Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati quyidagi ifoda vositalaridan foydalanish lozim



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə19/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati quyidagi ifoda vositalaridan foydalanish lozim:
kichik guruhda sodda obrazli-ifodali ko’nikmalar, ya’ni ertak hayvonlariga xos harakatlarini ijro eta olish;
o’rta guruhda badiiy obrazli ifoda vositalari, ya’ni intonatsiya, mimika va pantomimikaga o’rgatish;
katta guruh bolalarida badiiy obrazli ijro mahoratlarini takommilashtirish;
tayyorlov guruhida ijodiy mustaqillik, nutq va pantomimika harakatlarini rivojlantirish.
Ta’lim jarayonida pedagog bola shaxsi va uning ma’naviy ehtiyojlarini, har tomonlama qondirishga yo’naltiradi. Bolalarni teatr san’ati vositalari bilan axloqiy-estetik tarbiyalash ularni axborot qabul qilish, tushunish va harakatlarni izohlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi ifodali til bilan tanishishiga ko’maklashadi.
Sahnalashtirish faoliyatining o’ziga xosligi – o’yin (erkinlik, beixtiyorlilik) va badiiy (tayyorlangan, ongli ravishda his etib ko’rilgan) komponentlarni birlashtirishidir.
Quyida turli yosh guruhlarida ertak sahnalashtirish jarayonida tarbiyachi ahamiyat beradigan jihatlariga to’xtalib o’tamiz.
Bolalar bilan ertak sahnalashtirishning asosiy bosqichlari:
Sahna asarini tanlash va uni bolalar bilan muhokama qilish.
Pyesani epizodlarga bo’lish va ularni bolalar tomonidan so’zlab berilishi.
Etyud ko’rinishidagi alohida epizodlar bilan ishlash.
Sahna sharoitida nutqning ifodaliligi va o’zini tabiiy tutish ustida ishlash.
Alohida ko’rinish (dekoratsiya) va musiqa jo’rligida repititsiya qilish.
Spektaklning ilk taqdimoti (premyerasi).

1-bosqich. Sahna asarini tanlash va uni bolalar bilan muhokama qilish.
Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
Ertak yoki hikoyada qatnashuvchilarning soni ko’p bo’lishi;
Asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa hil bo’lishiga e’tibor qaratish.
Asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo’lishi;
Asar bolalarning yoshiga mos bo’lishi;16
Asar o’zbek xalq ertagimi, rus xalq ertagimi yoki mualliflik ertagimi, tarbiyachi qadimda xalqlarning hayoti, turmush tarzi, kiyinish madaniyati,
urf -odat va an’analari, bir- birlari bilan qanday munosabatda bo’lishgani haqida ma’lumot beradi.
Grim ham boshlang’ich bosqich ishini taqozo etadi.
Bolalar tasavvuri va fantaziyasini rivojlantirish uchun ertak qahramonlarining voqeagacha bo’lgan hayoti qanday bo’lgani so’raladi. Tarbiyachi ertakning nafaqat mazmuni, balki ifodalilikning alohida vositalarini tushuntiruvchi va ko’rsatib beruvchi suhbat o’tkazadi.
Shunga e’tibor berish kerakki, ertakni qabul qilish qanchalik to’liq va emotsional bo’lsa, sahna faoliyatining darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Shu sababdan asarni o’qish jarayonida intonatsiya, leksik va sintaksis ifoda vositalari majmuasidan keng foydalanish talab etiladi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin