiqqan plastmassalar olib tashlanadi. Polimerizatsiya, 15-20
daqiqa davomida yakunlanadi. So`ngra protezga ishlov
berilib yaltiratiladi va
bemorga taqiladi. Protezlarni klinik usul bilan yamash vaqtinchalik bo`lib, ma’lum
vaqt o`tgach protez yana tez-tez sinishi mumkin. Ikki hil plastmassa bo`lgani
uchun asos plastmassaning fizik-himik hossalarining ko`rsatkichlari pasayadi
hamda gigiyenik tomonidan ham plastmassaning shilliq
qavat tomoniga qaragan
yuzasida mikroblar to`planishi kuchayadi. Natijada nohush hidlar hosil bo`ladi.
SHuning uchun ham singan olib qo`yiladigan plastinkali protezlarni sifatli yamash
usuli bilan laborator yo`li hisoblanadi. CHunki bu usulda protez o`zi tayyorlangan
bazis plastmassasi orqali (yamaladi) tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: