Rejissyorlik
qobiliyati
|
|
|
Sahna bezatish qobiliyati
|
а) Izohlab, talqin qila oladi.
|
|
|
а) Asar g’oyasini tushunadi.
|
b) Umumlashtira oladi.
|
|
|
b) Asar mazmunini umumlashtiradi va dekoratsiya yarata oladi.
|
d) Rejalashtira oladi, rollarni to’g’ri taqsimlay oladi.
|
|
|
d) Asar mazmunidan kelib chiqib kostyum va atributlar haqida o’ylaydi.
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ijodiy o’yinlar o’ynasa, o’zining va do’stlarining qobiliyati, iqtidorini ko’rsatishga harakat qilsa, demak bolada ijodiy qobiliyat mavjud.
Sahnalashtirish faoliyati o’sib kelayotgan barkamol avlodni tarbiyalash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Rossiyalik pedagog N.F. Sorokinaning «Teatr-Ijod-Bola» dasturi19 asosida «Ertaklar yaxshilikka yetaklar» mavzusidagi namunaviy dastur ishlab chiqildi.
Dasturning maqsadi: Teatr san’ati vositasida bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Dasturning vazifasi:
1. Bolalarni obrazlarni his etish va yorqin ifodali vositalar orqali tasvirlashga o’rgatish.
2. Bolalarga teatr madaniyati va sahnalashtirish faoliyati haqida tizimli bilimlar berib borish.
3. Bolalarda sahnalashtirilgan o’yinlarga nisbatan qiziqish uyg’otish.
Dastur quyidagi bo’limlardan iborat:
Dasturga kirish.
Teatr madaniyati haqida.
Ritmoplastika.
Sahnalashtirilgan o’yinlar.
Dastur 5-7 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan. Dasturning asosiy tamoyili integrativlik (yaxlitlik) bo’lib, sahnalashtirish faoliyati pedagogik jarayonda uy’gunlashtiriladi. Ta’limiy faoliyatda (musiqa, rasm chizish, nutq o’stirish, o’yinlar) kattalar va bolalarning hamkorligidagi ishlari yo’lga qo’yiladi.
Dasturni amalga oshirish davomida bolalar teatr turlari va teatr madaniyati, sahna dizayni (tomosha zali, ayvon va garderob), teatr kasblari (aktyor, rejissyor, grimyor, ovoz rejissyori, sahna bezovchi, chiroqchi, suflyor va h.k.) qo’llaydigan usul va manipulyatsiyalar haqida tasavvurga ega bo’ladi.
Natijada bolalar rolni namoyish etish, inssenirovka qilish, ifoda vositalarini qo’llashni o’rganadi. Tanish ertak va qo’shiqlarni mustaqil ravishda kuylaydi va ijro etadi. Qahramonlarning emotsional holatini his qilish, tushunish, boshqa personajlar bilan rolli harakatlarga kirishish ko’nikmasi shakllanadi. Bolalar tengdoshlari, kichik guruh bolalari, ota-ona va mehmonlar oldida sahnada chiqish qila oladi. Dasturni qo’llash davomida bolalarning bilimlari yilda ikki marotaba sentabr oyida-kirish, may oyida-yakuniy natijalarni aniqlash uchun test topshiriqlari asosida diagnostika qilinadi.
«Ertaklar – yaxshilikka yetaklar» dasturi sahna ko’rinishi namoyishi bilan yakunlanadi.
Tayanch tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: |