Rossiyada kapitalizmning qaror topishi davrida mamlatda sport-gimnastika harakati paydo bo’ldi; sportning ayrim turlari bo’yicha to’garaklar va klublar bunyodga keldi, birinchi ishchilar sport to’garaklari vujudga keladi. Shafqatsiz ekspluatasiya va proletariatning og’ir moddiy ahvoli proletariat orasida jismoniy tarbiya va sportni keng taraqqiy ettirish imkonini bermadi. Dehqonlar masalasiga kelganda, dehqonlarning jadallik bilan sinfiy tabaqalanishi va kapitalistik ekspluatasiyaning avj olishi sharoitida ular o’ziga xos xalq jismoniy mashqlari turlarini yoyish uchun juda ham cheklangan imkoniyatiga ega edilar. Mehnatkashlarni sog’lomlashtirishning keng tadbirlari va jismoniy tarbiyaning zarurati haqida gap yuritgan Rossiya progressiv doiralarining vakillari, ilg’or olimlar, pedagoglar, vrachlar va jamoat arboblari jismoniy tarbiyaning shakllarini va xalq jismoniy tarbiyasi usullarini qo’llab-quvvatladilar. Ular jismoniy tarbiyadan ekspluatasiya va qo’pol harbiy mashqlar sifatida foydalanishga qarshi faol kurashdilar, boshlang’ich va o’rta ta’lim bilim yurtlarida jismoniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishini tubdan yaxshilashni talab etdilar.