Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta



Yüklə 1 Mb.
səhifə2/7
tarix17.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#115647
1   2   3   4   5   6   7
JISMONIY TARBIYA

2
Kirish
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitasiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich Olimpiya sport turlari bo'yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi (keyingi o'rinlarda – kontsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasining maqsadli ko'rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" 3-ilovaga muvofiq;
Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish ro'yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 1 fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag'batlantirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin: Olimpiya va Paralimpiya sport

3
turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-o'quvchilarni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) qo'shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish;"bolalar sport o'yinlari"ning jamoaviy o'yin turlari bo'yicha respublika bosqichi: g'oliblariga (1-o'rin) oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo'yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish; g'olib va sovrindorlarni (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan egallagan 1-o'rin uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o'rin uchun – 4 baravari, 3-o'rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash; umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va sport ta'lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmasdan, ularga: tuman (shahar) bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasini; viloyat bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani


uchun–birinchi malaka toifasini;
respublika va xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasini to'g'ridan-to'g'ri berish;
Olimpiya sport turlari bo'yicha respublika (1-o'rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3 o'rinlar) g'olib chiqqan oliy ta'lim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi kafedralar o'qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (dosent, professor) to'g'ridan-to'g'ri berish.
4

Sport maktablarining o'quv dasturlarida o'quv mashqlar soatini qisqartirish hisobiga ushbu maktablardagi trener-o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o'quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilash;


bosqichma-bosqich tuman (shahar) bolalar va o'smirlar sport maktablaridagi bosh hisobchi lavozimlari hisobidan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarida markazlashgan buxgalteriya xizmatini joriy etish hamda unga tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning hisobini yuritishni yuklash to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida, uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga qo'shimcha 28 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari kiritilsin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o'quv yiliga qadar oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta'lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirsin hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o'qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo'yicha trener kvalifikasiyasini berish amaliyotini joriy etsin.
5

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin