C. Undan keyin o’smir tevarak-atrofdagi buyumlarni hisobga olgan va natijalarni oldindan ko’z oldiga keltirgan holda o’z harakatlarini vaqt va makonga moslashga o’rganadi. U bu xildagi mashqlar yordamida o’z mushak hislarini o’stiradi va har qanday sharoitda ham durustroq harakat qilishga o’rganadi. Makon munosabatlarini o’rganish va ishni vaqtga qarab taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan bu mashqlar maktabning yuqori sinflarida qo’llaniladi. D. Ayni vaqtda bola yoki o’smir o’yin o’ynash, ekskursiya va og’ir harakatlar qilish paytida murakkab harakatlardan foydalanib, o’zi hosil qilgan ko’nikmalarini tekshirib ko’radi va ularni mustahkamlab oladi. Murakkab harakatlar ko’rinishidagi bu mashq tizimlari maktabning barcha sinflarida mashqlarning datlabki uchta guruhi bilan parallel ravishda qo’llaniladi.