Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


OLIB QO`YILUVCHI PLASTINKALI PLASTMASSADAN



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
OLIB QO`YILUVCHI PLASTINKALI PLASTMASSADAN 
TAYYORLANGAN TISH PROTEZLARINING ASOSINI
(BAZISINI) METALL BILAN QOPLASH 
(METALL KUKUNI) USULI 
Akril plastmassalaridan tayyorlangan protezlarda bemorlarda allergik ho-
lat ko`zatishganda, yuqorida aytilgan usullardan tashqari yangi usullar qo`llanishi 
mumkin. Bu usul yordamida plastinkasimon tish protezlarining asosini (bazisini) 
kimyoviy yo`l bilan metall kukuni qoplanadi. Buning uchun kimyoviy yo`l bilan 
elektrolit eritmalari bo`lgan, kumush, oltin, palladiy elementlari ishlatiladi. Xi-
miyaviy reaksiyani olib borish uchun odatda kumush nitrat yoki uning aralash to`z 
(AgNH
3
) NO
3
) qo`llaniladi. 
Qaytaruvchi sifatida esa formaldegid yoki glyukoza ishlatiladi. 
Kumushning plastmassa asos bilan birikish mexaniq jarayon bo`lib, metall bilan 
qoplanuvchi yuza mayda gadir-budurlikka ega bo`lishi kerakdir, hamma yuza spirt 
bilan yog`sizlantirilgan va toza yuvilishi kerakdir. Lekin kumush protez asosidan 
2-3 hafta ichida yo`qolib ketadi. Natijada qayta metallash uchun bemor bir necha 
bor qatnashiga to`g`ri keladi. 
Akril plastmassali bazis protezlarining yuzasini oltin bilan qoplash ancha 
samarali bo`lib, oltinning plastmassa bilan adgeziyasi yetarli darajada mustahkam 
bo`ladi. 
OLIB QO`YILADIGAN PLASTINKALI TISH
PROTEZLARINING SINISH SABABLARI VA
ULARNING TO`ZATISH USULLARI 
Olib qo`yiladigan plastmassali tish protezlarning sinish holatlari 
quyidagi sabablar orqali yuzaga kelishi mumkin: 
1. Asos plastmassa hom-ashyosining fizik-kimyoviy xususiyatlarining 
yetishmovchiligidan 
2. Tish texnigining plastmassani tayyorlashdagi laborator bosqichlarini 
noto`g`ri olib borishi natijasida
3. Bemorlarning protezni taqib yurishi vaqtidagi ehtiyotsizligi natijasida 
4. Jag` suyagining atrofiyasi natijasida protez maydoni sohasining protez 
asosiga mos kelmasligi natijalari orqali tish protezlari sinishi mumkin. 
Qisman olinuvchi plastmassali plastinkasimon tish protezlarining sinishi, 
tabiiy tishlar bor sohasiga to`g`ri keladi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin