EXCEL dasturi oynasining rasmda ko’rsatilgan to’rtinchi satriga formatlash paneli deyiladi. Bu jadvaldagi ma’lumotlarni formatlashda ishlatilib, bundagi piktogrammalarning har biri mos ravishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
jadvalning ajratilgan yacheykalari bloki atrofiga chiziqlar tortish uchun mo’ljallangan ro’yxat;
jadvalning ajratilgan yacheykalari bloki fonini bo’yash uchun mo’ljallangan ranglar ro’yxati;
jadvalning ajratilgan yacheykalari blokidagi belgilarni bo’yash uchun mo’ljallangan ranglar ro’yxati.
Standart vositalar va formatlash panellarida, piktogramma klavishalaridan tashqari, ro’yxatlar maydoni ham bor bo’lib, unga bu panellar oxirida ko’rsatilgan pastga qaragan strelka ko’rinishdagi klavishani bosish orqali kirib, o’zimizga kerakli bo’lgan element-larni bu panellarga qo’shishimiz yoki undan olib tashlashimiz mumkin: