137
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
«Kompyuter grafikasi» fani chizmalarni kompyuter
vositasida chizmalarni
bajarish, buyumlarni loyihalash,
ularni tahrirlash, ikki va uch o‘lchamli modellarini
bajarishda zaminaviy AutoCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikma va
malaka hosil qilish vazifalarini bajaradi.
Ma’lumki, keyingi yillarda kompyuter grafikasi
imkoniyatlarining jadal
kengayib borishi va uning loyihalashda keng qo‘llanilishi sababli turli ta’lim
muassalalari o‘quv jarayonlarida ham kompyuter grafikasi keng o‘rganila boshlandi.
Talabalarning kompyuter grafikasi asoslarini bilishi mutaxassislik fanlarini
o‘zlashtirishlarida, kurs va malakaviy bitiruv
ishlarini bajarishlarida, shuningdek
umumta’lim maktablaridagi malakaviy amaliyotlarni yuqori saviyada o‘tishlarida
qo‘l keladi.
Fan bo’yicha
talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo’yiladi.
Talaba:
1.
Kompyuter
grafikasini turli sohalarda, xususan, fan, texnika, san’at, o‘quv
jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlarini;
2.
Kompyuter grafikasi nuqtai nazaridan zamonaviy EHM va grafik dasturlar
imkoniyatlari haqida
tasavvurga ega bo‘lish
;
3.
Ikki o‘lchamli ob’yektlarning
chizmalarni bajarish, ularni tahrirlash,
zarur
o’lchamlarni qo’yish, obyektlarga bog’lanish imkoniyatlaridan foydalanish, Uch
o’lchamli
obyektlarni loyihalash, 3D dan 2D formatga o’tkazishni, AutiCAD
dasturida bajarilgan ishni qog’ozga
chop etishni
bilishi va ko’nikmasiga ega
bo’lishi.
4.
Kompyuter grafikasini OO‘Yu va umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va
kasb-hunar kollejlarida o‘qitish metodikasining o‘ziga xos hususiyatlarini bilishi.
Talabalar bu fan bo‘yicha Kompyuter grafikasi dasturlaridan mustaqil
foydalana olish ko‘nikmalarni hosil qilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu dastur asosida kompyuter grafikasini o‘rganishda shaxsiy kompyuterlar
yoki noutbuklar hamda mos printer qurilmalari bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: