Qadimgi Rim tanga pullarini paydo bolish tarihi.
Olimlar dunyodagi kop tillarda pul va hayvon bir hil yoki umumiy negizi ohshash sozlar bilan ifodalannishiga anchadan beri yotibor bermoqdalar. Masalan: Qadimgi Rimliklar pul va hayvonni" penukia" deyishgan. Asrlar ketidan asrlar otib boraverishi bilan kimningdir miyasiga pulga oz tamga nishoni qoyib, ogirligi va metallning sofligini tasdiqlash kerak deb fikr qiladi. Bir parcha metallga tamga bosishni oylablab topib, shu bilan metallni tanga qilib qoygan kishi kim ekan degan savol tugiladi. Buni birinchi galda martabasi ulug, kupchilikning ishonchiga sazovor bolgan katta savdogar oylab topgan bolsa kerak. Tamga bosilgan quyma pullar yaqin tevarak - atrofda tortmasdan qabul qilinadigan bolib qoldi. Uni huddi bizga oxshab shunchaki sanayverishardi. Tez orada boshka savdogarlar ham ana shunday qila boshladilar.
Rim afsonalarida tanganing paydo bolishi boshqacha hikoya qilinadi. Qadimiy rimliklarning kopdan"- kop hudolari orasida hamma boshlangich narsalarning ihtirolarning avval - ohirining muttasaddisi bolgan hudo bor ekan. Bu hudoni Yanus deb atashardi. Uni ikki tomonga qarab turgan ikki yuzli qilib tasvirlashar e`dilar.
Yilning birinchi oyini Yanus sharafiga uning nomi bilan - yanvar deb atashadigan bolishibdi. Rim urush boshlasa Yanus ibodyathonasining eshiklarini ochishar, urush tugasa yopishar ekan.U paytda rimliklar yer yuzidagi barcha muhim narsalar hudolarning amri bilan barpo qilingan deb ishonar edilar. Yanusni birinchi tanganing yaratuvchisi deb bilishardi. Shuning uchun ham Italiyadagi kop shaharlarning qadimgi tangalariga bir tomonida ikki yuzli bosh, ikkinchi tomonida esa kema tumshug’i tasvirlanardi. Guyo Yanus bu mamlakat sohillariga ana shu kemaga suzib kelgan emish.
Lekin hozirgi kunda qadar birinchi tanga qaerda paydo bolganligi haqida bahslashadilar. Ba’zilari dastlabki tanga greklarning Egina orolida, Argos podnosi Feadonning yerida paydo bolgan deb fikr bildirishadi, Hatto vaqtini ham belgilab sakkizinchi olimpiadadan keyinroq paydo bolgan deyiladi.
Qadimiy Rimliklar har bir erkakning oz hudosi dohiysi bolib, uni panohida saqlaydi. Har bir ayolning mabuda homiysi - Yunonasi bor deb ishonishardi. Ammo bu erkak va ayol hudolarning hammasi yeru kuk podshosi Yupiter va uning hotini Yunona Monetaga tobe ekan. Odamlarning huzur - halovati shularga bog’liq ekan. Bu er-hotinlarning iltifotiga muyassar bolish uchun turli yollar bilan ularning konglini topish, ulardan hech qanday nazr-niyozni ayamaslik kerak ekan.
Rimliklar harbiy yurishga otlanishar jangda galaba qozonishar, uy qurishar, nimalarni uzoq safarga shaylashar ekan. Ular Yupiter va Yunona Monetaga koplab nazr-niyoz baxshida kilishardi.
Poytahtning eng baland yeri Kapitaliy tepaligining chuqqisida Yunona Moneta sharafiga ajoyaib ibodathona qurilibdi. Janub kuyoshi nurlariga chumilgan oq marmar devorlar uzoqdan yaltirab kurinarkan, Serhasham ichki bezaklar kishini oziga maftun qilarkan.
Rim bilan "Epir podshosi Pirr ortasidagi adovat kop vaqt davom etibdi. ikki raqib kop martaba janglarda goh bunisi, goh bunisi g’olib chiqa boshlabdi. Oxirida Venevit yaqinida eramizdan avvalgi 275 yili qattiq jang boldi. Bunda Pirr qoshinlari tor-mor qilindi. Rimda tantana - shodiyonaning cheki - chegarasi bolmabdi. Yunona Moneta hech qachon bu qadar kop hadiya nazr - niyoz olmagan ekan. Mag’lublardan tortib olingan oltinlar, qimmatbaho toshlar, qimmatbaho gazlamalar, jonivorlar -jami ma`buda ibodathonasiga keltirilibdi. Ma`buda sharafiga madhiyalar tuqishibdi, ajoyib haykallar yasalibdi. Nihoyat faqat Yunona Moneta ibodathonasidagina pul zarb etish haqidagi qonun qabul qilinibdi.
SHu paytdan e`tiboran Rimda, keginchalik esa boshqa kupchilik mamlakatlarda metall pullarni moneta tanga deb atashadigan bolishibdi.
Dastlabki tanga kichkinagina oddiy metall kuymasidan iborat bolib, qupoll noaniq shaklda bolgan. Firibgarlar bundan foydalanganlar. Ular har bir oltin yoki kumush bolagidan oz -oz qirqib olib, eritib yangi pul kuyganlar. ''Shakli noanik quyilamarning kamayib qolganligini esa bir qarashda payqash qiyin bolganligi uchun ancha vaqtgacha bundan hech kim habar topmagan.
Bunday firibgarchilikka chek qoyish uchun pullarga anik shakl berib, ustiga chizik tortib, nuktalar kuyib, chikarilgan. keyinchalik esa bu tangalarga rasmlar soladigan, yozuvlar bitadigan, yoniga qong’irador naqsh chizadigan bolganlar. Bunday, pulga etkazilgach har qanday shikast darhol sezilarli darajada bolgan.
Servi Tulli davrida zarb qilingan aseni Rimdagi eng qadimiy tanga deb hisoblaydilar. Rimliklar kumush tangani eramizdan avvalgi 269 yildan boshlab, oltin tantalarni esa ellik yil keyin zarb qila boshlaganlar. Asosiy pul birligi dinor hasoblangan. Eramizning IV asrida solidlar paydo bolgan. Bir qadoq oltindan 96-dona tanga yasaganlar. Boshqa kop mamlakatlardagi pul birligining nomi masalan Italiya solkdi, Fransuz susi, ingliz va nemes shillingi ana shu soliddan kelib chiqqan.
Boshqa pul birliklarlning nomi ham shunga ohshash paydo bolgan Florensiya shahri tangasi - florin, norman knyazi tangalarlga lotincha qilib yozigan: Siti tibi, Hriste, datus kvesh tu ipse treges dunatus" - ya`ni : hukmdor Iso, sen yolga solgan odamlargina senga sodiq" degan iboralar - dunat, " cenna" (zarbhona)dan Venesiya sehini, nemischa " golden" oltin sozidan, gel'den, Italiyancha "gross" (gugon) chehlarning groshi, chehlarning groshidan, ukrainylarning grozmsi (pul) kelib chiqqan.
Mana shu pul birliklari asta sekinlik bilan rivojlanib borgan yana asrlar otishi bilan Rimda tangalarning qiymati belgilari quyidagicha bolib borgan: denar, kvinari, sestersiy, pullari chiqarilgan. Rim tangalarining ogirlik olchov birliklari funt, unsiy, sitsilin, drahmadir. Mis tangalar - qadimgi Rim tangalarining asosi. Rim tangalaraga qadimgi Yunoniston tangalari bir qancha ta`sir otkazgan. Rimda esa keyinchalik kumush tangalarni zarb qilish yolga qoyildi. Keyin bir oz vaqt otishi bilan tangalarning vaznini pasaytirilishi yuz bera boshladi. Rim respublikasi davrida zarb qilingan oltin tangalarini haqida gapiradigan bolsak, Yuliy Sezar tangalari misol bolishi mumkin. mumkin.
Qadimgi Rimda zarbhona ustasi kasbi otadan bolaga meros qolardi. Ota - bobosi zarbchi bolib ishlagan odam ishonchli bolar, nasldan-naslga kochib kelgan sanat borga sari takomillashardi. Tanga zarb qiluvchilar bazi imtiyozlardan foydalansalar hamki, ularning ish sharoitlari nihoyatda ogir edi. Davlat pul chiqarishi lozim paytlarda tanga yasovchilar yigirma soatlab uzluksiz ishlardilar.
Mana soz pulning paydo bolishi, tangalarning dunyoga kelishi qanchalar mashaqqatli bolgan. Lekin bu yaratilgan tangalar bizga qadimiy davr haqida malumot beruvchi hisoblanadi. Tangalar siyosiy kurashlar odamlarning bir-biriga munosabatlari haqida ham xikoya qiladi.
Rivoyatlarga qaraganda Rimga yoshligida borini emgan aka-uka Rim va Romul tanga yaratishga asos solgan deyiladi. Ularni chopon Favstur topib olgan. Tangada bori va uni emib turgan Rim va Romul tasvirlangan. Bundan tashqari rimda birinchi marta oltin pul-dinariy zarb qilingan, bu pullar tezda Rimda, Italiyada, Garbiy orta dengiz viloyatlarida yagona pul birligiga aylangan. Mana shu oltin tangalarga Yuliy Sezarning tasviri tushurilgan. Keyinchalik shunday tangalarga Klavdiyning tasviri, Avgustning tasviri tushurib chiqarilgan.
Qadimgi pullardan iborat yodgorlik manbalar. Respublika tarihini organishda muhim material bolib xizmat qiladi. Topilgan tanga pullar va xazinalarning kartasini tuzish Rim davlati yashagan malum vaqtlarda pullar qaysi joylarda tarqalganligini aniqlash imkonini beradi. Bu bilan birga Rimning iqtisodiy jihatdan antik dunyoning yangi viloyatlariga kirub borgan yolini tasavvur qilishiga, savdo-sotiq aloqalarini pul muomilasining hususiyarlarini va tarkibini aniqlashga inkon beradi. Rimda Respublika davridagi tanga pullardagi yozuvlar, mansab egalarining suratlari, pullarning emblemalari Rimning xojalik va siyosiy tarixini, bazan esa sinfiy va mafkuraviy kurashini aniqlaydi.
Afsonaviy manzaralar, rimliklar singari xar xil xudolarning suratlari solingan tanga pullar Qadimgi Rim aholisining diniy tasavurlari haqida beradi. Tanga pullarni urganish sanat, arhitektura tarihiga yordam kursagadi, negaki u pullarda kopincha qadimgi binolarning suratlari, eng mashxur haykallarning suratlari zarb qilingan boladi.
Umuman olganda numizmatika manbalarning hammasini kompleks tarzda taqqoslab organish respublika davridagi Rim davlatining markaziy viloyatlarida ham, shungdek, mahallalarda ham yoshagan qabilalar va elatlar, tarixiga oid asosiy muammolarning asl mazmunini aniqlashga imkon beradi.
Adabiyotlar:
. M.Is’hoqov. I.Xudoynazarov. ”Yordamchi tarixiy fanlar” Toshkent-2019
1. Z.Rahmonqulova “Xronologiya” Toshkent – 2013
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak Toshkent 1998yil
Karimov I.A. Yuksak manaviyat engilmas kuch Tashkent 2008 yil
Dostları ilə paylaş: |