II BOB. 7-SINF ONA TILI DARSLIGIDA BERILGAN MAVZULAR BILAN ISHLASH. FE’L SO‘Z TURKUMI
II.1. Fe’l so‘z turkumini va so‘z-gaplarni o‘rgatishda nutq o‘stirish
Fe’l mayllari (mayl shakllari) ni o‘rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga mayl shakllari: buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar mayliga bo‘lib, orzu- istakni, shart va xabar ma’nolarini bildirishni aytadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi buyruq istak mayliga doir jadvalni taxtaga ilib buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos ma’nolarini bildirishi, 1 -2-3- shaxs turli qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lishini, ularning birlik va ko‘plikdagi farqini jadval asosida bayon qilinadi.
Buyruq-istak maylini mustahkamlash, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun ona tili darsligidagi mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar mashqdagi birinchi topshiriqqa asosan nuqtalar o‘rniga –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ko‘chiradilar. Ish bajarilgach, o‘quvchilarga o‘qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men sizga bir voqeani so‘zlab beray.
2. Rahimjon bu masalani yechsin. Sen esa mana bu misolni ishlagin. O‘quvchilar mashqdagi uchinchi topshiriqqa asosan –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo‘shimchalari yordamida bormoq, kelmoq fe’llari tuslaydilar.
Mustaqil ishdan so‘ng darslikdagi mashq ishlanadi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o‘qiydilar, otkesmlarning buyruq mayli qanday yasalishini izohlaydilar. Mashqdan so‘ng ijodiy ish o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga buyruq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirish to‘rtta gap yozishni topshiradi. Bu topshiriqni o‘quvchilar bajaradilar.
Namuna:
1. Mashg‘ulotlarga kechikma. 2. Tirishqoqlik bilan aql. 3. Bilimlarni qunt bilan egalla ijodiy ishdan so‘ng kichik bayon o‘tkaziladi. Bayon uchun “ Alisher Navoiy” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.
II.2. Fe’l mayllari va zamon shakllarini o‘rgatish jarayonida nutq o‘stirish.
Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi va talaffuzini o‘rgatishni darslikda bu qo‘shimchalarining imlosi va talaffuziga doir materialni o‘quvchilarga tushuntirish bilan boshlash mumkin. O‘qituvchi –b, ib, -gan, - a, -y qo‘shimchalari haqida ma’lumot beradi. Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi va talaffuzini mustahkamlash, o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun darslikdagi 175-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar mashqdagi topshiriqqa asosan terma gaplarni o‘qib, qavsda berilgan qo‘shimchali o‘tgan zamon fe’lining bo‘lishsiz shakillarini bo‘lishli shakli bilan almashtirib ko‘chiradilar, ularning mazmun farqini tushuntiradilar.
Namuna:
1. Mehri bu kitobni o‘qimagan. 2.Saidqosim bu yo‘ldan ko‘p o‘tgan emas. Mustaqil ishdan so‘ng ijodiy ish topshiriladi. Bunda darslikdagi 117- mashqdan foydalanish mumkin. O‘quvchilar mashq shartiga ko‘ra yasamoq, bukmoq, qazimoq fe’llaridan –yap qo‘shimchali hozirgi zamon shakli hosil qilib, ularni tuslaydilar.
Namuna:
Birlik:
1. Shaxs. Yasayapman, bukyapman, qaziyapman.
2. Shaxs. Yasayapsan, bukyapsan, qaziyapsan.
3. Shaxs.Yasayapti, bukyapti, qaziyapti.
Ko‘plik:
1. Shaxs. Yasayapmiz, bukyapmiz, qaziyapmiz.
2. Shaxs. Yasayapsiz, bukyapsiz, qaziyapsiz.
3. Shaxs. Yasayaptilar, bukyaptilar, qaziyaptilar.
II.3. So‘z-gaplarni o‘rgatish jarayonida nutq o‘stirish.
So‘z-gaplarni o‘rgatishni darslikda unga berilgan materialni tushuntirish bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi so‘z-gaplarni ma’no va vazifasiga ko‘ra: modal so‘zlar, undov so‘zlar, tasdiq va inkor so‘zlar, taklif so;zlarga bo‘linishini aytadi. Shundan so‘ng, modal so‘zlarni o‘rgatishga doir materialni bayon qila boshlaydi.
O‘qituvchi o‘qituvchilarga modal so‘zlar so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati bildirishni, ishonch taxmin yoki gumonni ifodalab kelishini, gap tarkibida boshqa gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratib yozilishini aytadi. Modal so‘zlarni mustahkamlash, o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida 218-mashqni ishlash topshirildi. O‘quvchilar terma gaplarni navbat bilan o‘quvchilar berilgan gap juftlari tartib ma’no jihatdan modal so‘zlar bilan farqlanishi aytadilar. Mashq ishlangach, mustaqil ish o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. O‘qish, o‘rganish, ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga yetkazar (Oybek). 2.Ertaga, albatta, biznikiga boring, bafurja gaplashamiz. (S.Ahmad) 3. Afsuski, mashina haydashni bilmayman (M. Muhmedov). 4. Qayumovning ko‘ngli taskin topdi shekilli, beixtiyor ashula qila boshladi. (“Mushtum”). 5. Men bundan keyin kasallik, umuman, meditsina to‘g‘risida gapirmayman. (A. Qahhor).
O‘quvchilar terma gaplarni ko‘chiradilar, modal so‘zlarni aniqlab, tagiga chizadilar. Ish bajarilgach o‘quvchilarga o‘qitish orqali tekshiriladi. Qishki ta’tilda Mana maktab ham yakunlab qoldi. Biz qishki ta`tilda mazza qilib dam oldik. Ertalabdan qor yog‘ar edi. Tarnovlardan sumalaklar osilib turibdi. Hammayoq xuddi gilam tashlab qo‘ygandek oppoq edi.Qor tizza bo‘yi bilan barovar edi. Men issiq kiyinib o‘rtoqlarim bilan qorbo‘ron o‘ynadim, keyin sirpanchiq uchdik, so‘ng uyga, kirib, qo‘llarimizni batareyaga qo‘yib isitib oldik. Ertasi kuni biz oilamiz bilan Chimyonga bordik. U yerda konki uchdik, maza qilib dam olib qaytdik. Ta`til tugagach, maktabga borib, o‘qituvchimizga hammasini gapirib berdik.
“Tasdiq va inkor so‘z - gaplar’’ mavzusini o‘rgatishni darslikdagi materialni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o‘qituvchi quyidagi material bilan o‘quvchilarni tanishtirdi. Tasdiq va inkor so‘z-gaplar gap tarkibida keladi, ular so‘zlovchining aytilayotgan fikrga munosabatini, fikrning tasdiq yoki inkor etilishini bildiradi. Tasdiq va inkor so‘zlar gap boshida kelib, gap bo‘laklarida maxsus pauza bilan ajratib aytiladi. Bu so‘zlarga ha, yo‘q, xo‘p, xo‘sh, kabi so‘zlarni kiritish mumkin.
- Xo‘p qaysi bo‘limga bor deysiz ? – Oltinchiga. – Yo‘q, Rahimanikiga tushaman.
- Shu kartaga tushasanmi? – Ha, shunga o‘quvchilar keladi hozir H.No‘mon.
Tasdiq va inkor gap o‘rnida ham kelishi mumkin.
- Hikoyani o‘qidingmi?
- Ha
- She`r yodladingmi?
- Yo‘q
Tasdiq va inkor so‘zlarni mustahkamlash, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish maqsadida mashq ishlandi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi, nima qilobsan? 2.Yo‘q, men danagini derazadan tashlab yuborganman. 3. Xo‘p qaysi bo‘limga bor deysiz? Yo‘q Rahimanikiga o‘taman. 4.Xo‘p, suvga tushsa ko‘rma, ariqni yoqalab yur./Oybek/. 5.Xo‘sh, men ertaga boraman. O‘quvchilar o‘qtuvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o‘qib, gap tarkibidagi tasdiq va inkor so‘zlarni aniqlab aytilar. Mashq ishlangach, ijodiy ish bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga tasdiq va inkor so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzishni topshiradi. O‘quvchilar tasdiq va inkor so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzadilar. Ikki-uch o‘quvchining ishi o‘qitish orqali tekshiriladi.
O‘quv jrayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyoti hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko‘payib ketgan. Ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, o‘qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublarning foydalanish uslubiyatini keltiramiz.
“Zinama – zina” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
“Charxpalak” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda bayon eta olish, o‘zlarini
baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan
qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
“Bumerang” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi. O‘quv jarayoni mobaynida tarqatma talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat – munozara va turli savollar orqali tarqatma materillardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va aholash. O‘quv jarayoni mobaynida har bir talaba tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkon yaratish.
O‘qituvchilar ish tarjibasidan ushbu texnologiyani qo‘llagan o‘qituvchilar o‘z o‘quv predmetlari mavzusi yoki erkin mavzu asosida quyidagi mazmundagi matnlardan foydalangan holda o‘qitish va tarbiyalash jarayonini tashkil etishgan. Masalan,
1.Mavzu: “Gullar va ularning tarixi, hayotdagi ahamiyati.
Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Gullar qachondan beri o‘stiriladi?
2-guruhga – Ayrim xalqlarda gullarning ahamiyati.
3-guruhga – Atirgullarning ramziy ma’nosi haqida?
4-guruhga – Misrliklar uchun nilufar guli nima ma’noni anglatadi?
2. Mavzu: “Sharqona muomala odobi”
Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Ustozlarni hurmatlash bayoni
2-guruhga – Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi muomala odobi
3-guruhga – Qo’ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi muomala odobi
4-guruhga – Do‘stlar o‘rtasidagi muomala odobi
“Muloqot” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi. Tanlangan mavzu, muammo asosida o’quvchilarning fiklarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘gri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqotga kirishish va muloqot qila olishga o‘rgatish.
“Bahslahsuv” texnologiyasi
Talabalarning o‘quv guruhlarida ularning o‘zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir – birlariga tezlik bilan ko‘nikishlari yoki o‘zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari uchun ba’zida ular o‘rtasida bahslar tashkil etib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday bahslar talabalarni o‘z fikrlarini charxlab olishga, hayotga va turli muommolarga bo‘lgan munosabatlarni aniqlab olishga katta yordam beradi. Bahs mavzularni talabalarning o‘zlari tanlashlari va taklif etishlari mumkin.
Biz quyida bahslar uchun ba’zi bir mavzularni e’tiboringizga havola etamiz:
- Hozirgi zamon komil insoni deb kimni aytsa bo‘ladi?
- Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo‘ladi?
- Sen qanday yashayapsan?
- Hayoting qiziqarlimi?
- Haqiqiy do‘st qanday bo‘lishi kerak?
- Mening xarakterim shunday...
- Beparvolik qayerdan kelib chiqadi?
- Moda va men
- Bepul narsaning bahosi qancha?
- Nima savob – u, nima gunoh?
Bahslarning samarali o‘tishi tanlangan mavzuni muhokama qilish uchun oldindan tayyorlangan savollarga bog‘liqdir.
Ba’zi bir mavzudagi bahslarni o‘tkazish uchun taxminiy savollarni keltiramiz:
Mavzu: Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo‘ladi?
Savollar:
- Madaniyat nima?
- Axloqiy madaniyat nima?
- Inson madaniyati nimalardan tashkil topadi?
- Madaniyatli insonga tegishli quyidagi fazilatlardan qaysi birini
birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardingiz (xushmuomalalik, topqirlik,
ma’lumotlilik, notiqlik)?
- Barcha ma’lumotli insonlarni madaniyatli deb atasa bo‘ladimi?
- Insonlarni so‘zlashuvi, nutqiga qarab, ularning madaniyatli
ekanliklarini aniqlasa bo‘ladimi?
- Madaniyatli bo‘lish uchun nima qilish kerak?
- Kimlarni madaniyatli desa bo‘ladi?
- Siz o‘zingizni madaniyatli hisoblaysizmi?
- Shaxs sifati ko‘rinishida axloq-odobning o‘rni qanday?
- Qanday qilib madaniyatli bo‘lish mumkin?
Pedagogik jarayonining samarali va natijali bo‘lishini ta’minlaydigan interfaol uslublar
“Interfaol” – inglizcha so‘z bo‘lib, “interast”: “inter” – “o‘zaro” va “ast” – “harakat qilmoq”, ularni umumlashtirganda esa, “Interfaol” - “o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
Interaction – hamkorlikni (boshqalar bilan) bildiradi. O‘zaro harakat turlari: o‘qituvchi – talaba (yoki o‘quvchi) ; talaba (yoki o‘quvchi) - talaba (yoki o‘quvchi); o‘qituvchi - talaba (yoki o‘quvchi)lar; talaba (yoki o‘quvchi)lar; talaba (yoki o‘quvchi)lar - talaba (yoki o‘quvchi)lar; talaba (yoki o‘quvchi) - talaba (yoki o‘quvchi)lar; talaba (yoki o‘quvchi)lar – o‘qituvchi o‘qitishning interfaol uslublari:
1. Kognitiv (cognito – lotincha so‘z bo‘lib, “ bilim”, “bilish” ma’nosini anglatadi) – eng avvalo, talaba (yoki o‘quvchi)larning tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan uslubdir.
2. Eksperimental talaba (yoki o‘quvchi)larning “jonli”, shaxsiy tajriba orttirishlariga yo‘naltirilgan.
3. Rolli o‘yinlar, modellashtirish hayotiy vaziyatlarni modellashtirish hamda ma’lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab ko‘rishga yo‘naltirilgan (uslub jamoa tafakkuri, muhokama bilan bog‘liq, ammo muhokama rolli o‘yin tahlili asosida olib boriladi).
4. Fasilitatsiya ( inglizcha fasilitati – osonlashtirish) – guruh ishini tashkil etish, ko‘pincha aniq, haqiqiy, amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq, aniq qaror qabul qilish bo‘yicha muhokama, faoliyatning haqiqiy rajasini ishlab chiqish, haqiqiy, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan.
Qabul qilish vositalari (kanallari) qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri ko‘rish, eshitish, his-tuyg‘udir
Vizual – ko‘rish orqali qabul qilinadigan axborot (obrazlar, rasm, film) Audio – eshitish orqali qabul qilinadigan axborot (nutq, shamolning hushtagi, tomchilayotgan suv, ohang, tembr, ovoz balandligi).
Kinestetik (grekcha “kines” – “harakat”) – his qilish orqali qabul qilinadigan axborot (hid, ta’m) uslublar
1. Aqliy hujum
2. Breynstorming
3. Breynrayting
4. Tarmoqlar (klaster)
5. Bahs – munozara (dicussion method)
6. Muzyorar
7. Imen (ariz) – Imen (triz)
8. Yumaloqlangan qor
9. 6x6x6
10.Kungaboqar
11. Olmos
12.Akvarium
13. Taqdimot
14. Keys-stadi
15. Suhbat
16. Suqrot suhbati
Nutq madaniyati
1. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘riligi
2. So‘z boyligi
3. Nutqning ifodaliligi va his-tuyg‘u bilan sug‘orilganligi
4. Nutq texnikasi:
- nutqning jarangdorligi, masofasi;
- talaffuzning va ovozning mayinligi;
- ovoz kuchining to‘g‘ri tanlanishi;
- nutq tezligining to‘g‘ri tanlanganligi;
- nutqning talaffuz tarzi, so‘zlarning aniq, ravshan aytilishi;
- nutq gigiyenasiga rioya qilinishi va shu kabilar.
XULOSA
Umumta`lim maktablarida ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga, tafakkurini rivojlantirishga alohida ahamiyati berish talab etilmoqda. Shu kunga qadar o‘quvchilar so‘z boyligi oshirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga doir besh- olti nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, xolos. Respublikiamizda 1969-yilda nutq madaniyatiga bag‘ishlangan konfrensiya o‘tkazilgan bo‘lsa ham, bu anjumanda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir nazariya masalalar muhokama qilinib,konfrensiya materialini ilmiy to‘plam sifatida nashr qilish bilan kifoyalanilgan. Hozirgi kunga qadar maktab o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga bag‘ishlangan sanoqli metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratilgan, xolos. Shu sababli Ona tili « darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish» mavzusida metodik qo‘llanma yaratishga kirishdik.
Metodik qo‘llanma nutq madaniyati va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga bag‘ishlangan materiallardan foydalandik, ularga munosabatini bildirdik. Qo‘llanma ona tili darslikning « Morfologiya va imlo » bo‘limining «Olmosh uning ma`no turlari », « Yordamchi turlar »: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama , ularningma`no turlari « Fe`l uning zamonlari, mayllari », « Zamon shakli », « Zamon shakli », « Zamon shakli ma`nolari » , « Ot-kesimi zamon shakli » , « Kesimlik so‘zlari» « So‘z gaplar » - « Modal so‘z –gaplar » « Undov so‘z- gaplar » , « Tasdiq va inkor so‘zlarni » o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, tafakkurini rivojlantirishni turli metod va usullarda darslik ustida ishlash, savol va javob, o‘qituvchining bayoni, suhbat usullarida bayon qildik. Tadqiqot ishida olmosh, yordamchi so‘zlar, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, fe`l, otkesim zamon shakllari, kesimlik so‘zlar, modal so‘z gaplari, undov so‘z gaplari, tasdiq va inkor so‘z gaplarga doir materiallarni mustahkamlash, o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish, og‘zaki va yozma mashqlar, og‘zaki bayon, ijodiy ish, ta`limiy diktant, kichik bayon va kichik insho kabi ish turlaridan foydalandik. Metodik qo‘llanma 7-sinfda ona tili o‘qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shuningdek, darsliklarda o’quvchilarga berilgan uyga vazifalar va boshqa topshiriqlardan qochish zarur. O’quvchilarning nutqiy salohiyatini oshirishda fanlararo integratsiyadan foydalanish ham yetakchi samara beradi. Bunda o’qituvchi ona tili (adabiyot) darslarini o’qitish jarayonida boshqa fanlardan misol keltirishi mumkin. Masalan, 7-sinf ona tili darsida “Son mustaqil so’z turkumini takrorlash” mavzusida o’qituvchi matematika faniga murojaat qilishi mumkin yoki “Ot mustaqil so’z turkumi” mavzusida geografiya va shu kabi fanlardan misol keltirishi, joy nomlarini tushuntirishda keng foydalanish mumkin. Bu esa o’quvchilarni parallel ravishda fikrlashlarini va o’z fikrlarini og’zaki va yozma nutqda ifodalashlariga katta yordam beradi. O’z navbatida, o’quvchilar kelajakda har tomonlama fikrlashi va o’z fikrini aniq ravon ifoda etishida bunday darslarning o’rni juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |