Toshkent viloyati


HISOBOT TUZISH VA CHOP QILISH



Yüklə 9,31 Mb.
səhifə45/48
tarix25.09.2023
ölçüsü9,31 Mb.
#148311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Axborot texnalogiasi va Office paketida kitobcha

HISOBOT TUZISH VA CHOP QILISH


Tabiiy ravishda ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni qayta ishlash natijalariga ko'ra hisobot tuzish va uni chop qilish foydalanuvchining asosiy maqsadlaridan bin hisoblanadi. Tuziladigan hisobotda ma'lumotlar aniq tasvirlangan, hisob ishlari bajarilgan, ya'ni uni tahlil qilishga tayyor bo'lishi lozim.
MS Accessda hisobot tuzish uchun quyidagi vositalardan foydalamladi:
— «Конструктор» — maydonlar bo'yicha hisobot tuzishga mo'ljallangan (11-rasm);
— «Мастер отчетов» — tanlangan maydonlar bo'yicha hisobot tuzishga mo'ljallangan;
— «Авто отчет: в столбец» — bir yoki bir necha ustunlar bo'yicha hisobot tuzishga mo'ljallangan;
— «Авто отчет: ленточный» — may­donlar bo'yicha avtomatik tarzda hisobot tuzishga mo'ljallangan;
— «Диаграмма» — diagramma ko'-rinishda hisobot tuzishga mo'ljallangan. Hisobot quyidagi tartibda tuziladi:
— ma'lumotlar omboridan «Отчет» darchasi tanlanadi;
— «Создать» tugmachasi bosiladi;

— [OK] tugmachasi bosiladi.
Shu vaqtgacha ma'lumotlar omboriga ma'lumotlarni kiritish uchun formalarni qanday to'ldirishni tashkil qilishni o'rgandik. Endi natijalarni chop qilish usullarini o'rganamiz. Hisobotlar—axborotlarni ma'lumotlar omborida ishlashdan hosil bo'lgan natijalarni hujjat shaklida joylashish usulidir. Hisobotda har xil ma'lumotlar aks ettirilishi mumkin. Kompyuterning so'roviga dastlab vaqt kiritiladi, ya'ni quyidagi so'rov paydo bo'ladi:
Введите значение параметра. Начальная дата:
Boshlang'ich vaqt kiritiladi va [Enter] bosiladi.
Hisobotni «Просмотр ne43TH»da ko'rib chiqish mumkin.
Hisobot chop qilishga tayyor deylik. Agar hisobotning ma'lum bir betlarini chop qilmoqchi bo'lsangiz, kerakli betlarni ko'rsatishingiz lozim.
Chop qilish quyidagi tartibda bajariladi:
1. Uskunalar majmuasidagi «Печать» piktogrammasi bosiladi, natijada «Печать» muloqoti chiqadi. Agar bir nusxa hisobot kerak bo'lsa, chop qilish parametrlari o'zgarishsiz qoldiriladi.
2. [OK] bosiladi.
3. Hisobotni sistema menyusi CD orqali yopish mumkin.
Agar ma'lumotlar ombori oynasidagi hisobot sarlavhasiga ikki marta bossangiz MS Access «Просмотр печати»ш ochadi va unda chop qilishdan oldin hisobot ko'rinishini ko'rib chiqishingiz mumkin. Agar hisobotni oldindan ko'rib chiqmasdan birdaniga chop qilmoqchi bo'lsangiz quyidagi ishlarni bajarasiz:
— ma'lumotlar ombori oynasida hisobot nomi qayd qilinadi (ajratiladi), so'ngra «Файл» menyusidan «Печать» buymg'i beriladi.
MS Accessda hisobot tuzish uchun «Конструктор», «Отчет», «Мастер отчетов», «Авто отчет: в столбец», «Авто отчет: ленточтый», «Диа­грамма» kabi vositalardan foydalaniladi.

Yüklə 9,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin