I.2. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda muammoli ta’limdan foydalanish (Olmosh mustaqil so‘z turkumi va yordamchi so‘z turkumlari misolida)
4 7 sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda muammoli
I.2. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda muammoli ta’limdan foydalanish (Olmosh mustaqil so‘z turkumi va yordamchi so‘z turkumlari misolida) Umumiy o‘rta ta`lim o‘quv dasturi. Ona tili dasturida “Olmosh” bahsiga 13 soat ajratilgan. “Ona tili” darsligining “Morfologiya va imlo” bo‘limida “Olmosh” bahsida “Olmoshlar”, “Ko‘rsatish olmoshlari”, “Kishilik olmoshlari”, “O‘zlik olmoshlari”, “So‘roq olmoshlari”, “Belgilash olmoshlari”, “Gumon olmoshlari”, “Bo‘lishsizlik olmoshlari”, juft va takror olmoshlar, ularning yozilishiga doir materiallar berilgan . Bu ishda “Ona tili” darsliklari mashqlaridan foydalandik. Olmoshlarni o‘rgatishni mustaqil so‘z turkumlarini eslash bilan boshlash mumkin. Bunda quyidagi savollar o‘rtaga tashlanadi. 1. Turdosh va atoqli otlarning yozilishiga misol keltiring. O‘quvchilarning savollarga javob berishidan keyin, o‘qituvchi mustaqil so‘z turkumlarini eslatib, ularning gapdagi vazifalarini ta`kidlaydi. Shundan so‘ng mustaqil so‘zlardan biri olmoshlar haqida ma`lumot berilib, olmoshning boshqa mustaqil so‘z turkumlari bilan munosabati suhbat metodida bayon qilinadi.
“Olmoshlar” mavzusiga doir materialni mustahkamlash, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Mustaqil ish uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Shabada qo‘zg‘aldi, u jonga orom berdi.
2. Po‘lat botir yigit, uni hamma hurmat qiladi.
3. Avvalgi yig‘ilishga yigirma besh ota-ona qatnashgan edi, bu gal ham shuncha ota – ona qatnashdi.
4. Ko‘chalarning kesishgan joyida bolaxonali g‘isht uyli hovli bor, bu hovlini bobom qurdirgan.
5. Kishining ishi to‘g‘rilik bo‘lsa, bu uning eng yaxshi maqtovidir. (Navoiy) O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, olmoshlarni aniqlab, tagiga chizadilar. Olmoshlar qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelganini ustiga yozadilar.
Namuna:
1. Shabada qo‘zg‘aldi, u jonga orom berdi. 2. Avvalgi yig‘ilishga yig‘irma besh ota-ona qatnashgan edi, bu gal ham shuncha ota-ona qatnashdi. Mustaqil ishdan so‘ng og‘zaki bayon o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi. Men 1936 yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qishloq o‘qituvchilari oilasida tug‘ilganman. Otam Oltiariqning o‘qimishli, obro‘li odamlaridan bo‘lgan deb eslashadi. U tarix muallimi bo‘lgan. Urushning dastlabki yillarida urushga ketib bosh miyasida jarohati va o‘pka shamollash kasali bilan qaytib keldi. 1945-yilda o‘ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada olamdan o‘tgan. Bir yildan so‘ng onam ham dunyodan o‘tdi. Ikki qisqa umrning yolg‘iz yodgori bo‘lib men, Toshkentda tog‘am qo‘lida qoldim. Men O‘zbekiston poytaxtidagi Mannon Uyg‘ur nomidagi 22-o‘rta maktabda o‘qidim. Bu maktabni 1956-yilda bitirdim.
O‘quvchilarning shoir Erkin Vohidovning bolaligi haqidagi matnni o‘qib chiqadilar. 1-shaxs birligidagi men olmoshini Erkin Vohidov oti va 3-shaxs birligidagi u olmoshi bilan almashtiradilar, matn mazmunini qayta hikoya qiladilar.
Namuna:
Ekin Vohidov 1936 yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq tumanida qishloq o‘qituvchilari oilasida tug‘ilgan. Otasini Oltiariqning o‘qimishli odamlaridan bo‘lgan deb eslashadi. Otasi tarix muallimi bo‘lgan. Urushning dastlabki yillarida urushga ketib bosh miyasida oskolka jarohati va o‘pka shamollash kasali bilan qaytib keldi. 1945-yilda o‘ttiz uch yoshida vafot etdi. Bir yildan so‘ng onasi ham dunyodan o‘tdi. Erkin Vohidov Toshkentda tog‘asi qo‘lida qoladi. Erkin Vohidov Toshkentdagi Mannon Uyg‘ur nomidagi 22-o‘rta maktabda o‘qidi. U bu maktabni 1956-yilda bitirdi. Og‘zaki bayondan so‘ng ijodiy ish topshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga olmoshlar ishtirokida to‘rtta gap yozishni topshiradi. O‘quvchilar bu topshiriqni bajaradilar.
Namuna:
1. U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi.
2. Bog‘ga o‘zimiz qaraymiz, o‘zimiz sug‘oramiz, o‘zimiz hosilni terib olamiz. Ijodiy ishdan so‘ng mashq ishlanadi. Buning uchun 7-sinf ona tili darsligidagi 22-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o‘qiydilar, olmoshlarni aniqlab, ajratilgan olmoshlar oldingi gapdagi nimani almashtirayotganini aytadilar.
Ko‘rsatish olmoslarini o‘rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi ko‘rsatish olmoshlariga berilgan ta`rifni aytib, misollar keltiradi. Keyin ko‘rsatish olmoshlarini doskaga yozib, u ko‘rsatish olmoshi kishilik olmoshining 3-shaxs birligi bilan shaklan bir xil bo‘lishi, gapda ularni bir – biridan ma`nosida qarab farq qilish mumkinligi, u, bu, shu, o‘sha, olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi bilan turlanganda, ularga bir “N” tovushi orttilishini aytadi. Ko‘rsatish olmoshlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish mumkin. 1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim. (Hakim Nazir) 2. Bunday chiroyli mashinani birinchi marta ko‘rishim. 3. Man shu asboblarni boshingga qo‘yib, hushyorroq bo‘lib yotasan (G‘ofur G‘ulom) 4. Men yana turib qochdim, yana o‘sha narvonda tirmashib, arang o‘zimni tomga yetkazib oldim. (G‘ofur G‘ulom) 5. Bu ovoz unga juda tanish tuyuldi. 6. Mana bularni ko‘tarib sen oldinroq boraver. 7. Shu qishloqda tug‘ildim. Shu yerda unib o‘sdim. O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, ko‘rsatish olmoshlarini topib, tagiga chizadilar.
Namuna:
1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim.
2. Bunday chiroyli mashinani birinchi ko‘rishim.
3. Mana shu asboblarni boshingga qo‘yib, hushyorroq bo‘lib yotasan. Mustaqil ish bajarilgach, mashq ishlanadi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida navbat bilan quyidagi she`riy parchani o‘qiydilar, ko‘rsatish olmoshlarini aytadilar.
Shu yuksak tog‘ bag‘rida baxmal qir,
Mening tug‘ilib o‘sgan asl Vatanim.
Etagida uqa kabi oqar Sir,
Shu vodiyda quyoshdan kuydi tanim.
Tizzang tolmay chiqa olsang yuksakka
Ko‘rsataman barmoq bilan hammani
Hur oq emi qirq yil ekdim dahyakka.
Anov erga qurib olib chaylani.
Mashq ishlangach, o‘quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. Bunda o‘quvchilarga tarkibida bu, shu, o‘sha, ana shu olmoshlari bo‘lgan to‘rtta gap yozish aytiladi. O‘quvchilar o‘qituvchining bu topshirig‘ini bajaradilar, ikki – uch o‘quvchi o‘zi tuzgan gaplarni o‘qib, olmoshlarni aytadi.
Namuna:
1. Bu kitoblarning barini o‘qib chiqqanman.
2. Shu paytda Toshxon derazadan allanimani ko‘rdi.
3. Ana shunday taqdir bir cho‘lda mana shu bog‘ barpo etildi. Ijodiy ishdan so‘ng kichik bayon o‘tkaziladi. Bayon uchun ”Sevimli shoirimiz” matnidan foydalanish tavsiya etiladi. Sevimli shoirimiz Respublikamizda Hamza Hakimzoda nomini eshitmagan biror kishi bormi? Uning o‘lmas asarlarini sevib o‘qimagan o‘quvchi topiladimi? Hamza Hakimzoda xalqimizning mashhur shoiri dramaturgi va kompozitoridir. U o‘zining otashin asarlari bilan keng kitobxonlar orasida tanilgan. Hamza Hakimzodaning bolalarga atab yozgan she`rlaridan qaysilarini bilasiz? Uning “O‘q”, “Kitob”, “Qalam”, “Ilm ista”, “To‘g‘ri so‘z bola” she`rlari shunday asarlar jumlasidandir. Bu she`rlarida Hamza Hakimzoda yosh avlodni ilm olishga, rostgo‘y va odobli bo‘lishga chaqiradi. Hamza o‘z hayoti va ijodi yoshlarni vatanni sevishga, xalq dushmanlariga qarshi kurashga chaqirdi.
O‘zbek xalq shoiri Hamzaning asarlari mustaqil O‘zbekistonning rivojiga munosib xizmat qilmoqda. O‘qituvchi “Sevimli shoirimiz” matnini o‘quvchilarga o‘qitadi, so‘ngra ulardan matn mazmunini so‘zlab berishni talab etadi. Ikki o‘quvchi matn mazmunini gapirgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarni bayon yozishga da`vat etadi. O‘quvchilar bayonni yozgach matndagi olmoshlarni aniqlaydilar, tagiga chizib, ustiga olmosh turlarini yozadilar. Ish tugagach, ikki o‘quvchining bayoni o‘qish orqali tekshiriladi. O‘quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21 -maktabning 4-sinf o‘quvchisi Yulduz Beyleyevaning bayoni. Sevimli shoirimiz. Respublikamizda Hamza Hakimzoda nomini eshitmagan biron kishi bormi? Uning o‘lmas asarlarini sevib o‘qimagan biror o‘quvchi bormi? Hamza Hakimzoda mashhur shoir dramaturg, bastakor sifatida tanilgan. Uning bolalarga atab yozgan she`rlarini bilasizmi? Hamzaning “O‘qi” , “Qalam”, “Kitob”, “Ilm izla”, “To‘g‘ri so‘z bola” she`rlarini bilaman. Hamza Hakimzoda bu she`rlaridan yosh avlodni ilm olishga chaqirdi. Hamza yoshlarni odobli, bo‘lishga, xalq dushmanlariga qarshi kurashishga da`vat etadi.
Qarshi shahridagi 21 – maktabning 4 sinf o‘quvchisi Xurshida Bo‘riyevaning bayoni:
Sevimli shoirimiz Respublikamizda hamza Hakimzoda nomini eshitmagan biron kishi bormi? Hamza mohir shoir, bastakor dramaturg. Siz hamzaning balalarga atab yozgan qaysi she`rlarini bilasiz? Hamzaning “O‘qi”, “Kitob”, “Qalam”, “Ilm ista” kabi she`rlarini bilaman. Hamza bu she`rlarida bolalarni ilm olishga, odob – axloqli bo‘lishga xalq dushmanlariga qarshi kurashishga chaqiradi.
Kishilik olmoshlari va ularni o‘rgatishni suhbat metodida boshlash mumkin:
- kishilik olmoshlarining I shaxs ko‘pligi qachon maqtanish ma`nosini bildiradi?
- kishilik olmoshlarining I shaxs ko‘pligi ba`zan I shaxsning birligi o‘rnida ishlatilsa, o‘zini ajratib ko‘rsatish, maqtanish ma`nolarini anglatadi.
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko‘pligiga –lar qo‘shimchasi qo‘shilganda qanday ma`no ta`kidlanadi?
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko‘pligiga –lar qo‘shimchasi qo‘shilganda ko‘plik ma`nosi ta`kidlanadi.
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum kelishiklari bilan turlanganda qanday holat sodir bo‘ ladi?
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum kelishiklari bilan turlanganda bir “N” tushub qoladi va shunday yoziladi.
- Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklari bilan turlanganda qanday o‘zgarish bo‘ladi.
- Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklari bilan turlanganda bir “N” orttiriladi va shunday yoziladi.
Kelishik olmoshlari va ularning yozilishini mustahkamlash o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Men sport bilan shug‘ullanaman. Sport meni baquvvat, dovyurak bo‘lishimga yordam beryapti.
2. Ter to‘kib sochsang urug‘, yer seni qo‘ymas quruq. (maqol).
3. O‘qishda sizga muvaffaqiyatlar tilayman, aziz o‘quvchilarim.
4. Sen bilan men bo‘lsak qattiq nonni ham yeya beramiz. (A. Qodiriy) O‘quvchilar terma garlarni ko‘chiradilar, kelishik olmoshlarini aniqlab, ularni qaysi kelishikda ekanligini qavslar yordamida yozadilar. Ish bajarilgach, ikki o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men (B.k 1 shaxs) sport bilan shug‘ullanaman. Sport mening (q.k 1 shaxs, n tushib qolgan) yanada baquvvat, dovyurak bo‘lishimga yordam beryapti.
2.Ter to‘kib sochsang urug‘, yer seni (t. k.2 shaxs) qo‘ymas quruq. Mustaqil ishdan so‘ng ta`limiy diktant bo‘lishi aytiladi. Diktant uchun quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi. Alisher otasi ko‘rishi bilan o‘qishini chala qilib jim bo‘ldi. Alisherning rangi o‘chdi. Alisher otasining so‘zini qaytarishga jur`at etolmadi. Alisher kitobini bir nafasgacha ko‘kragiga bosib turib, keyin otasiga uzatadi. O‘qituvchi matn bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. O‘quvchilarga aytish jarayonida Alisher otini zarur o‘rinlarda III shaxs birlikdagi kishilik olmoshi bilan almashtirib yozishni aytadi. O‘qituvchi matndagi gaplarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar gaplardagi Alisher otini III shaxs olmoshi bilan yozib boradilar. Diktant tugagach, o‘quvchilarga o‘qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. U otasi ko‘rishi bilan o‘qishni chala qilib jim bo‘ladi. Uning rangi o‘chdi. U otasining so‘zini qaytarishga jur’at etmadi. Kishilik olmoshlarini mustahkamlash, o‘quvshilar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida o‘qituvchi ularga ijodiy ish topshiradi. O‘quvchilar kishilik olmoshlarini qatnashtirib to‘rtta gap yozadilar. Ijodiy ish bajarilgach, uch to‘rt o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshirib ko‘riladi.
Namuna:
1. Biz san’at muzeyiga borib tomosha qildik.
2. Sening o‘quvchilaring yaxshi.
3. Men gullarga suv quyayotgan edim.
4. Sizning taklifingiz hammaning nomidan bo‘ladi. Ijodiy ishdan so‘ng mashq ishlanadi. Buning uchun ona tili darsligidagi 35 –mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar o‘qituvchilar rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o‘qiydilar, ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarning ma’nosi va vazifasini tushuntiradilar.
Namuna:
1. Siz (ega) bizdan (to‘ldiruvchi) yordam olgani emas, bizga (to‘ldiruvchi) rahbarlik qilgani kelgansiz. (A. Q). O‘zlik olmoshini o‘rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va qoidalar bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan boshlash mumkin. O‘zlik olmoshini mustahkamlash, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam. (Cho‘lpon).
2. Uning o‘zi yosh, lekin ziyrak bola.
3. Bu ko‘chatlarni valining o‘zi o‘tkazgan.
4. O‘zingiz ham o‘tiring.
Mustaqil ish bajarilgach, o‘quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. O‘quvchilar “O‘zimiz”, “O‘zlari” olmoshlarini kelishik shakllari bilan turlaydilar. Ijodiy ish tugagach, ikki o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshirib, kamchiliklar tuzatiladi.
Namuna:
1. O‘zimiz, o‘zimizning, o‘zimizni, o‘zimizga, o‘zimizda, o‘zimizdan.
2. O‘zlari, o‘zlarining, o‘zlarini, o‘zlariga, o‘zlarida, o‘zlaridan. Ijodiy ishdan so‘ng saylanma diktant o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Men gulxan atrofida o‘tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. Ular qo‘shni qishloqdan kelgan bolalar ekan. 2. Elmurod o‘z nomlari bilan otalarining nomlarini aytib ko‘rishayotgan bolalarni bir-biridan ajrata olmay qoldi. 3. Bugun men rasman sizlarga boshliq bo‘lish majburiyatida qolgan ekanman, yana hech ahamiyati yo‘qdir. (A. Qodiriy). 4. Elmurod ko‘rsatilgan sinfga kirdi-da, qatorlashgan partalardan o‘ziga joy qidirdi. 5. Sen o‘tira tur, ketib qolma, men tez kelaman. 6. Men o‘zimning mehmonimni ko‘rpachaga o‘tqazmoqchiman. O‘qituvchi o‘quvchilarga kishilik olmoshlarini ayrim, o‘zlik olmoshini ayrim yozib borishlarini aytadi. O‘qituvchi terma gaplarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar kishilik olmoshlari bilan bir ustunga, o‘zlik olmoshini ikkinchi ustunga yozib boradilar. Diktant tugagach ikki o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshirib ko‘riladi.
Namuna:
1. Men, ular, men sizlarga, sen, men, men II. O‘z, o‘ziga, o‘zimning. Saylanma diktantdan so‘ng kichik insho o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga “Bizning maktabimiz” mavzuida kichik insho yozishni topshiradi., o‘qituvchi o‘quvchilarga maktabimiz haqida gapirishni aytadi. Ikki o‘quvchini eshitgach insho yozishga da`vat etadi. O‘quvchilar kichik insho yozishga kirishadilar. Ikki o‘quvchining inshosi o‘qitish orqali tekshiriladi. O‘quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz. Qarshi shahridagi 21 -maktabning 7-sinf o‘quvchisi Ikrom G‘aniyevning inshosi. Bizning maktabimiz. Bizning maktabimiz “Istiqlol” san’at saroyi yonida joylashgan. Maktabimiz S. Ayniy nomida, to‘rt qavatdan iborat. Maktabda har bir fan uchun xona ajratilgan. Sinf xonalarimiz jihozlangan. Boshlang‘ich sinflar ikkinchi qavatda, yuqori sinflar uchinchi va to‘rtinchi qavatda o‘qiydi. Maktabimizda majlis zali, sport zali, kutubxona va oshxona bor. Katta tanaffusda oshxonada ovqatlanamiz. Kutubxonadan kitoblar olib o‘qiymiz. So‘roq olmoshlarini o‘rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga darslikda so‘roq olmoshlariga berilgan qoidalarni o‘qishni topshiradi. Bir necha daqiqadan so‘ng quyidagi savollar o‘rtaga tashlanib, ularga o‘quvchilardan javob kutiladi:
O‘qituvchi: Kim, nima olmoshlari qanday qo‘llaniladi va nima bilan turlanadi. O‘quvchi: kim, nima olmoshlari birlik va ko‘plikda qo‘llaniladi, egalik va kishilik bilan turlanadi. O‘qituvchi qanday, qaysi, qanaqa olmoshlari haqida gariping va misol keltiring. O‘quvchi: Qanqay, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi. Qanaqa qalam oldingiz? Qaysi kitob seniki? O‘qituvchi qancha, nechta, necha, nechanchi olmoshlari nima uchun ishlatiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini eshitib, so‘roq olmoshlarining gapdagi vazifalarini eshitish bilan o‘quvchilar javobini to‘ldiradi. So‘roq olmoshlarini mustahkamlash o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadidda mustaqil ish o‘tkaziladi.
Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Siz nimani o‘ylayapsiz? (A. Muxtor). 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz? Nega muncha kech qolding? (Oybek) 4. “Ertalab qayoqqa ketayotgan eding. Sheraliga qanday topshiriq berilgan edi?”-so‘radi Shodmon aka. (Y. Shukurov). 5. Qayoqdan bu qadar uyatchan bo‘lib qolding? (A. Qodiriy) 6. Nima qilish kerak? 7. Qanday kirib qoldim boshi berk bu ko‘chaga? (O‘tkir Hoshimov) O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, so‘roq olmoshlarini topib tagiga chizadilar. Ish bajarilgach, ikki o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Siz nimani o‘ylayapsiz? 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz? Mustaqil ish bajarilgach, o‘quvchilarga mashq ishlash topshiriladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tafsiya etiladi. 1. Siz qishki ta`tilda qaysiy badiiy asarlarni o‘qidingiz. 2. Siz shamolning qachon to‘xtashini bilishni istaysiz. 3. Kim kuchini ayamasdan mehnat qilsa to‘kkan teri rohat, vaqti chog‘ bo‘ladi? 4. Qudrat Valining oldiga qanday yugurib kelganini bilmay qoldi. 5. Ot nimadan hurkdi va yosh chavondoz gup etib yumshoq qum ustiga tushdi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o‘qiydilar, olmoshlarni aniqlab, ma`no turini va gapdagi vazifasini aytadilar.
Namuna:
1. Sizlar qishki ta’tilda qaysi badiiy asarlarni o‘qidinglar? 2. Siz shamolning qachon to‘xtashini bilishni istaysiz? O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘roq olmoshlarini qatnashtirib to‘rtta gap tuzish, bu olmoshlarning ma`nosi va gapdagi vazifasini aniqlab, ustiga yozishni topshiradi. O‘quvchilar o‘qituvchining bu topshirig‘ini bajaradilar.
Namuna:
1. Kecha qanday kino ko‘rdingiz? 2. Siz qaysi shoirlarning asarlarini o‘qiysiz? Ijodiy mashqdan so‘ng, ona tili darsligidagi 46-mashqni ishlash topshiriladi. O‘quvchilar navbat bilan mashq topshirig‘iga ko‘ra so‘roq ma`nosi qaysi so‘z bilan ifodalanayotganligini aniqlaydilar. So‘roq ma`noli so‘zni gap oxirida qavsda berilgan so‘z bilan almashtirib gaplarni o‘qiydilar.
Namuna:
1. Sinfimiz komandasi musobaqada g‘olib chiqdi.
2. Dangasalik kishiga ko‘p ziyon keltiradi
3. Halollik odamning obro‘yini oshiradi.
Belgilash olmoshlarini o‘rgatishni darslikda bu haqda berilgan qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi belgilash olmoshlarining toifasini aytib, misollar keltiradi. So‘ngra belgilash olmoshlari (hamma, barcha, bari, jami, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi) ni doskaga yozib hamma, barcha olmoshlari ko‘plikni anglatishi, belgilash olmoshlari egalik va kishilik shakllarini olishi, olmoshlarni gapdagi vazifasini eslatadi, misollar keltiradi.
Belgilash olmoshlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Sizning taklifingiz go‘yo hammaning nomidan bo‘ladi. (Oybek) 2. Bu kitoblarning barini o‘qib chiqqanman. 3. Xadicha xola, hamma qishloq qariyalaridek , keksalikka so‘z bermaydigan g‘ayratli, tetik bir shiringina sharcha bo‘lishi lozim. (Oybek) 5. Bog‘chamizdagi gullarning bari ochildi. O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradigan, belgilash olmoshlarini topib tagiga chizadi.
Namuna:
1. Sizning taklifingiz go‘yo hammaning nomida bo‘ladi. 2. Bu kitoblarning barini o‘qib chiqqanman. 3. Har bir qishloq shiringina shaharcha bo‘lishi lozim. Mustaqil ishdan so‘ng ta`limiy diktant bo‘lishi aytiladi. Diktant uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin. Siz ertaga yomg‘ir yog‘ish-yog‘masligini, shamolning qachon to‘xtashini bilishni istaysiz. Siz kechasi harorat necha daraja bo‘lar ekan deb qiziqasiz. Ob-havoni tekshiruvchi olimlar meteorologlar burlarning hammasini bila oladilar. Buning uchun ular ob-havoning qayerda qandayligidan xabardor bo‘lib turadilar. O‘qituvchi matni o‘qib eshittiradi. So‘ngra gaplarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilarga oilmoshlarni topib, ma`no turiga qarab ajratib yozib borishni aytadi. Diktant tugagach, o‘quvchilarga o‘qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Siz, ular. 2. Buning, bular. 3. Qachon, necha, qayerda, qandayligidan. 4. Hammasini. Diktantdan so‘ng ijodiy mashq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga belgilash olmoshlari ishtirokida to‘rta gap tuzishni topshiradi. O‘quvchilar belgilash olmoshlarini qatnashtirib misollar yozadilar.
Namuna:
1. Akasinng furajkasini kiyib oldi: - aka endi hammaning akasi ham keladi – a? 2. Hasharga o‘quvchilarning hammasi qatnashdi. 3. Mana endi hammayoq qordan tozalandi. 4. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir. Har kimki jafo qilsa, javob topqusidir. Ijodiy mashqdan so‘ng kichik bayon o‘tkaziladi. Bayon uchun “Hammamiz kuylaymiz” matnidan foydalanish tavsiya etiladi. “Hammamiz kuylaymiz” Ashula har bir odamning hayot yo‘ldoshidir. Ashula yashash va ishlashga yordam beradi, u kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o‘zini qanot paydo qilgandek his etadi. Diktantdan so‘ng ijodiy mashq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga belgilash olmoshlari ishtirokida 4 ta gap tuzishni topshiradi o‘quvchilar belgilash olmoshlarini qatnashtirib misollar yozadilar.
Namuna:
1.Akasining furajkasini kiyib oldi: - aka endi hammaning akasi ham keladi-a? 2. Hasharga o‘quvchilarning hamasini qastnashadi. 3. Mana endi hammayoq qordan tozalandi. 4. Har kimki vafo qilsa, jafo topqusidir. Ijodiy mashqdan so‘ng kichik bayon o‘tkaziladi.
Bayon uchun «Hammamiz kuylaymiz» matnida foydalanish tavsiya etiladi. Hammamiz kuylaymiz. Ashula har bir odamning hayot yo‘ldoshidir Ashula yashash ishlashga yordam beradi, u kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o‘zida qanot paydo bo‘lgandek his etadi. Biz kuylaymiz. Bizning bog‘ va maydonlarimizda, saroy va madaniyat saroylarimizda, dala va qurilishlarimizda, korxona va ko‘chalarimizda millionmillion kishilarning ovozi cheksiz qudrat bilan yangraydi. Bu ovozni do‘stlar eshitib shodlanardilar, dushmanlar eshitib qon yutadilar. Biz go‘zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangi yo‘lda quvnab-quvnab kuylaymiz. Ana shu aytiladigan sayrgohlarga keksalar nabiralarni etaklab, onalar gudaklarini yasantirib, yoshlar bir –birlari bilan qo‘l ushlashib chiqadilar. Hammamiz kuylaymiz. Shuning uchun ham kuylaymizki, sevinchimiz yuragimizga sig‘maydi. O‘qituvchi “Hammamiz kuylaymiz” matnini bir o‘quvchini o‘qitadi, matn mazmunini so‘zlab berishni o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar matn mazmunini gapirganlaridan so‘ng kichik bayonni yozishga kirishadilar. Bayon yozilgach, matndagi olmoshlarini belgilash olmoshlarini aniqlab, tagiga chizadilar, ustiga olmosh turlarini yozadilar. Ish tugagach ikki o‘quvchining bayoni o‘qitish orqali tekshirib ko‘riladi. O‘quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisi Yusupov Boburning bayoni. Hammamiz kuylaymiz. Biz ashulani sevamiz. Ashula har bir odamning hayot yo‘ldoshidir. Ashula menga yashashga, mustaqilligimizni mustahkamlashga va yaxshi o‘qishga yordam beradi. Ashula aytiladigan joylarga keksalar nabiralarni yetaklab onalar esa go‘daklarini yasantirib chiqishadi. Biz maktablarda, sayrgohlarga, bog‘chalarga har xil sayrlarda va mustaqillik maydoniga ashula aytamiz va raqslarga tushamiz. Buni ko‘rgan do‘stlarimiz sevinishadi, dushmanlarimiz esa qon yutadilar. Bizning go‘zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Qo‘qon, Sirdaryo va Namanganda ham ashulani sevib kuylaydilar. Qarshi shahridagi 21 -maktabning 7-sinf o‘quvchisi Sharipova Irodaninbg bayoni. Hammamiz kuylaymiz. Ashula har bir odamning hayot yo‘ldoshidir. Ashula yashash va ishlashga yordam beradi, kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o‘zini yengil xis etadi. Respublikamizning dala va qurilishlarida, madaniyat saroylarida, korxona va maktablarda, mustaqillik maydonida million- million kishilarning ovozlari yangraydi. Bu ovozni eshitgan do‘stlar quvonadi, dushmanlar esa qon yutadi. Biz go‘zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Bekobod, Yangi yo‘l, Ohangaron, Qo‘qon, Namangan, Andijonda quvnab-quvnab kuylaymiz keksalar nabiralarini yana yetaklab, onalar gudaklarini yasantirib chiqadilar biz shuning uchun kuylaydi, sevinchimiz ichimizga sig‘maydi. Gumon olmoshlarini o‘rganishni darslikda ularga berilgan qoidalrni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi gumon olmoshlariga misol keltirib tushuntiradi, so‘ngra gumon olmoshlarini birlik va ko‘plikda kelishi va kelishiklar bilan turlanishi, gapdagi vazifasini eslatadi. Gumon olmoshlarining mustahkamlash, o‘quvchilarga og‘zaki yozma nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish topshiriladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Otliqlar orasidan kimdir ma`nodor kulib qo‘ydi:
2. Qorong‘ida nimadir yaltirab ko‘rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko‘rdi.
4. Qandaydir bolalar yugurib chiqdi
5. Allakim eshikni taqillatdi.
O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, olmoshlarni topib, tagiga chizadilar. Ish bajarilgach, ikki uch o‘quvchining ishi tekshirildi.
Namuna :
1. Otliqlar orasida kimdir ma`nodor kulib qo‘ydi.
2. Qorong‘ida nimadir yaltirab ko‘rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko‘rdi.
4. Qandaydir bollalar yugirib chiqdi
Mustaqil ishdan so‘ng ta’limiy diktant bo‘ladi. Diktant uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi:
1. So‘ngi pushaymon o‘zingga dushman.
2. Shu kunlarda g‘oyat quvonchli voqealarning guvohi bo‘lmoqdamiz.
3. Maktabimiz barcha o‘quvchilari o‘z otalig‘imizdagi jamoa xo‘jaligiga
yordam beradilar.
4. Bu hafta sinifimizda hech kim dars qoldirmadi.
5. Allakim gandiraklaydi allakim kuladi.
6. Hamma uyquda, kecha oydin edi.
7. O‘qituvchi terma gaplarni o‘qib eshitiradi. O‘quvchilarga gaplarni
yozish jarayonida olmoshlarni topib, uning yoniga qavsda turini yozib
borishni aytadi. O‘qituvchi terma gaplarni o’qib beradi. O‘quvchilar
topshiriqni bajardilar.
Namuna:
1.So‘ngi pushaymon o‘zingga (o‘zlik olmoshi)dushman
2.Maktabimizning barcha (belgilash olmoshi) o‘quvchilari o‘z (o‘zlik olmoshi) otalig‘imizdagi jamoa xo‘jaligiga yordam beradilar.
3.Bu (ko‘rsatish olmoshi ) hafta sinifimizda hech kim (bo‘lishsizlik olmoshi) dars qoldirmadi.
1-kartochka Gapni o‘qing. Olmoshlarni aniqlab qaysi so‘z bilan bog‘langanligini ayting. A. Navoiy “Xamsa” dostonini nechanchi yilda yozishni boshladi va nechanchi yilda tugalladi?
2- kartochka Gapni o‘qing. Olmoshlarni aniqlab, gapda qanday vazifani bajarganligini ayting, odamlarning o‘zingizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, ularga shunday muomala qilingiz. (Arastu).
3- kartochka Gapni o‘qing. Olmoshlarni aniqlab, qaysi so‘z bilan aniqlab qaysi so‘z bilan bog‘langanligini ayting.
Sen o‘n bo‘z bola topib bor, biz ularga shu otlarga mingizib, o‘zimiz bilan birga olib ketamiz.
4- Kartochka Gapni o‘qing, olmoshlarni aniqlab, gapda qanday vazifani
bajarganligini ayting. O‘z xalqining tili uchun kurash vazifasini tarix bizning buyuk A.Navoiyga yukladi.
Kartochkalar ishlangach, mashq ishlanadi. Buning uchun darslikdagi 59- mashqdan foydalaninsh tavsiya etiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o‘qiydilar, ajratib ko‘rsatilgan gumon olmoshlarining hosil bo‘lishi va ma`nolarini izohlaydilar.
Namuna:
1. Allakimdan (gumon olmoshi, so‘roq olmoshiga ”alla” va ”dan” qo‘shimchasini qo‘shish bilan ) eshitgan qanaqadir (gumon olmoshi so‘roq olmoshiga ”dir” qo‘shimchasini qo‘shish bilan) noaniq gapni surushtirmay-netmay hammaga aytavermang 2. Shu vaqtda kimdir (gumon olmoshi so‘roq olmoshiga ”dir” qo‘shimchasi bilan qo‘shish bilan) birdasta shamni yoqib, baland ko‘taradi.
Bo‘lishsizlik olmoshlarini o‘rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘qiuvchilarga darslikdagi materiall bilan tanishni topshiradi bir necha daqiqalardan so‘ng quyidagi savollarni o‘rtaga tashlaydi va ularga javob kutadi.
- Bo‘lishsizlik olmoshlari qaysi so‘z yordamida hosil bo‘ladi?
- Bo‘lishsizlik ”Hech” so‘zi bilan hosil bo‘ladi.
- Bo‘lishsizlik olmoshlari nimalar bilan turlanadi?
- Bo‘lishsiz olmoshlari egalik va kishilik bilan turlanadi
- O‘qituvchi va o‘quvchilar javobini to‘ldirib, hech so‘zining ayrim
yozilishida eslatadi.
Bo‘lishsizlik olmoshlarini myustahkkamlash o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadida ta`limiy diktant o‘tqaziladi.Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1.Surayyo soat oltida ko‘chaga chiqdi, ... yo‘q edi
2.... U Turg‘unga bir nima demoqchi bo‘ldi, lekin... demadi.
3.Uyda Unsundan bo‘lak ... yo‘q edi
4.O‘rtancha Botirning navbatida ... hosil bo‘lmadi.
5.Kenja Botir tong otguncha poyloqchilik qilibdi, ... ko‘rmabti.
6.O‘tirganlarning ... o‘rnidan qo‘zg‘almadi.(hech kim hech narsani, hech nima, hech qanday, hech biri).
O‘qituvchi terma gaplarni o‘qib eshittiradi, o‘quvchilarga qavsda ichida berilgan olmoshlardan mosini qo‘yib, nuqtalar o‘rniga qo‘yib yozib borishni aytadi. O‘qituvchi terma gaplarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mos olmoshlarini yozib boriadilar. Diktant tugagach, bir necha o‘quvchilarining ishi o‘qitiladi, kamchiliklari tuzatiladi.
Namuna:
1. Surayyo soat oltida ko‘chaga chiqdi, ... yo‘q edi
2... U Turg‘unga bir nima demoqchi bo‘ldi, lekin... demadi.
3. Uyda Unsundan bo‘lak ... yo‘q edi
4. O‘rtancha Botirning navbatida ... hosil bo‘lmadi.
5 Kenja Botir tong otguncha poyloqchilik qilibdi, ... ko‘rmabti.
6. O‘tirganlarning ... o‘rnidan qo‘zg‘almadi.(hecgh kim hech narsani, hech
nima, hech qanday, hech biri).
Ta`limiy diktantdan so‘ng mustaqil ish o‘tkaziladi buning uchun quyidagi terma gaplarda foydalanish tavsiya etilad.
1. Hech kimning beli ham og‘rimadi, yuragiga hech narsa sig‘maydigan vaqt
ham bo‘lmadi.
2. Hech narsa sizga to‘sqinlik qila olmadi.
3. Chodirda hech kim yo‘q edi.
4. Yo‘lchi indamasdan xo‘jayinnig dargohidan chiqib ketdi
5. Bu haqda hech kimga, hatto akasiga ham birni demagan ekan.
6. Xo‘p, hozircha hech kimga og‘zingni ochma. 7. Hech kim bilmasin, sen
bilu, men bilay.
O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, bo‘lishsizlik olmoshlarini topib tagiga chizadilar. Mustaqil ish ikki-uch o‘quvchiga o‘qitish orqali tekshiriladi.