Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’zbek xalqi uzoq musiqiy tarixiy merosiga ega



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/4
tarix18.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#58548
1   2   3   4
SHARQ ALLOMALARI

1.2.O’zbek xalqi uzoq musiqiy tarixiy merosiga ega
Markaziy Osiyo pedagogik fikr taraqqiyotida musiqaning ma’naviy–tarbiyaviy omil sifatida keng qamrovda talqin etilishi uni pedagogik ilmlar bilan bir qatorda falsafa, tarix, musiqashunoslik, axloq ilmi asoslari bilan uzviy bog’liqlikda o’rganilishini taqozo etadi. Musiqaning insoniyat hayotidagi badiiy–estetik va tarbiyaviy ahamiyati haqida qator Sharq mutafakkirlari o’zlarining boshqa sohalarga bag’ishlagan asarlari ichida bayon qilganlar, shuningdek musiqiy risolalar yozganlar. IX-XII asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san’at va adabiyot islom madaniyati yo’nalishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Bu davrda Ahmad Al Farg’oniy, Muso Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy, Abdulloh Ro’dakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg’ariy, az Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro kabi yuzlab fozillar yashab, ijod qildilar. Bu zabardast daholar – jahon madaniyati yulduzlari qoldirgan meros hanuzgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Bu daholarning falsafiy-estetik qarashlari ahli din, ilmi hayrat, ilmi hol va qol kabi ta’limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada etishda, nafosat (estetik) qadriyatlarni baholashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Ajdodlarimiz barkamol insonni voyaga yetkazishda badiiy–estetik tarbiya vositalari, jumladan, musiqa san’atining ahamiyatini chuqur anglab, yoshlarning ichki xissiydunyosini boyitishda,ma’naviy - axloqiy fazilatlarini shakllantirish va kamol toptirishda musiqaning yuksak ijtimoiy jihatlariga diqqat – e’tibor bilan qarashgan.
O‘rta asr musiqa ijrochiligi madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shu ediki, sozandalar nafaqat bir necha turdagi musiqa cholg‘ularini chala olgan, balki o‘zlari ham musiqa bastalaganlar. Sozandalar o‘z davrining etuk musiqachilari va shoirlari ham bo‘lishgan. O‘rta asr sharoitida musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu erda ustoz-shogird an’analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san’atining asosiy ko‘rinishlari shakllanib, cholg‘ularining yangi namunalari kashf etilishi ham o‘sha uzoq davrlarga borib taqaladi.
Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Forobiyning (873-950) “Katta musiqa kitobi”, Ibn Sinoning (980-1037) “Davolash kitobi” qomusidagi “Musiqa haqida risola”, Al-Xorazmiyning (X) asr “Bilimlar kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216-1294) “Oliyjanoblik haqida kitob” yoki “Sharafiya” kitobi, A.Jomiyning (1414-1492) “Musiqa hakida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan.
Safiuddin Urmaviy iste’dodli ud cholg‘uchisi, xonanda, mashhur sozanda sifatida tanilgan. U Ozarbayjonning Urmiya shahrida tug‘ilgan. Urmaviyning eng katta yutug‘i lad (“modus”)larning mukammal tizimini ishlab chiqqanligidadir. Ibn Zaylaning (1044 yilda vafot etgan) “Musiqa haqida to‘liq kitob”i uning musiqa ilmidagi yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni musiqada ladlarni harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marog‘iy (XV asr) Abduqodir ibn-G‘oyibiy (Marog‘iy) Ozarbayjonning Marog‘ shahrida tug‘ilgan bo‘lsada, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida-Samarqandda o‘tgan va Hirotda vafot etgan. “Musiqa ilmida ohanglar to‘plami” risolasida musiqa haqidagi ta’limotni - kamoncha, etti torli g‘ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg‘ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Al-Husayniyning XV asr Musiqiy kanonlarida asosan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli musiqa cholg‘usi - dutor haqida ma’lumot berilgan. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z risolasida kamonchali tanbur haqida ibratli mulohazalar bildirgan hamda inson ovozini musiqa cholg‘ulari ichida eng yoqimlisi deb hisoblangan. XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali4 o‘z risolasidagi tanbur, chang, qonun, borbat, chag‘ona, ud, rud, rubob, qobuz, g‘ijjak, shemane, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumot bergan.
B uyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg‘ularini o‘rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Forobiyning mashhur asari “Katta musiqa kitobi” (“kitob al-musiqa al-kabir”) ulkan ahamiyatga ega. O‘rta asr olimi bu kitobda ikki xalq musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi qo‘shiq san’ati va cholg‘ular vositalarida qayta tiklashga
Abu Nasr Forobiy ajratadi. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg‘ularining jamiyat hayotidagi rolini
o‘rganishga ahamiyat beradi va u “...Jangu-jadallarda, raqslarda, to‘ytomoshalarda, ko‘ngil ochar bazmlarda hamda ishq muhabbat qo‘shiqlarini kuylashda chalinadigan o‘ziga xos cholg‘ular bor,” deb yozgan edi.
Kitobning ikkinchi qismi boshdan oxir o‘sha davr musiqa cholg‘ulariga bag‘ishlangan. Unda lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shohrud, qonun va boshqa musiqa cholg‘ulari izchil va batafsil ta’riflanadi. Forobiy torli-mizrobli lyutnyani o‘sha davrda eng keng tarqalgan cholg‘u hisoblagan. Lyutnya o‘ziga xos mizrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lad)lar joylashgan. IX-X asrlarda lyutnya arabcha “ud” nomini oladi. Bu cholg‘u ko‘pgina Sharq mamlakatlarida, Kavkaz orti xalqlari orasida hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda (zamonaviy ud namunalari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasida mavjud). “Musiqa haqida katta kitob”da Forobiy yana bir cholg‘u, ya’ni tanburni ham ta’riflaydi.
Olimning fikricha tanbur (dilni tirnash) udga eng yaqin turadigan cholg‘ulardan biridir. Tanburda torlar noxun yordamida chertiladi. Tanbur huddi ud kabi keng tarqalgan va xalq sevgan cholg‘udir. Tanburning ikki yoki uch jez tori bo‘lgan. Uning ikki turi ma’lum: Xuroson va Bog‘dod tanburlari. Bog‘dod tanburining maqomlari (parda-ladlari) ko‘p bo‘lgan, dastasida cholg‘u bo‘g‘zidan to dastasining yarmigacha oralig‘ida pardalar joylashgan. Tanburning bu turi shu kungacha o‘z shaklini yo‘qotmay, musiqa ijrochiligi amaliyotida yakkanavoz hamda ansambl cholg‘usi sifatida amaliyotda foydalanib kelinmoqda.
Forobiy shuningdek nayni ham ta’riflaydi. U turli hil damli cholg‘ularni ovoz hosil qilish tamoyiliga ko‘ra naysimonlar guruhiga kiritadi, ya’ni nay quvurida havoning damli harakati orqali tovush hosil bo‘ladi. Ulardan biri oddiy nay yoki bir yo‘nalishda joylashgan ko‘p teshikli nay. Bu turdagi bo‘ylama naylar yoki turlicha ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uni Vetnamliklar-sao, tojiklar-tutek, tatarlar-kaval, qozoqlar-sibizg‘a, ozarbayjonlar-ney (juda kam uchraydi), qirg‘izlar-uoo, choor (cho‘ponlar cholg‘usi), o‘zbeklar-nay deb atashadi. Olim ko‘pincha o‘rik yoki tut daraxtidan ishlanadigan keng tarqalgan surnay haqida ham to‘xtaladi. Shuningdek, Forobiy dunay (mizmar)ni ham tilga oladi. Dunay hozirgi qo‘shnay yoki turkman xalq cholg‘usi gosha-dilli tyuydukga (qo‘sh qamish naychadan tuzilgan cholg‘u) o‘xshaydi.
Risolada Forobiy o‘zi yashagan davrda mavjud bo‘lgan rubobni ham batafsil ta’riflaydi. O‘sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar rubobiga o‘xshab rezonator va ancha uzun dastadan tuzilgan. Ikki xil chertma torli rubob mavjud bo‘lgan: birinchisi yog‘och dekali va asosiy qismi yog‘ochdan, ikkinchisining pastki qismi charmdan ishlangan dekali.
Forobiy ta’rif berishicha, chang ochiq torlarning tebranishi orqali ohang hosil qiluvchi musiqa cholg‘ulari turkumiga kiradi. O‘sha davrdagi changning o‘n besh (15)ta torlari bo‘lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava oralig‘iga teng tovushqatorga ega bo‘lgan. Risolada ta’riflangan barcha cholg‘ular ashula, raqs, yakkanavoz va ansambl ijrochiligiga jo‘r bo‘lishda foydalanilgan. Forobiyning guvohlik berishicha, ud cholg‘usi ansambl ijrochiligida etakchi rol o‘ynagan. “Cholg‘u asboblari haqida kitob”da olim tanbur, rubob, chang kabi cholg‘ularni udda chalinayotgan kuyga yoki yakkanavoz xonandaga uyg‘un jo‘r bo‘lish uchun sozlash usullarini tushuntiradi.
Yashagan davriga ko‘ra buyuk olim Abu Ali Ibn Sino Forobiyga juda yaqin. Uning “Davolash kitobi” deb nomlangan yirik qomusining “Musiqa haqida risola” bobida o‘sha davrning musiqachiligiga oid ilmiy-falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg‘ular ta’rifiga anchagina o‘rin ajratilgan. Ibn Sino o‘z davri musiqalarini ikki guruhga bo‘ladi: mizrobli, noxunli (borbat, tanbur, rubob) va butun rezonator qopqog‘i bo‘ylab tortilgan ochiq torli cholg‘ular (shohrud, chiltor, lira), chang (arfa).
O‘sha davrda Sharqning taniqli mutafakkiri Safiuddin Urmaviy musiqa ilmi tizimini rivojlantirdi. U usta ud cholg‘uchisi, xonanda va mohir bastakor sifatida mashhur edi. Udda olib borgan tajribalariga tayanib olim o‘z nazariy qoidalarini bayon etdi. Urmaviyning “Taqvodorlik kitobi”da ud ta’rifi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: “Bilingki, cholg‘u asboblari ichida ud deb ataluvchisi eng mashhur va eng zamonaviydir”. Abu Ali Ibn Sino Udning besh juft tori kvarta tartibidagi etti (7) ta maqomi (pardasi) bo‘lgan. Torlari, bam, masna, maslas, zir va eng yuqorisi hadd deb atalgan. Besh qo‘sh torli, takomillashgan ud keyingi paytlarda ham o‘z tuzilishini saqlab qolgan (shu kunlargacha Armaniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda saqlanib qolgan ud ham besh qo‘sh torli, lekin maqom (parda-lad)siz. Udning kvartaga mos sozlangan besh qo‘sh tori va etti maqomi (parda-ladi) haqida Sheroziy (12361311), Jomiy (XV asr), Al-Husayniy, Marog‘iy, Ibn Sinolar yozishgan. Jomiyning “Musiqa haqida risola”sida keltirilgan ud dastasining to‘la chizmasi uni sozlash haqida to‘liq tasavvur beradi. Uning tasdiqlashicha mavjud o‘n ikki (12) maqom qadimiy etuk musiqaning asosidir. Jomiy musiqaning tinglovchilarga ta’siri haqida to‘xtalib, uning chuqur ruhiy va ma’naviy ahamiyati bor, deb hisoblaydi.
Marog‘iyning XIV asrda yaratilgan “Kanz al Tuhaf” risolasida g‘ijjak va rubob haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan, Marog‘iy o‘zining risolasida g‘ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma’lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarishi mumkin ekan.
Qo‘sh torli cholg‘u dutor haqidagi ilk ma’lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan musiqa kanonlarida uchraydi. “Dutor” atamasining paydo bo‘lishiga uni shaklan o‘xshash, ko‘p torli boshqa cholg‘ulardan (ozarbayjoncha soz, tanbur, ud kabi) farqlash asosiy sabab bo‘lgan.
XIII-XVII asrlarda yaratilgan risolalarda chang, qonun, nuzxa, rubob, tanbur kabi torli cholg‘ular, shuningdek, damli cholg‘u nayning ta’riflari berilgan. Darvish Alining (XVII asrda) Buxoroda yaratilgan musiqaga doir risolasi an’anaviy xalq cholg‘ulari haqidagi ma’lumot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin. Unda musiqa madaniyati, chunonchi O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida mavjud bo‘lgan cholg‘ular hamda mohir ijrochilar haqida nodir ma’lumotlar mavjud.
Darvish Alining risolasi XI-XII asrlar O‘rta Osiyo musiqasini o‘rganishda qimmatbaho manbadir. Mazkur asarda mashhur xonanda va cholg‘uchilar, bastakorlarning ijodiy tarjimai hollari bayon etilgan. Risolaning V- va VIboblari o‘sha davrda ko‘pgina Sharq mamlakatalarida qo‘llanilgan halq cholg‘ulari haqidagi ma’lumot batafsil bayon qilinadi. Darvish Ali o‘tmishdoshlari singari torli, mizrobli cholg‘ular orasida tebranish ohangiga ko‘ra eng yaxshisi sanalgan udni cholg‘ular “sultoni” deb atadi. Udning juft sozlangan o‘n ikki tori bo‘lgan. U Forobiy davridagi dastlabki uddan birmuncha farq qilgan. Darvish Alining ma’lumotlariga qaraganda, oltinchi quyi tor (muxtalif) cholg‘uning pastki diapazonini (bas registrini) kengaytirgan. Ud cholg‘uchisi Sulton-MuhammadUdiy-samarqandiyni muallif noyob iste’dodli cholg‘uchi, musiqiy asarlar ijodkori sifatida aks ettirgan.
Naychi Sulton Ahmadni Darvish Ali mashhur cholg‘uchi sifatida tilga oladi. Risolada muallifining yozishicha, u chalgan nayning sehrli ohanglari musiqa san’ati ixlosmandlarida chuqur taasurot qoldirgan.
Buxorolik Shayx Shamsiy-Rabboniy mohir rubob cholg‘uchisi, mashhur sozanda sifatida tanilgan. Uning ijrosi tinglovchilarga shu qadar kuchli ta’sir qilganki, hech bir kishini befarq qoldirmagan. Rubobning ohangini eshitib, betakror ijrosidan hayratga tushgan odamlar chor atrofdan to‘planaverishgan ekan.
Risolada yozilishicha chang cholg‘ular homiysi - Zuhraga bag‘ishlangan. Ta’riflangan changning etti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va etti pardasi bo‘lgan. Nay qadimiy cholg‘ularning biri sifatida tilga olinadi. Bulardan tashqari, risolada qonun, rubob, qobiz, g‘ijjak, musiqor, ebon-nay (damli, charmli), Xitoyda tarqalgan ruxavza kabi (olti tordan iborat noxunli) cholg‘ular ham tilga olingan.
Darvish Ali o‘sha davrda mavjud bo‘lgan cholg‘u ansambllari va ularning ijrochilari haqida hamda ularning Sulton Muhammad saroyida turli xil tantanalarda, qabullarda, dam olish kechalari va yaqin kishilar davralarida doimo ishtirok etganlari haqida xabar beradi. Saroyda “nog‘ora xona”5, deb atalgan 60 ijrochidan tashkil topgan cholg‘uchilar ansambli bo‘lgan. Ularni nog‘orachi (maestro) boshqargan. U misol tariqasida shunday dalilni keltiradi: “Sulton Husayn saroyida ansambl rahbari - mehtar vazifasini yetuk nog‘orachi Sayid Ahmadbin mehtariy-Miroqiy bajargan. Darvish Ali bu sozandaning mahoratini yuksak baholab, uni “tengsiz cholg‘uchi, bu dunyoning katta-yu kichik mo‘jizalari ko‘rki”15, deb ta’riflagandi. Saroyda ko‘p sonli sozandalarning saqlanishi, ularning hordiq chiqarish, tantana va bayramlarni tashkil etishdagi ahamiyati, xalq cholg‘ularida ijrochilik aholining turli tabaqalari orasida keng tarqalganligi haqida taxminni to‘liq asoslaydi.
Darvish Alining guvohligi yana shunisi bilan qimmatli-ki, u qayd etgan cholg‘ularning kattagina qismi (nay, surnay, chang, qonun, rubob, tanbur, g‘ijjak, qobiz, doyra, nog‘ora, ud). O‘rta Osiyoning O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa respublikalarida, shuningdek Ozarbayjonda bizning kunlargacha saqlanib keldi va u takomillashmoqda. Ushbu musiqa cholg‘ulari uzoq vaqt mobaynida o‘zbek halqining kundalik turmush tarzidan mustahkam o‘rin olib, uning madaniy hayotida keng qo‘llanib kelingan. Shunday ekan, bu cholg‘ularni o‘zbek xalq cholg‘ulari, deb atash o‘rinlidir.
Darvish Ali o‘sha zamonning buyuk xalq cholg‘uchilari ijro etgan ko‘p qismli, turkum musiqiy asarlar - maqomlarning katta ahamiyati haqida so‘z yuritgan. O‘rta asr Sharq olimlarining asarlarida musiqiy cholg‘ular, ular yaratgan ma’naviy va madaniy muhit haqida tarixiy ma’lumotlar etarli darajada bayon qilingan, ammo ularda u yoki bu xalq cholg‘ularining texnik va badiiy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar juda oz. Risolada ta’kidlanishicha, ijrochilar aynan o‘ziga xos ijrochilik amaliyoti asosida musiqa nazariyasini ishlab chiqishgan va xalq cholg‘ularining mavjud shakllarini ta’riflashgan.
Mo‘g‘illar istilosi davrida (XIII) O‘rta Osiyoning madaniy hayotida biroz orqaga ketish bo‘ldi va faqat sohibqiron Temur O‘rta Osiyoni birlashtirgach, san’atning turli sohalari yana ravnaq topa boshladi. Temur o‘z poytaxti Samarqandda me’morchilik ishlariga katta e’tibor berdi. Samarqanddan tashqarida ham bir qancha me’morchilik obidalari qad ko‘tardi (Shahrisabz, Yassa shaharlarida). Egallab olingan madaniy markazlardan turli kasb ustalarini, shu jumladan, xalq cholg‘ulari xalq og‘zaki ijodi va klassik adabiyot bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlandi. Firdavsiy, Sa’diy, Navoiy, Nasimiy, Fuzuliy, Behbudiy, Dehlaviylarning asarlarida 60 dan ziyod xalq cholg‘ularining nomi zikr etilgan.

Borbadning Xusrav huzurida kuy ijro etayotgani
F
irdavsiyning “Shohnoma” asari (XIV asr)da musavvir Muhammad Muqum Xusrav oldida ud chalayotgan VI asr cholg‘uchisi Borbadni tasvirlagan. Asardan cholg‘ularning ikki guruhga - xonaki cholg‘ular (chang, rud, lyutnya, fleyta, nay) va shovqin damli cholg‘ular (karnay, litavralar, buben, baraban, gong)ga bo‘linganligi ma’lum bo‘ladi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida O‘rta Osiyoda adabiyot va san’at, jumladan, musiqa temuriylar ijtimoiy hayotida (ayniqsa Samarqandda) muhim o‘rin tutgan. “Zafarnoma”ning bir miniatyurasida Temurning safarga chiqishi aks ettirilgan bo‘lib, unda dutor cholg‘usi tasvirlangan. Boshqa bir suratda esa karnaychilar qal’a devori ustida turib Temur qo‘shinlari g‘alabasi haqida jar solayotganligi aks ettirilgan.
XV-XVII asr miniatyuralarida chang (arfa), doyra, lyutnya, borbat, ud, qonun, g‘ijjak, soz, nay, rubob, tanbur kabi cholg‘ular tasvirlangan. “Shohnoma”ning XV asr o‘rtalarida ko‘chirilgan nusxasidagi miniatyura parchasida chang, ud, tanbur va rubob cholg‘ulari aks ettirilgan. O‘rta asr miniatyuralarida nay xalq cholg‘ulari xonaki ansambli tarkibida tasvirlangan. Bu cholg‘uning jozibali ohangidan ilhomlangan Jaloliddin Rumiy (XIII asr) unga bag‘ishlab “Nay qo‘shig‘i” she’rini bitadi: Nayning ovoziga quloq tut, u ne hakda g‘am chekar, yig‘lar, Mangu hijron, o‘tmish alamin unutolmay dillarni tirnar.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) e’tirof etishicha, Alisher Navoiy o‘z davrida o‘plab ud cholg‘uchilari, naychilar, g‘ijjakchilar, changchilarning o‘z iste’dodlarini namoyon etishga ko‘maklashgan.
“ Boburnoma”da o‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilarining nomlari zikr etilgan. Boburning ta’kidlashicha, “Ustod-qul Muhammad Shayboniy va Husayn udiy kabi mohir cholg‘uchilar Bek (Navoiy)ning bevosita yordami va homiyligida Zahiriddin Muhammad Bobur katta shuhrat qozondilar, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar”17. Bobur shuningdek, Shoh Qulliy-G‘ijjakiy, Husayn Uddiy, Xo‘ja Abdulloh Marvarid Qonuniy kabi mohir ijrochilarni ham tilga oladi. Navoiy davrida nay, ud, g‘ijjak, qonun, karnay, surnay, nog‘ora, doyra, chang ijrochiligi keng tarqalgan edi. Ularning hammasi ansambl ijrosida ham yakka ijroda ham birdek qo‘llanilgan. Chang yakka cholg‘u sifatida alohida ajralib turgan.
Chang eng keng tarqalgan cholg‘u sifatida ko‘plab adabiy manbalarda qayd etiladi. Chang cholg‘uchilarini o‘z asarlarida FirdavsiyOzoda, Navoiy-Dilorom, Nizomiy esa Fitna deb atashgan. XV-XVII asr yozma yodgorliklari ma’lumotlarini qiyoslab shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni bu davrga kelib O‘rta Osiyoda xalq cholg‘ularida ijrochilik Alisher Navoiy madaniyati o‘z kamolotiga etdi. O‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilari ayni chog‘da o‘zlari ham musiqa asarlari yaratganlar. O‘sha paytdayoq mohir chang, ud, g‘ijjak, qonun, nay, tanbur, bo‘lamon ijrochilari va etuk xonandalar bo‘lgan, ular o‘ziga xos ansambllar tuzishgan. Shuningdek, yakkanavoz ijrochilik ham rivojlangan.
Shahar hunarmandlarining musiqiy faoliyati sezilarli darajada kengaydi. Ko‘pchilik ijrochilar hunarmandlar orasidan chiqqan bo‘lib, cholg‘uchilik kasbi ular uchun yuqori tabaqa jamiyatiga yo‘l ochgan. Ularni tez-tez saroy tantana va marosimlariga jalb etishgan. Ular nazm va musiqa majlislarining ko‘rki bo‘lgan. Bu erda hozirjavoblik, qo‘shiq, aytish, biror-bir cholg‘uda chalish layoqati yuqori baholangan. Yosh ijrochilar uchun bu o‘ziga xos ko‘rikmusobaqa bo‘lgan. Shuning uchun ular bir yoki bir necha musiqa cholg‘ularini chalishda bir-biridan o‘zishga intilishgan. Shunday qilib, XIV-XVII asr tasviriy san’atida va adabiy merosida ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg‘ulari asosiy turlarining barqarorligini tasdiqlovchi boy material berilgan. Va nihoyat, Temuriylar davri va keyingi ikki yuz yillik davr kitob miniatyurasi xalq cholg‘ulari ansamblining quyidagi ikki turi bo‘lganligi haqida shahodat beradi:
1) doyra va nay jo‘rligida chertma torli ansambl (xonaki turdagi);
2) Damli va urma zarbli cholg‘ular (karnay, surnay, bulamon, doyra, nog‘ora) ansambli.
Ansamblning ikkinchi turi ko‘p hollarda harbiy orkestr sifatida foydalanilgan.
O‘rta Osiyo olimlarining musiqa haqidagi risolalari, badiiy adabiyot, rassomchilik bizning kunlargacha etib kelgan o‘zbek xalq cholg‘ulari tarixiy taraqqiyotining uzun zanjiridagi ayrim uzilgan xalqalarini qaysidir darajada tiklash imkonini beradi. Musiqa cholg‘ulari yasovchi xalq ustalari bir parcha yog‘ochga, qamishga, suyakka “jon” ato etishgan, bu ularga abadiylik bag‘ishlagan. Necha yuz yillar o‘tdi, musiqa cholg‘ulari esa yakka, ansambl va orkestr ijrochiligida o‘z o‘rnini egallab, bugungi kungacha yashab kelmoqda.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida o‘zbek musiqa madaniyatida xalq va professional musiqa san’atining quyidagi ko‘plab yangi turlari takomillasha boshlaydi: katta ashula, katta o‘yin, Shodiyona, Navro‘z, Mavrigiy, Shashmakom, Chormaqom (unga Dugoh Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori-Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg‘ulari va ijrochilarga bog‘liq holda turlicha cholg‘u ansambllari tuzilgan. Ko‘p hollarda xalq cholg‘ulari ansambli tarkibiga g‘ijjak, tanbur, dutor, chang, nay, qo‘shnay, doyra kabi musiqa cholg‘ulari kiritilgan.


XULOSA
Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo‘lgan. Maqomlar asosan saroy a’yonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitda ijro etilgan. Hatto Mohir qo‘shiqchilarning o‘ziga xos musobaqasi (ayniqsa avjlarni ijro etishda, shuningdek, yangi qismlarni to‘qishda) tashkil etilgani ma’lum. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo‘shnay, surnay, karnay, bo‘lamon, chang, qashqar rubobi, buxoro (afg‘on) rubobi, tanbur, dutor, do‘mbra, g‘ijjak, sato, doyra, qayroq, safoil kabi cholg‘ular mustahkam o‘rin oldi.
Cholg‘u ijrochilik san’ati tarixida ham XIX asr bir qator musiqa ustalarini etishtirib chiqargan davr bo‘ldi. Bular: To‘ychi Xofiz, Shorahim Shoumarov, Shobarot tanburchi, Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent), Rustambek (Andijon), Ashurali Mahram, Abduqodir naychi, Ahmadjon qo‘shnaychi (Qo‘qon), Abdulla Tarak, Ro‘zimatxon changchi (Namangan), Usta Masaid doirachi va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon qizik (Marg‘ilon) va boshqalardir. Bu san’atkorlar o‘zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda, qadimiy cholg‘ularning tuzilishini takomillashtirish va yangiliklarni yaratishda katta rol o‘ynashdi. Yangi musiqa cholg‘ulari asta-sekin turmushga kirib kelib, o‘tgan yuz yillik oxirida ansambllardan mustahkam o‘rin oldi. Musiqa cholg‘ularidan qo‘shiq va raqslarga jo‘r bo‘lishda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta’sirchanligi metroritmik bezak va qochirimlar bilan to‘ldirildi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin