III-BOB. TAJRIBA-SINOV ISLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI. 3.1. Tasviriy san’at darslarida bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirishga oid tajriba-sinov ishlarining mazmuni va metodikasi. Pedagogika fani doimo bolani o‘z yo‘lini topishi, hayoti mazmunli ma’noga ega bo‘lishi, o‘quvchining manfaatlarini hisobga olib o‘quv jarayonini tashkil qilishga undagan, ammo amaliyotda bu hol doimo amalga oshavermaydi.
O‘quvchilarning Tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda rasm ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish maqsadida -umumta’lim maktabining 5-7-sinflarida maxsus tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. Tasviriy san’at ta’limi nazariyasi va amaliyotda darajali tabaqalashtirishning individual yondashish texnologiyasi qayd qilinadi. Quyida biz tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashishga doir tajriba sinov-ishlarini tashkil etish hususida so‘z yuritamiz. Mavzu bo‘yicha pedagogik tajriba-sinov ishlari uch bosqichda tashkil etildi:
Tajriba-sinov va uning maqsadi Ushbu bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq shahri 21– umumta’lim maktabidagi tajriba-sinov tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish maqsad qilingan. 2021-2022 yillar davomida biz tomonimizdan – umumta’lim maktabida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi va dastlabki xulosalarga ega bo‘lindi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ushbu yondashuvni umumta’lim maktablarining tasviriy san’at darslari, darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlar (ijodiy to‘garaklar), qo‘shimcha ta’limga (uy vazifalari) joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Tajriba-sinov quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:
Tajriba-sinov ishlari tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish 2021-2022 o‘quv yilida uch bosqichga ajratilgan holda amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishi 2021-2022 o‘quv yili davomida Toshkent viloyati Chirchiq shahri 21– umumta’lim maktabi darajasida o‘tkazildi.
Dastlab tajriba-sinov ishlarining dasturi ishlab chiqildi, unda tajriba-sinovga oid tadbirlar rejasi, kutilayotgan natijalar, unga erishilganlik darajasini belgilash usullari aks ettirildi.
Tajriba-sinov ishining 2021 -2022 o‘quv yili 1-2-chorak - birinchi izlanish va bashorat qilish bosqichi (sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylari)da Toshkent viloyati tumani -umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.
TVChDPI da ta’lim olish, -maktabda amaliyot o‘tash davrida pedagogik ta’limning, xususan, tasviriy san’at nazariyasi va amaliyotida ushbu muammoning o‘rganilganlik darajasi bilan yaqindan tanishildi. Muammoga oid adabiyotlar o‘rganildi, tadqiqot mavzusi tanlandi, tadqiqot ob’ekti va predmeti aniqlandi. Bunda tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish usullari, shakllari va mazmuni o‘rganildi.
5-7-sinflarda: 2021-2022 o‘quv yilining 3-choragi – tashkiliy-tayyorgarlik, amaliy va shakllantiruvchi ikkinchi bosqichi yanvar, fevral, mart oylarida.
Bu bosqichda ta’limiy muammolarni o‘rganishga oid qarashlar qat’iylashib, aniqlandi, tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirishga yordam beradigan vosita ekanligiga ishonch shakllandi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun nazariy va amaliy asoslar tayyorlandi. Pedagogik eksperiment olib borish uchun tajriba sinflari tanlandi, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tasdiqlangan malakaviy talab, mavzu bo‘yicha rasm ishlash bo‘yicha maktab tasviriy san’at o‘quv dasturlari tahlil qilindi. Bunda ishlab chiqilgan usullarning tashkil etish shakllari va mazmuni bevosita o‘quvchilarning o‘quv jarayonida sinab ko‘rildi.
Yaratilgan dasturlar hamda o‘tkaziladigan darslar va davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda erkin mavzuda rasm ishlash bo‘yicha tadqiqotlar rejasi ishlab chiqildi. Buning uchun maktab o‘quvchilari orasida anketa so‘rovlari o‘tkazildi. So‘rovnomada 60 respondent ishtirok etdi. Anketa so‘rovnomalari tasviriy san’atda mavzu asosida rasm ishlashning amaliyotdagi holatini o‘rganish uchun alohida tuzilgan savolnomalar asosida o‘tkazildi. Anketa so‘rovnomalari tajriba boshlanishidan oldin (1-bosqich) va tajriba natijalarini tahlil qilish davomida (2-bosqich) o‘tkazildi. Bular tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvni o‘tkazish imkoniyatini oshirdi. 5-7-sinflarda: 2021-2022 o‘quv yili 4-choragida –yakuniy va nazorat qiluvchi uchinchi bosqich davri sifatida mart, aprel,may oylarida o‘tkazish oldindan rejalashtirib olindi, yil bo‘yi olingan ma’lumotnomalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazib borildi.
Bu bosqichda maktablarning eksperemental va nazorat guruhlari aniqlab olindi va pedagogik eksperiment jarayonida biz taqdim etgan tamoyillar, o‘qitish metodi va metodik ishlanmalari tajribadan o‘tkazildi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda maktab o‘qituvchilari uchun tasviriy san’atda metodik yo‘riqnoma va mashg‘ulotlar dasturini yaratilishi bo‘yicha xulosalar qilindi. O‘tkazilgan izlanishlarda, tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning bilim olish saviyasi oshishi pedagogik muammo sifatida asoslandi. Bunda o‘quvchilarning tasviriy san’at fanidan bilimlarini o‘zlashtirish hamda samaradorlik darajasi tahlil qilindi.
Tajriba-sinovga metodologik va ilmiy-pedagogik yondashildi: tadqiqot vazifalari asosiy maqsad mohiyatiga ko‘ra belgilanganligi; tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘quvchilar sonining talab darajasida ekanligi; to‘plangan materiallarning dissertatsiya mazmunnini yoritishga imkon beradigan hajmda ekanligi; tadqiqotda ilgari surilgan nazariy g‘oyalar amaliy faoliyatda xizmat qilishi tajriba-sinov ishlarining samarali yakunlanganligida o‘z aksini topgan.
Tajriba ishlari natijalariga ko‘ra, tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirishda eksperimental (tajriba) va nazorat sinflarining barcha o‘quvchilari bilim jarayonlari va ishlash darajasiga ko‘ra shartli ravishda uch guruhga ajratib olindi: