Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


-bosqich. Ertakni qism (epizod)larga bo’lish va ularni bolalar tomonidan so’zlab berilishi



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə20/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
дарслик саҳналаштириш

2-bosqich. Ertakni qism (epizod)larga bo’lish va ularni bolalar tomonidan so’zlab berilishi.
Bolalar har bir epizodni gapirib berishadi va bir-birlarini to’ldirgan holda shu epizodga nom qo’yishadi. риш керакки, асарн
3-bosqich. Etyud ko’rinishidagi alohida (epizod) qismlar bilan ishlash.
Bu bosqichda kichik-kichik qismlarni sahnalashtirish va matnni improvizatsiyalashgan holda o’qish ishlari amalga oshiriladi.
Obrazlarni jonlantirishni avvalo tarbiyachining o’zi bolalarni jalb qilgan holda ko’rsatib beradi. So’ngra obrazni jonlantirish guruhdagi faol bolalar bilan amalga oshiriladi va bora-bora bu jarayonga guruhdagi hamma bolalar ixtiyoriy jalb qilinishi kerak.
Tayyorgarlik (repititsiya) jarayonida, yangi fikr tug’ilsa uni kengaytirib mukammallashtiriladi. Bunday yangi fikrlar odatda tomoshabinlar yoki repititsiyaga qatnashmayotgan bolalardan chiqadi.
4-bosqich. Sahna sharoitida nutqning ifodaliligi va o’zini tabiiy tutish ustida ishlash.
Bolalarda so’z boyligining kamligi erkin dialog olib borishlarida qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Lekin tarbiyachining doimiy qo’llab-quvvatlashi bolani o’ziga ishonchini orttiradi va tabiiyki, nutqi boy va ifodali bo’lib boradi. 17Tayyorgarlik jarayonida matnning parchasi turli ijrochilar bilan bir necha marta qaytariladi. Bu bolalarga ertakdagi hamma qahramonlar so’zlarini yodlab olishlariga imkon beradi. Bir roldagi har xil ijrochilarni kuzatgan bolalar kim bu rolni tabiiy va to’gri ijro etayotganini aniqlash va baholashga o’rganadi.
Pedagog qatnashchilarning nutqi va aktyorlik qobiliyatlarini kuzatgan holda bir rolni ijro etishga 2, 3 bolani aniqlash va ularni almashtirib turishi mumkin. Imkoniyat va guruhning tayyorgarligidan kelib chiqib ertakning umumiy tayyorgarliklari soni 1 dan 3 tagacha bo’lishi mumkin.
5-bosqich. Alohida ko’rinish, dekorasiya va musiqa jo’rligida butun ertakni repititsiya qilish.
Bu bosqichda dekoratsiya va obrazni ochib beruvchi kostyumlardan foydalaniladi. Yorqin musiqa jo’rligida bolalarga ana shu holatga oid harakatlarni topish va bajarishga yordam beriladi, bola mustaqil shu obrazga muvofiq yangi qiziq harakatlarni aniqlaydi.
Bir vaqtning o’zida rasm mashg’ulotlarida bolalar aynan shu ertak uchun kerakli dekoratsiya, kostyum, eskizlarini chizishda qatnashadi va kerakli rasm, ranglarni o’z ijodiy qobiliyati hamda tasavvuridan kelib chiqib tanlaydi va chizadilar.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin