Mavzu : Office dasturlari paketi va uning imkoniyatlari
Reja:
Office dasturlari paketi.
Office dasturlarining imkoniyatlari.
Office dasturlari paketi
Office dasturlari paketlar foydali va qiziqarli vositalar hisoblanadi. Odatda bu foydalanuvchilar uchun yagona qulay ish muhitini yaratishga mo’ljallangan va har qanday masalalarni yechishga qo’l keladi, o’zaro bir-biri bilan to’liq va mos ravishda ishlaydigan dasturlar majmuasi (kompleksi) dir. Misol uchun integrallashgan Microsoft Office paketi tarkibiga quyidagilar kiradi: matn redaktori Word, Excel elektron jadvali, Access ma’lumotlar bazalarini
boshqarish tizimlari, kompyuter taqdimotlarini tayyorlaydigan Power Point dasturi va boshqalar. Bunday integrallashgan paketlar Microsoft firmasidan boshqa firmalarda ham mavjuddir. Ofis paketlaridan boshqa dastur paketlari ham mavjud. Masalan, grafik paketlar, ular tarkibiga vektorli rasm chizuvchi, rastrli rasmchizuvchi, skaner dasturi, grafik va diagramma quruvchi, animator kabi dasturlar (CorelDraw paketi) kiradi.
Microsoft firmasi Windows operatsion tizimi ostida ishlaydigan dasturlar ishlab chiqara boshladi. Dasturni
ishlab chiqarishga sabab, doiyimi ravishda har hil kasb egalari o’rtasida uchraydigan mummolarni oldini olish bo’lib bu bilan ularga qulaylik hamda Micrasoft firmasining haridorini oshirish bo’lgan. Hozirgi kunda Microsoft mahsulotlarini butun dunyo harit qilganda eng asosiysi ishonchliy va aniq ishlashini nazarda tutgan holda foydalanishadi. Microsot ofisda ishlash uchun barcha soha vakillarini keng o’rganib chiqqan holda dasturlar yaratishni boshladi. Bu Microsot Office dasturi bo’lib, dastur qulayliklari ommabobligi bilan keng tarqalgan. Dastur tarkibiga kiruvchi:
Microsoft Excel
Microsoft Access
Microsoft PowerPoint
Bu dasturlar barcha soha egalari foydalanishi mumkun bo’lgan dastur tarkibiga kiradi.