Hayot haqiqati bilan bogliq bo’lib, hayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik goya tashuvchi asar ertak deyiladi Ertaklarni “cho’pchak”, “ varsaki”, “ushuk”, “matal” deb ham atashgan. Mumtoz adabiyotda ular “hikoyat” ham deyiladi. Ertakda real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo’shilib ketadi
Ertakning pedagogik qiymati shundaki, bolalar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga
chiqqanidan va yomonlik, yozuvlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday bo’lishini istaydilar. Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. Ertakda halq o’z hayotini o’zi hikoya qiladi, shuning uchun bolalar ertakni eshitish bilan ma’lum davrdagi halq hayotini, o’ylari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning mazmuni tabiat, hayvonot olami, do’stlik, mehnat, odob-axloq to’grisida bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Kichik yosh guruhlarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko’proq o’qiladi. Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”, “Ko’zacha bilan Tulki”, “Olapar, Mosh, Musicha” kabi ertaklar aniq-hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi. Shuningdek “ Chivinboy”, “ Qizganchiq it”, “Maqtanchoq quyon”,
“ Rostgo’y bola”, “ Tulki bilan turna”, “ Sholgom”, “ Qumursqa’ kabi ertaklarni o’qib berish foydadan holi bo’lmaydi.
Ertak o’qib berish davomida savollarga javob berish, bolalarning o’zlari savol tuzib, javob berishlari, ertakni qayta hikoya qilish, ertak asosida rasm chizish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bu ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir.
Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, Ertak matni bog’lanishli nutqni o’stirish uchun zarur vosita hisoblanib, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi hamda ona tiliga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi.