Birinchi bosqich. Maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’g’irchoq teatrini namoyish etishda quyidagilar amalga oshiriladi:
manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos kelishi;
musiqa tanlash;
qo’g’irchoq teatrini ko’rsatish rejasini tuzish.
Ikkinchi bosqich: ko’zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko’ra qahramonlarni tanlash va so’zlarini yod oldirish;
qo’g’irchoqlarni yasash va kiyintirish;
tarbiyachi bilan hamkorlikda she’rlarni yod olish.
Uchinchi bosqich: tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko’ra ertakni sahnalashtirish;
qo’g’irchoq teatri namoyishi, bolalarni qiziqishlari va ularga yoqqan qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash.
Hali o’qish, yozishni bilmaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar bizni qurshagan olamni tezroq bilishga, uni o’rganishga intiladilar. Bunda oilada ota-onalar, MTTda tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari ya’ni badiiy asarlardan parchalar o’qib berishlari lozim bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi talab etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy asarning ertak, hikoya, she’r, qo’shiq, maqol, topishmoq va tez-aytish kabi turlaridan keng foydalaniladi11.
She’r Har qanday yozuvchi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun yaratilgan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, sodda va tushunarliligiga alohida e’tibor beradi. Bu asarlar bolalarga hayot haqida muayan tasavvur berishi bilan birga, ularga zavq-shaq bagishlaydi. Ma’lumki maktabgacha kichik yoshdagi bolalar jonivorlar hususan qushlarga qiziqadilar. Shu jihatdan bolalar shoiri Anvar Obidjonning “ Suhbat” nomli sheri bola hayotida muhim rol o’ynaydi. Voqea juda jddiy va sodda. O’zaro suhbatdan ma’lum bo’ladiki, gozlarni qorni och ularni boqish kerak. Buni shoir o’yin vositasida ifoda etadi.
Gozlar, bir so’z deysizmi?
Ga, ga-ga!
Totli so’li yeysizmi?
Ha, ha-ha,
Nega patni silaysiz?
Goq, goq-goq.
Mendan nima tilaysiz?
Boq,boq-boq.
Bu xildagi sherlar bolalarni mustaqil fikrlashga, ona-tilidagi ifoda vositalarini o’zlashtirishga va nutqiy muloqot elementlari ( mimika, jesr, intonasiya)ni rivojlanishiga yordam beradi.
Jajji qizchalarning sevimli mashulotlaridan biri qo’girchoq o’ynashdir. Yo’ldosh Sulaymonning “Qo’girchoq” sheri juda oddiy misralari ham sodda bolib, bolalarga qo’girchoqlarni asrab-avaylash va kattalarning mehnatini qadrlashni o’rgatadi.
Quyosh bilan teng turib,
Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz marjon,
Qo’girchoqjon,qogirchoq.
Qo’ldan qo’ymaymiz sira,
Yuqtirmaymiz gard, shira.
Ovunchoqsan bizlarga,
Qo’girchoqsan bizlarga.12 Ertaklar Barcha halqlar ogzaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o’ziga xos turi ertaklar hisoblanadi.