"Quyosh va yomg’ir" o’yini. O’yinning maqsadi: Bolalarni doiraning turli oxangiga karab xarakatlarni bajarishga o’rgatish.
Metodik kursatma: Logoped bu uyinni doira ovozini uzgartirib 3-4 marta takrorlaydi.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga:
-Xozir biz sizlar bilan sayrga boramiz. Ob-xavo yaxshi, kuyosh charaklab turibdi yog’gir yog’mayapti. Atrofda churoyli gullar ochilgan, gullarni terish mumkin. Men doirani chalaman. Sizlar sayr kilinglar, doira sadosida sayr kilish kizikarli va maroqli buladi. Agar yomgir yoga boshlasa, men doirani cherta boshlayman, sizlar esa doira takillashini eshitib, uylaringizga yugurishingiz kerak. Dikkat bilan tinglang, men kachon doirani chalaman, kachon takillata boshlayman! Bolalar doira taqillashi yoki chalinishini diqqat bilan tinglashlari lozim.
"Nimani eshityapsan?" o’yini. O’yinning maqsadi: Bolalarni turli ovozlarni eshitib ajratishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga kuzlarini yumishini tavsiya etadi va dikkat bilan ovoz va tovushlarni eshitishni taklif kiladi.(kushlarning chugurlashini, avtomobillarni signalini, barglarning shitirlashini va xakozolarni). Bolalar kanday ovoz kaysi tomondan kelganini aniklashlari kerak. Bunda bolaning fazoviy orientatsiyasi xam rivojlantiriladi.Ushbu uyin sayr paytida utkazilsa, ayniksa maksadga muvofikdir.
"Mehmonlarni kutib oling" o’yini. O’yinning maqsadi: Eshituv dikkatini rivojlantirish.
O’yinning jixozi: Petrushka uchun kungirokchali bosh kiyim, kuyon uchun kuloklari uzun bosh kiyim va ayikcha uchun maxsus kiyim, turli tovushlar chikaradigan uyinchoklar - shikildok, nay, surnay.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga:
-Xozir oldimizga kuyoncha, ayikcha va petrushka mexmonga keladi!-deb e’lon kiladi. Uchta bola parda orkasiga utib, mexmonlarni kiyimini kiyadi. Logoped bolalarni ayikcha shikildok bilan, petrushka baraban bilan, kuyoncha esa surnay bilan kelyapti deb ogoxlantiradi.
Kolgan bolalar tovushga karab kaysi mexmon kelayotganini aniklashi kerak. Bolalar oldiga chikishidan avval, mexmonlar parda ortida turib, uzi uchun muljallangan musika asbobini chalishadi. Bolalar kim kelayotganini aniklashi kerak. amma mexmonlar kelib bulgach, kuyoncha, petrushka va ayikcha raksga tushadi. Sung mexmon roliga yangi bolalar tanlanadi va uyin davom ettiriladi. Yangi uyin boshlanganda mexmonlarga yangi uyinchoklar berish mumkin.