Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan sahnalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə10/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan sahnalashtirish
mashg’ulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:

Bolalarni badiiy faoliyat turlarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.


Badiiy obraz yaratishda bolalarni mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlash.
Atrof olamdagi voqelik va hodisalarga nisbatan bolalarning tushunchalarini kengaytirish.
Bolalar turli o’brazlarni ijro etganlarida intonatsiya va jestlarni qo’llashga o’rgatish.
Qo’g’irchoq teatri turlarini farqlash va manipulyatsiya qilish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Ijodiy tashabbus va tashkilotchilik qobiliyatini qo’llab-quvvatlash.
Bolalarda ijobiy kayfiyatni boshqalarga ulashish, musiqa ohangini turli tana harakatlari orqali ko’rsatish ko’nikmalarini shakllantirish.
Qo’girchoq teatri tomoshalari jarayonida bolalarning yakka va jamoa bilan musiqa asboblari yordamida improvizatsiya qilish tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti bayramlarida, ko’ngil ochar tadbirlarida mashg’ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o’z bilim va ko’nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab quvvatlash.
Maktabga yoshdagi bolalarda ijodkorlikni tarbiyalash ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan u bolalarga tarbiyachi va ota-onalarning faol ta’sirini, boshqa tomondan tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatlari, qiziqishlari va ijodkorligida namoyon bo’ladigan faolligini nazarda tutadi.

Sahnalashtirilgan o’yinlar bolalarda o’zining boshqalar oldida ifoda eta olish, o’zing «Men»ini boshqalarga taqdim eta olish, o’rtoqlari oldida o’z harakatlaridan faxrlanish ko’nikmalarini shakllantiradi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi davri sahnalashtirilgan o’yin faoliyatining turlari hisobiga boyitiladi.


Tayanch tushunchalar:
Antikdavr-(lot. antiquus –qadimiy) qadimgi yunonlar va rimliklar madaniyatiga xos davr. Uygʻonish davrida yuzaga kelgan atama.keng maʼnoda qadimgi davrni anglatuvchi termin; isteʼmolda bo’lgan maʼnoda esa Yunoniston va Qad. Rim ta-rixi va madaniyatining ellinizm davrini anglatadi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin