Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


-modul: Kreativ pedagogikaning umumiy asoslari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

1-modul: Kreativ pedagogikaning umumiy asoslari 
Reja: 
1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. 
2.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti. 
3.Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. 
4.Kreativ pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
5.Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar: kreativlik, pedagogika, “Kreativ pedagogika” 
fani, fanning maqsadi, fanning vazifalari, fanning ob'ekti, fanning predmeti, 
fanning 
tarkibiy 
tuzilmasi, 
fanning 
asosiy 
kategoriyalari, 
Kreativ 
pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ilmiy- tadqiqot metodlari. 
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo'llanila 
boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga 
innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj
“Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet 
sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, 
umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish 
metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik 
g'oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari 
mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari 
uchun zarur shart- sharoitni yaratishga xizmit qiladi. 
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z 
mohiyatiga ko'ra jarayon tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson 
ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalarining 
qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-
60 yosh)gacha bo'lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va 
rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, 



ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug'ilishidan 
boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan 
faoliyat mazmuniga bog'liq. 
Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi 
sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi 
nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida 
faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu 
bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy 
tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli 
darajada o'zlashtirilishi talab etadi. 
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan 
ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida 
belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy 
omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, 
hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq.Zamonaviy sharoitda 
pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi. 
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko'pchilik 
o'qituvchilar hali hanuz shaxs (o'zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini 
qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o'zlashtira olmayaptilar. 
Ta'lim tizimini boshqarish organlari har yili ta'lim muassasalarida yuqori 
samaradorlikka erishishga e'tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o'quv dasturini 
ishlab chiqiladi, yangi o'quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham 
o'qituvchilarni kasbiy o'sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy 
harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg'a intilishga bo'lgan ehtiyojni 
muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o'quv-bilish qobiliyatlarini bir 
qadar rivojlantirishga yordam beradi. 



Biroq, o'quv yilining oxirida kelib oliy ta'lim muassasalarida talabalarning 
fanlarni o'zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. 
Ko'plab talabalarning ta'lim olishga nisbatan qiziqishi yo'qolgan. Buning 
natijasida o'qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni 
tashkil etishni o'ylashmayapti. Ta'lim tizimini boshqaruvchi organlar ta'lim 
olishga nisbatan xohish-istagi bo'lmagan talabalar, bu kabi ta'lim oluvchilarni 
o'qitishni istamayotgan o'qituvchilar faoliyatini o'zgartirish borasida yangidan-
yangi chora- tadbirlar belgilansa-da, ahvol o'zgarishsiz qolmoqda. 
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o'ylab, rejalashtirilib 
qo'yilishi talabalar uchun qiziq bo'lmayotgandir, balki balki ta'lim mazmunining 
muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul 
bermayotgandir, rag'bat bildirmayotgandir. O'quv mashg'ulotlarining avvaldan 
rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni 
shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g'oyalarni o'ylab
topishga majbur qilish ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni 
yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda asosiy omil bo'lar. O'quv 
mashg'lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi. 



Shaxsda 
kreativlik 
sifatlarini 
rivojlantirish 
jarayonining 
umumiy 
mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab “Kreativlik” tushunchasining 
ma'noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, “Kreativlik 
– o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui” sanaladi.
Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik 
– shaxs tomonidan amalga oshirilaigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan 
yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim”. 
Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik 
“Muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori 
darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish” demakdir. 
Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida 
turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday 
bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt 
darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini ta'kidlaydilar. 
“Kreativlik” tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb 
kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik 
negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va 
erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar.
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb 
tushunadilar. Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari 
turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga 
egalikni yuqori baholaydilar. 
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan 
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash 
talabalardan o'quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga 
tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina 
to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan 
birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni 



shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani 
yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), 
keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi (bir 
tomonlama fikrlash). 
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini 
quyidagicha sharhlash mumkin: 
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg'ularida, 
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki 
uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili 
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – 
yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g'oyalarni ishlab 
chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil 
sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy 
qobiliyati 


10 
sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, 
“Talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi. 
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o'qituvchilar 
ham o'zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. 
Buning uchun ular Ye.P.Torrens tomonidan asoslangan va shaxsning kreativ 
tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o'tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning 
darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o'ziga xos 
(orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo'yicha baholash imkoniyatini 
yaratadi. O'quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan 
mana shu to'rtta mezonni qanotlantirishi lozim. 
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. 
O'qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil 
etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat 
“Pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. 
Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 


11 
1.O'quvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularini 
o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini 
o'zlashtirishga jalb etish; 
2.O'qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. 
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lmasligi tufayli talabalar ham 
qiziqarli va ajoyib g'oyalarga ega bo'lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda 
sustkashlikka yo'l qo'yadi. Buning sababli ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan 
metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat 
qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va 
strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o'qituvchilar uchun qo'l keladi 
hamda talabalarda o'quv fanlarini o'rganishga bo'lgan qiziqish, intilishni 
rivojlantiradi. 
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil 
etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog'liq bo'ladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin