6-bosqich. Ertakning ilk taqdimoti (premyerasi) Premyera har doim hayajon, va bayramona kayfiyatda o’tadi. Bolalar sahna san’atining odatda jamoa san’ati ekanini amalda tushuna boshlaydilar. Ertak namoyishining muvaffaqiyati har bir ishtirokchining e’tibori va masuliyatiga qanchalik bog’liq ekanini anglaydilar.
Yoshga xos xususiyatlari sabab bola doim o’zini o’ylaydi. U o’zini boshqalardan ustun deb biladi. O’zining shaxsiy emotsional tajribasi va xotirasiga asoslangan holda o’z hayotida ertak qahramoniga o’xshash hissiyotlarni boshdan kechirganini eslaydi. . Bolalar bir narsani o’ynayverishi ularni zeriktiradi degan gap noto’g’ri.
Agar asarda oldindan hammasi qat’iy dasturlashtirib qo’yilgan yosh ijrochilar rejissyor irodasini, talabini bajarayotgan bo’lsagina bolalarda zerikish bo’lishi mumkin.
Agar bolalar sahnada nima qilish kerakligini tushunishsa-yu, lekin har safar boshqacharoq qilishga intilishsa, shuning o’zi ham ijodiy improvizatsiyaning bir ko’rinishidir.
Qo’g’irchoqlarni boshqarishda qo’l harakati Qo’g’irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo’lgan yo’nalish bu uning qo’l harakatchanligidir. Haqiqatdan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi bo’lgan qo’l qo’g’irchoq teatrida o’zining mo’jizakorligi, sehrgarlik kuchini yanada yaqqol namoyon qiladi.
Dramaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo’g’irchoq ustasining ijodiy ko’magida dunyoga kelgan qahramonlar qo’g’irchoq teatri aktyori qo’li bilan jonlanib, mantiqli, maqsadli xatti-harakatga moyil qilinadi. Bu o’z o’rnida qo’g’irchoq teatri aktyoridan qo’llarining naqadar harakatchan, chiniqqan, chidamli bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun qo’g’irchoqlarni katta mahorat bilan boshqarib, turli mantiqli xatti-harakatlar sodir qilish bilan birga, qo’l yalang’och holda, qo’lqopli holatda yoki dumaloqcha kiygan holatda turli harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini namoyon etadi. Demak, qo’g’irchoq teatri aktyorning qo’l harakatchanligi cheksiz imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak.
Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo’ladi: