- qahramonlarning qilmishlari sabablarinin tushunish,syujet liniyasidan chiqmaslik voqeaning sabab oqibat jihatidan bog’likligini taminlash ,ijro muhitini yaratish,,bir vaqtning o’zida ro’l o’ynayotganlarning bir nechtasini boshqara olish
S
Tomoshabinlik qobilyati
4
- personajning emotsional xolatini tushunish va unga muvofiq tarzda to’g’ri keladigan ifoda vositalarini yani ovoz,mimika,pantomimika tanlay bilish,ifodali o’qish
§ 8. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil etish shakllari:
Sahnalashtirilgan o’yin faoliyati shakllari bir necha xil bo’lib u o’zining barcha turlari bilan bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko’maklashadi. Ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi, tashabbuskorligi, nutqi, badiiy didini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini rivojlantirish sahnalashtirilgan faoliyatning mazmunidan kelib chiqib quyidagi shakllarga bo’linadi (1-sxemaga qarang). Мaktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini o’tkazish vaqti belgilanmagan, ushbu faoliyatni pedagogik faoliyatdan kelib chiqib ya’ni integrativlik prinsipiga tayangan holda tashkil etish mumkin.