5. Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual hususiyatlarini hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin. 6. Jismoniy ta’limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish tutgan taqdirdagina to’g’ri jismoniy o’sishiga erishish mumkin. Jismoniy ta’limning tajriba tizimi ko’pchilik avlod tajribasida sinab ko’rilganidan keyingina to’g’ri tajriba deb tan olinishi mumkin. 7. Jismoniy ta’lim tizimining o’zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo’llanuvchi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarga qarab asta-sekin o’zgaruvchi uncha ko’p bo’lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg’itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o’yinlar va ekskursiyalarni ana shunday mashqlar deb hisobladi.