Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Sahna faoliyati quyidagi uchta maqsadni amalga oshiradi



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə18/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Sahna faoliyati quyidagi uchta maqsadni amalga oshiradi.
Nutq va ijro faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish;
Ijodkorlik muhitini yaratish;
Bolalarni ijtimoiy-emotsional rivojlantirish;
Sahnalashtirish faoliyati nafaqat asarning matni bilan tanishtirish, balki ifodali nutq, imo-ishora, mimika, harakat, kastyum, sahna kabi tushunchalarni shakllantiradi.
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida tarbiyachi bolalar nimani his qilayotganini anglashi, kechinmalari nimaga qaratilganini farqlashi lozim. Shuningdek, bolalarga o’z hissiyotlarini namoyon etishlariga ko’maklashadi. Sahnalashtirilgan faoliyat bolalar nutqini rivojlantirishda muhim vosita bo’lib, bolaga ona tilidagi ifoda vositalarini o’zlashtirishga yordam beradi, mustaqil fikrlashga bo’lgan intilishni paydo qiladi, artikulyatsiya apparatini rivojlantiradi, dialogik va emotsional boy nutq shakllanadi.
Asar mazmunini tushunib olish, mantiq va voqealar ketma-ketligini tizib chiqish yanada takomillashib, nutqiy muloqot elementlari rivojlanishiga yordam beradi (mimika, jest, pantomimika, intonatsiya, ovozning modulyatsiyasi) va ijtimoiy xulq-atvor shakllanishiga imkon beradi.
Sahnalashtirilgan faoliyatda ijodiy faollik orqali bolalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachi dasturiy metodik majmualar tizimini ishlab chiqishi, nutqni rivojlantirishga oid rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo’llashi va ota-onalarni birgalikdagi teatrlashtirilgan faoliyatga jalb etish lozim.15
Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda tarbiyachi quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi:
Individual imkoniyatlarga asoslangan o’qitish texnologiyasi;
O’yin texnologiyalari;
Integrativ (uyg’unlashgan) ta’lim texnologiyasi;
Oila bilan hamkorlik texnologiyasi;
Muammoli vaziyatlarga yechim topishga o’rgatish texnologiyasi;
Ijodiy izlanishni tashkil etishda tarbiyachiga bolalar bilan quyidagi o’yinlarni tashkil etish taklif etiladi:
Audio yozuvlarni tinglash;
Xo’r yoki individual kuylash;
Telefonda so’zlashuv;
Chizish va applikatsiyalarning noan’anaviy usullari;
Ertaklardan rasmlar tayyorlash;
Relaksatsiya;
Musiqaterapiya.
Sahnalashtirilgan ijodiy faollikda bolalar nutqini rivojlantirish uchun tarbiyachi quyidagi mashqlardan foydalanishi mumkin:
Artikulyatsiya mashqlari;
Tez aytishlar;
Plastik etyudlar;
Mimikali etyudlar;
Topishmoqlar;
Tasavvurdagi mashqlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan sahnalashtirilgan o’yinlar bolalar nutqi shakllanishida muhim pedagogik vosita hisoblanib, bu jarayonni to’gri tashkil etish tarbiyachidan ko’plab bilim va mehnatni talab qiladi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin