Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


§ 7. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda aktyorlik qobiliyatini rivojlantirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə24/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
дарслик саҳналаштириш

§ 7. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda aktyorlik qobiliyatini rivojlantirish.



Sahnalashtirish o’yinlari davomida bolalarda quyidagi qobiliyatlarni kuzatish mumkin:
Aktyorlik qobiliyati;
Rejissyorlik qobiliyati;
Sahna bezash qobiliyati;
Tomoshabinlik qobiliyati.
Aktyorlik qobiliyati – personajning emotsional holatini tushunish va unga muvofiq tarzda to’g’ri keladigan ifoda vositalari: ovoz, mimika, pantomimikani tanlay bilish, ifodali o’qish, mimikada turli hissiyotlarni ko’rsata olish sifatlarini namoyon qilishdir.18
Rejissyorlik qobiliyati – qahramonlarning qilmishlari sabablarini tushunish, syujet chizigidan chiqmaslik, voqeaning sabab-oqibat jihatidan bog’liqligini ta’minlash, ijro muhitini yaratish, bir vaqtning o’zida rol o’ynayotgan ijrochilarning bir nechtasini boshqara olish sifatlarini namoyon qilishdir.
Sahnani bezash qobiliyati – sahna asarini badiiy jihatdan ko’ra olish, syujet uchun dekoratsiya, kostyum, atributlarni to’g’ri tanlash va ijro muhitini yaratish qobiliyatidir.
Tomoshabinlik qobiliyati – personajlarni emotsional holatini tushuna olish va asar qahramonlariga nisbatan empatyani yarata olish. Tomoshabinlik madaniyati, ko’rgan narsalari haqida fikr bildira olishi, o’zaro munosabatining mavjudligi, aktyorlar ijrosi haqida fikr bildira olish qobiliyatidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning dramalashtirilgan o’yinlarga nisbatan qobiliyatlarini aniqlashda kuzatish hamda suhbat metodidan foydalaniladi. Kuzatuv dramalashtirilgan o’yinlar jarayonida tarbiyachi tomonidan olib boriladi. Kuzatuv metodini qo’llash jarayonida bolalar mustaqil va erkin holda dramalashtirilgan o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari kerak.
Sahnalashtirish o’yinlari davomida bolalardagi qobiliyatlarni aniqlashda quyidagi etyud o’yinlarni taklif etish mumkin:
Bolaning aktyorlik qobiliyatini aniqlash uchun bolaga matnni quyidagi intonatsiyalar bilan aytib ko’rish taklif etiladi:
a) hayron bo’lib;
b) quvnoq kayfiyatda;
c) savol ma’nosida;
d) jahl chiqqan holda;
e) muloyim, xotirjam kayfiyatda.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin