Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Elektron o'quv adabiyoti (EO'A)



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Elektron o'quv adabiyoti (EO'A) - bular davlat ta'lim standartlari 
asosida mutaxassislik va yo'nalishlar bo'yicha texnik fanlarning alohida 
muhimroq bo'limlariga oid nashrlar, namunaviy hamda ishchi reja, shuningdek, 


52 
mashqlar, masalalar to'plami, xarita va sxemalar al`bomi, tuzilmalarga oid 
atlaslar, xrestomatiya, diplom loyihasi bo'yicha ko'rsatmalar, ma'lumotnoma, 
entsiklopediya, trenajer kabilardir. 
Elektron ta'lim resurslari vositasida o'qitishda o'qituvchi va o'quvchining 
komp`yuter bilan ishlash malakasiga ega bo'lishni talab etadi, ya'ni informatika 
va hisoblash texnikasi asosiy tushunchalarni, komp`yuter texnikasining
funktsional imkoniyatlarini hamda printsipial qurilmalarini bilish, asosiy 
komandalar va dasturlar bilan ishlash, dasturlashtirishning tili hamda 
algoritmlari to'g'risida dastlabki tushunchalarga ega bo'lish kerak. Elektron 
ta'lim resurslari asosiysi bu elektron darslik hisoblanadi. Quyidagi komp`yuterli 
o'qitish texnologiyasi amalga oshirishda elektron darslikning bevosita o'qitish 
vositasi sifatida qaralishi to'g'risida qisqacha fikr yuritamiz. 
Komp`yuterli o'qitish texnologiyasi qo'llanilgandan asosiy maqsad ta'lim 
oluvchilarning informatsiya bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning 
intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, optimal yechimlarini mustaqil izlash
topish, tadqiqotchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir. 
O'qitish ob'ekti funktsiyasi komp`yuter dasturlashtirish, dasturiy 
mahsulotlarni yaratish, turli informatsion muhitni qo'llash sifatida bajaradi. 
Komp`yuter o'qitish texnologiyasida o'qituvchi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- elektron darslik vositasida o'qitish jarayonini tashkil etish; 
- komp`yuter sinfidagi tarmoqli boshqarish, instruktaj o'tkazish, 
o'quvchilarni faollashtirish; 
- o'quvchilarni individual kuzatish, ularga yordam ko'rsatish, ya'ni elektron 
darslik bilan mustaqil ishlashga yo'naltirish; 
- o'quvchilarning o'quv materiallari bilan ishlashda maslahatlar berish; 
- o'quvchilarning topshiriqlarni bajarish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar 
berish; 
- o'quvchilarning o'z-o'zini baholash natijalarini tahlil etish. 


53 
Elektron darsliklar didaktikaning asosiy tamoyillarini ishonchli va yuqori 
darajada joriy qilish imkonini beruvchi, samarali o'qitish vositasidir. 
Tadqiqotchilar elektron darsliklarni masofaviy o'qitishda, uyda mustaqil 
o'rganishda, guruhiy va individual ishlarni tashkil etishda hamda o'tkazishda
qo'llanilganda yaxshi samara beradi, deb fikr bildirganlar. 
Elektron darslik va qo'llanmalar masofali o'qitishda yuqori faollikka ega 
bo'lish lozim. Ular tinglovchilar uchun ta'lim berish tizimlari vazifasini 
bajarishlari kerak. Har bir fanga mo'ljallangan kurslar eng kamida uchta: 
ta'limiy, mashqli va nazorat qilish kabi asosiy qismlarga ega bo'lishlari zarur. 
Elektron darsliklar turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, animatsiya, ovoz, 
grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari bor bo'lgan darsliklar. Elektron 
darslik mavzuni o'quvchiga eng qulay ko'rinishda taqdim eta oladi, u o'quvchi 
bilan interfaol usulda muloqotda bo'ladi. 
O'quvchi mavzularni mustaqil o'rganishi va o'zi olgan bilimni test sinovi 
asosida sinab ko'rishi mumkin. Elektron darslikni yaratuvchi ishchi guruhi har 
bir mavzu, mavzular bloki uchun stsenariy yozadi, qaysi mavzuda 
komp`yuterning qanday imkoniyatidan, yangi pedagogik texnologiyaning qaysi 
elementidan foydalanish mumkinligini aniqlaydi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin