P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyaningng sinfiy xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. Bundan tashqari, u boshqa xatolarga ham yo’l qo’ydi. Masalan, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarning foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy mashqlarga o’rgatishda ko’rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o’zining jismoniy tarbiya tarixiga doir asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e’tibor bermadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar o’zining ilmiy qimmatini saqlab keladi. XIX asrning ikkinchi yarimida kapitalizmning qaror topishi ta’sirida Rossiyada bunyodga kelgan yangi ijtimoiy munosabatlar, mehnatkashlar bilan ekspluatatorlar o’rtasidagi kuchli sinfiy kurash va 60-90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy harakat mamlkatda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiy etishiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi.