Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Maktabgacha katta yosh guruh bolalari bilan sahnalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə9/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Maktabgacha katta yosh guruh bolalari bilan sahnalashtirish
mashgulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:

Sahnalashtirilgan o’yinlarga nisbatan bolalarda kuchli qiziqish uyg’otish.


Bolalarda badiiy ijro etish ko’nikmalarini shakllantirishda o’yin, qo’shiq, raqs improvizatsiyalaridan foydalangan holda mukammallashtirish.
Atrofdagi munosabatlarga nisbatan bolalarning tushunchalarini kengaytirish.
Bolalarda qo’g’irchoq teatrlarining turlarini ajrata olish va aytib bera olish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligini mukammallashtirish. Monologik va diologik nutq shakllarini rivojlantirish.
Qo’g’irchoqlar bilan to’g’ri manipulyatsiya qilish, ya’ni tog’ri yo’naltirish qoidalarini mustahkamlash.
Bolalarni yakka tartibda yoki guruh bilan birga turli hikoya va ertaklar to’qish va shu asosida improvizatsiyalashgan qo’g’irchoq tomoshalarini tashkil etishga yo’naltirish.
Bolalarda ong, tafakkur, tasavvur, diqqatni rivojlantirish.
Tomosha qo’g’irchoqlari bilan o’ynash istagini tarbiyalash. Mustaqil faoliyatda qo’shiq, raqs, o’yin improvizatsiyalaridan foydalanish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti bayramlar, ko’ngil ochar tadbirlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab-quvvatlash.
Tayyorlov guruhi
Tayyorlov guruhida o’yin materiali yanada murakkablashadi. Bu yoshda bolalar shirmada yumshoq o’yinchoqlar boshqarish, yog’ochli teatr, konus teatr, soya teatri, simli teatr ko’rinishlarini mukammal o’rganish bilan birga marionetka (iplar bilan harakatga keltiriladigan) qo’girchoqlari bilan tanishadi.
Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchisi o’yin syujetini mustaqil o’ylab topa oladi, syujet mazmuni va uni ifoda etish vositalari o’rtasidagi bogliqlikni ilgaydi (uxlab yotgan o’rmon: rasmda o’rmon qora ranglarda berilgan, daraxtlar bir-biriga yaqin joylashgan; quvnoq raqsbop musiqa: tez, aniq va baland yangraydi), rollarni ifodali namoyish eta oladi, qahramonning oziga xos xarakterli xususiyatlarini to’g’ri ochib beradi.10 Barcha badiiy faoliyat turlari bilan shug’ullangan holda ulardan biriga qiziqishi yuqori bo’ladi. Bu yoshda bola tomoshaning turlarini (qo’girchoq teatrining turlari, sahna teatri, kino, multfilm, sirk va h.k.) ajrata oladi.
Teatrlashgan tomoshalariga o’zbek xalq ertaklari, rus xalq ertaklari va mualliflik ertaklaridan keng foydalaniladi


Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin