Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Qo’g’irchoq o’ynatishning o’ziga xos tomonlari



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə23/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Qo’g’irchoq o’ynatishning o’ziga xos tomonlari
Qo’g’irchoq o’ynatishga o’rgatishni qoshiqchalar teatrdan boshlagan ma’qul. Yog’och qoshiqdan tayyorlangan qo’g’irchoqni boshqarish oson. Bola qoshiqni dastagidan ushlab uni tepaga ko’taradi. Bolaning qo’li qoshiqchaga kiygizilgan yubkacha ostiga berkitilgan.
Parda (shirma) bilan ishlar ekan, bola qog’irchoqning to’g’ri «yurayotganini» va keragidan ortiq balandlab ketmayotganini his etishi kerak. Personajning yurishlarini (oson, lapanglab, shoshib-pishib va boshqa), obrazini bera olishga o’rgatish kerak. Qo’g’irchoq qanday asta-sekinlik bilan kirgan bo’lsa shunday ketishi kerak. Qo’g’irchoqlar «gaplashayotganda», ayni paytda «gapirayotgan» qo’g’irchoq astalik bilan harakatlanadi. Boshqasi esa bu paytda diqqat bilan «eshitadi», vaqtincha barcha harakatlarni to’xtatadi. Bu usul tomoshabinlarga qaysi qo’g’irchoq nutq so’zlayotganini aniqlashga yordam beradi. Suhbat paytida qo’g’irchoqlar qarama-qarshi turib bir-birlariga «qarashlari» lozim. Bolaning nutqi qo’g’irchoq harakatlariga mos tushishi muhim, etyudlar qo’g’irchoqni «jonlantirishga», qo’g’irchoq boshqarish asoslarini o’zlashtirishga yordam beradi.
Qo’g’irchoq boshqarishning umumiy qoidalari (E.A.Antipova tavsiyasiga ko’ra):
Qo’g’irchoqni shirma (parda)ga nisbatan ma’lum darajada ushlash talab etiladi. Pardaning chetiga taqab qo’yilgan qo’g’irchoq o’z balandligining ¾ qismichalik ko’tarilib turishi lozim.
Qo’g’irchoq harakatlarni amalga oshirayotgan paytda uning qo’llari gavdasiga taqalib turishi kerak.
Qo’g’irchoqni to’g’ri (tikka) ushlash kerak. Uning egilishi qo’l panjasining egilishi bilan amalga oshiriladi. Qo’g’irchoqning beli qo’lning bilagiga to’g’ri keladi.
Qo’g’irchoqni ikkinchi planga chiqarishda uni balandroq ko’tarish kerak.
Qo’g’irchoqni o’tqazish uchun avvalo bilakni bukib qo’g’irchoqni egish kerak, keyin u o’tiradigan joyiga bilakni suyash kerak. O’tirgan qo’g’irchoq turishi uchun u avval oldinga egiladi, gavdasini to’g’irlaydi va bir vaqtning o’zida gavdasi to’g’rilanguncha biroz ko’tariladi. Agar qo’g’irchoqning oyoqlari bo’lmasa, uni shirma chetiga o’tqizishda, tasavvurdagi tizzalar o’rniga pastdan bo’sh qo’llarni qo’yiladi. Qo’llar qo’g’irchoq kiyimi bilan berkitiladi.
Qo’g’irchoqlarning harakati va so’zlari ma’lum bir diqqat obyektiga qaratilgan bo’lishi lozim.
Gapirayotgan qo’g’irchoq bosh yoki qo’l harakatlari yordamida, eng muhim so’zlarga o’tirganlarning e’tiborini qaratishi kerak.
Bitta qo’g’irchoq gapirayotganda qolganlari qimirlamasligi lozim: aks holda so’zlar kimga tegishli ekani tushunarsiz bo’lib qoladi.
Aktyorning xarakteri qo’g’irchoqqa berilishi kerak.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin