EXCEl dasturining menyular satri.
EXCEL dasturi oynasining rasmda ko’rsatilgan ikkinchi satriga menyular satri deyiladi. Menyular satri tarkibiga, yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan 9 ta («Fayl», «Pravka», «Vid», «Vstavka», «Format», «Servis», «Dannqe», «Okno», «Spravka») menyu kiradi. Bu menyular haqida keyingi mavzularda batafsil to’xtalamiz.
EXCEL muharririning standart vositalar paneli.
EXCEL dasturi oynasining rasmda ko’rsatilgan uchinchi satriga
standart vositalar paneli deyiladi. Bu satr, o’zingiz ko’rib turgandek asosan piktogrammalardan iborat bo’lib, ularning har biri mos ravishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
yangi ish kitobini yaratish;
mavjud bo’lgan fayllarni ochish;
joriy hujjatni xotiraga olish;
ma’lumotni ko’rsatilgan manzilga jo’natish;
joriy hujjatni chop etish;
ma’lumotlarni chop etishdan avval ko’rish;
matn imlosini tekshirish;
ajratilgan fragmentni qirqib olish;
ajratilgan fragmentdan nusxa olish;
nusxalash natijasida xotiraga olingan fragmentni joylash-tirish;
format nusxasini olish;
oxirgi buyruqni bekor qilish;
oxirgi buyruqni takrorlash;
giper matnlar yaratish;
jadvaldagi raqamlar yiindisini satr yoki ustun bo’yicha hisoblash;
kerakli funksiyalarni chaqirish;
o’sish tartibida (agar ma’lumotimiz matndan iborat bo’lsa, alifbo buyicha) saralash;
kamaiysh tartibida (agar ma’lumotimiz matndan iborat bo’lsa, alifboning oxirgi harfidan boshlab) saralash;
jadvaldagi ma’lumotlarga mos diagrammalarni yaratish;
«Рисование» vositalar panelini chaqiradi;
jadvalning ekrandagi ko’rinishi kattalashtiriladi yoki kichiklashtiriladi;
Microsoft Excel haqida ma’lumot.
Dostları ilə paylaş: |