Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə22/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
дарслик саҳналаштириш

1. Jismoniy harakat – bajariladigan ishning tashqi holati (kiyinish, gul taqdim qilish, o’sma qo’yish va boshqalar). Bu harakat asosan psixik
harakatni amalga oshirish uchun moslama sifatida xizmat qiladi.
2. Psixik harakat. Inson ongiga, ruhiga, holatiga ta’sir qilib, uni o’zgartirishga olib keladi (tushuntirish, maqtash, rad etish, kulish
va h.k.).
3. So’zli harakat. So’z – bu fikr bayoni. So’z sahnada aniq maqsadga erishish vositasi. So’z inson ruhiyatiga, ya’ni intellektiga, tasavvuriga va his-tuyg’ulariga har tomonlama ta’sir qilish kuchiga ega.
Jismoniy, psixik va so’zli xatti-harakatlarning barchasi sahnada bir maqsadga erishish uchun yo’naltiriladi.
Qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqboz jonsiz o’yinchoqqa jon baxsh etadi. Qo’g’irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun qo’g’irchoqboz jismoniy sog’lom, qo’l va barmoqlari abjir, epchil bo’lishi kerak.
Chunki qo’g’irchoqbozning har bir qo’l harakati qahramon fikrini ifodalab berishi kerak. Qo’g’irchoqboz har xil holatda, tizzalab o’tirgan holatda, yotgan holda to’siq ortida rol ijro etishi mumkin.
Ishtirokchilarning bo’yiga moslab to’siq yaratish maqsadga muvofiq. To’siq qanday balandlikda bo’lishidan qat’i nazar, uning ustki qismiga biriktirilgan taxta (reyka) qo’g’irchoq uchun taxminiy yuradigan maydon hisoblanadi. Aktyor sahnada qanday yursa, qo’g’irchoq ham shartli maydonda xuddi shunday yurishi kerak, ya’ni reykadan pastga tushib ham, chiqib ham ketmasligi kerak. To’siqdan qo’g’irchoqni uchdan ikki qismi tomoshabinga aniq ko’rinishi shart.
Sahna ichkarisiga uzoqlashgani sari qo’g’irchoqni balandroq ko’tarish kerak, chunki to’siqdan uzoqlashganda qo’g’irchoq tomoshabinga kichrayib ko’rinadi.
Qo’g’irchoq teatri dekoratsiyalari ixcham bo’lishi kerak. To’siqda jihozlar qancha kam bo’lsa shuncha yaxshi, chunki qo’g’irchoqlar harakati va ijrochilari uchun erkinlik va qulaylik yaratiladi.
Qo’g’irchoq spektaklini musiqasiz tasavvur qilish qiyin, musiqa parda ochilganda, yopilganda, ko’rinish o’rtasida, sahna o’zgarishidagi bo’shliqlarni to’ldirib turadi, spektaklni mukammalashtiradi

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin