Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


§ 4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə8/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
дарслик саҳналаштириш

§ 4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari


Olimlarning fikricha bola shahsining shakllanishida uning qobiliyati va ijodkorligi muhim o’rin tutadi. Bolaning iqtidori va bilimini rivojlantirishda o’yin faoliyati yetakchilik qiladi. O’yin bola uchun erkin va mustaqil faoliyat sifatida tashkil etilgandagina rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.8 Teatr san’ati bolalar uchun qiziqarli bo’lib, uning negizini o’yin tashkil etadi. Sahnalashtirilgan o’yinlar bolada badiiy didni shakllantiruvchi yorqin emotsional vositalardan biridir. Sahnalashtirish faoliyati tasavvurni, bola xotirasi va bola ijodiyotining barcha turlarini (badiiy-nutqiy, musiqaviy-o’yin, raqs, sahna) rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun musiqa rahbari bilan tarbiyachi-pedagog hamkorlikda ishlashi talab etiladi. Musiqa rahbari bolalar bilan nafaqat maxsus sahnalashtirish o’yin-mashqlarini tashkil etadi, balki sahnalashtirish faoliyati bo’yicha barcha pedagoglargа metodik yordam ko’rsatadi.
Tarbiyachi ifodali o’qish, so’zlash, aktyorlik va rejissorlik mahoratidan boxabar bo’lishi kerak. Eng asosiy shartlardan biri – tarbiyachining sodir bo’layotgan barcha jarayonga munosabati, hissiyotlarning samimiyligi va tabiiyligidir. Sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda pedagog quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:
sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish (kattalar oldida chiqish qilganda o’zini erkin tutish, ( jumladan, uyatchan bolalarga bosh rollarni berish, nutqi zaif bolalarni jalb etish, har bir bolaning sahnada faol ishtirokini ta’minlash);
mimika, pantomimika va ifoda vositalari bilan improvizatsiya qilishga undash (personajlarning xarakterini o’xshatish, o’zining emotsional holatini, kechinmalarini ko’rsatib berish);
bolalarni teatr san’atiga qiziqtirish (qo’g’irchoq teatri turlari: stol teatri, soya teatri, barmoqli va teatrning boshqa janrlari) orqali tanishtirish;
sahnalashtirish faoliyatini boshqa faoliyat turlari bilan bog’lash (sahnalashtirish o’yinlarini o’quv tarbiyaviy faoliyat va rivojlanish markazlarida qo’llash);
bolalar va kattalarning hamkorlikdagi faoliyati uchun sharoit yaratish (bolalar, ota-onalar va pedagog-tarbiyachilar ishtirokida qo’girchoq teatri, katta guruh bolalari teatrini kichiklar oldida tashkillashtirish va h.k.).
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda bolalarning qiziqishlari va takliflarini etiborga olish lozim. Ularni personaj bilan bogliq harakatlarga o’rgatish maqsadga muvofiq. Bolalar ertak qahramonlari rolini ijro etishda unga xos harakatlar qilishlari uchun imkoniyat yaratish kerak.
Bolalardan ijro etayotgan roli haqida taassurotlari so’raladi. Tarbiyachi-pedagoglar bolalarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sahnalashtirish jarayonini tashkil etishlari lozim. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablarga rioya etishlishi zarur:
- Mavzularning mazmuni va turfa xilligi;
- Sahnalashtirish o’yinlarini mustaqil faoliyat va rivojlanish markazlarida tashkil etish;
- O’yinlargа tayyorgarlik va ijro etishda bolalarning maksimal darajadagi faolligini ta’minlash;
- Sahnalashtirish o’yinlarining barcha bosqichlarida bolalar ва kattalarning o’zaro hamkorligini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati turli yosh guruhlarda tashkil etiladi. Biroq bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda ularning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish lozim. Quyida turli yosh guruhlarda sahnalashtirish faoliyatini tashkil etish bo’yicha metodik jihatlarga to’xtalib o’tamiz.
Кichik guruh
Maktabgacha 3-4 yoshli bolalarda stol teatri, barmoq teatri, magnitli teatr va tosh teatrlari tashkil etiladi. Kichik guruh bolalariga sodda, qisqa mazmundagi xalq va mualliflik ertaklari, she’rlar, hikoyalar matnlari asosidagi kichik tomoshalarni sahnalashtirish mumkin. Bu yoshda bolalar tarbiyachi bilan stol, barmoq va tosh teatrlarida shakllarni berilgan mavzu bo’yicha improvizatsiya qilishda foydalanadilar.
Maktabgacha kichik guruh bolalari bilan sahnalashtirish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar quyidagilar:
- Sahnalashtirilgan o’yinlarga nisbatan bolalarda kuchli qiziqish uygotish;
- To’g’ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
- Bolalarning so’z boyligini boyitish va ravon nutqda so’zlasha olishlariga erishish;
- Bolalarda atrof-olam, narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
- Bolalarдa stol teatri, barmoq teatri va tosh teatri kabi teatrning turli yo’nalishlari haqida tushunchalarni mustahkamlash;
- Bolalarda dastlabki aktyorlik mahoratini ko’rsata olish ko’nikmalarini tarbiyalash;
- Bolalarni o’z xatti- harakatlarini tahlil qilish va baholashga o’rgatish;
- Syujetli - rolli o’yinlar q’tkazishda bolalar tanishgan ertaklaridan foydalanish;
- Hayvonlar ovoziga taqlid qilish, ularni so’zli-didaktik va syujetli o’yinlarda ijro etish;
- Мustaqil faoliyat va ko’ngilochar o’yinlarda tarbiyachi taklifi bilan katta guruhdagi bolalar chiqishlari ва qo’girchoq teatri namoyishlarini tomosha qilish.
O’rta guruh
Maktabgacha 4-5 yoshli bolalarda teatrlashtirilgan o’yinga nisbatan qiziqishlari ortadi. Bu yoshida bolalar stol teatrining turli ko’rinishlarini mukammal o’rganish bilan birga yumshoq o’yinchoqlar, yog’ochli teatr, konusli teatr, xalq o’yinchoqlari teatri kabi teatrning turli ko’rinishlarini o’rganadi. Bolalar «Tulki va turna», «Bo’g’irsoq», «G’ozlar va turnalar» kabi ertaklar asosida qisqa tomoshalar taqdim etadi.9
Maktabgacha o’rta guruh bolalari bilan sahnalashtirish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:
Bolalarda teatrlashtirilgan o’yin faoliyatiga qiziqish uyg’otish.
O’yinlarda ishtirok etish paytida syujet o’ylab topish, turli o’yinchoq va atributlarni qo’llashda improvizasiyadan foydalanish.
Bolalarda atrof-olam, narsa va hodisa haqidagi bilimlarini boyitib borish.
Bolalar so’z boyligini o’shirish va faollashtirish.
Qo’g’irchoqlardan to’g’ri foydalanish qoidalarini mustahkamlash.
Mashgulotlarda olgan bilimlarini qo’llagan holda mustaqil badiiy ijodga qiziqishini oshirish.
Rasm chizish, atributlar yasash, she’r o’qish, qo’shiq aytish, raqsga tushish, qo’g’irchoqlar bilan improvizatsiyalashgan o’yinlarda ishtirok etish istaklarini shakllantirish.
O’yinlarda o’zaro kelishgan holda hamjihatlikda harakat qilishlariga erishish.
Bolalarni yangi tomoshabinga moslashish ko’nikmalarini mukammallashtirish.
Кo’ngilochar soatlarida pedagog-tarbiyachilar, ota-ona va bolalar oldida tomosha ko’rsata olish qobiliyatini shakllantirish va qo’llab-quvvatlаsh.

Katta guruh
Katta guruhda sahnalashtirilgan o’yin ko’nikmalari drammatizatsiyalashtirigan o’yin va rejissyorlik o’yinlarining turli shakllari hisobiga o’rganiladi. Bu yoshida bolalar stol teatrining turli ko’rinishlarini ya’ni shirmada yumshoq o’yinchoqlar boshqarish, yog’ochli teatr,
konus teatr, iplar bilan harakatga keladigan qo’girchoqlar (marionetka), teatrning turli ko’rinishlarini mukammal o’rganish bilan birga soya teatri bilan tanishadilar.
Katta guruh tarbiyalanuvchisi o’yin syujetini mustaqil o’ylab topa oladi, syujet ketma-ketligini tasavvur qila oladi, rollarni taqsimlay olish o’zini biror rolda ifodali namoyish eta oladi, qahramonining oziga xos xarakterli xususiyatlarini to’gri ochib beradi. Bunday yondashuv bolalarda rejissyorlik tajribalarini oshiradi.
Tomosha uchun mavzu va so’zlar murakkablashtiriladi, teatrlashtirilgan o’yin jarayonida hayvonlar haqidagi turli ertaklaridan foydalaniladi («Echki bolalari», «Bo’g’irsoq» va mualliflik ertaklari).


Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin