Toshkent viloyati


Т/r Familiyasi, ismi



Yüklə 9,31 Mb.
səhifə43/48
tarix25.09.2023
ölçüsü9,31 Mb.
#148311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Axborot texnalogiasi va Office paketida kitobcha

Т/r



Familiyasi, ismi



Lavozimi



Tug'ilgan sanasi



Tamom-lagan oliygohi

Mutaxas-sisligi



Ish staji



1



Ochilov A.

direktor

20.04.62



TDPU

matematik



14



2.



Nodirov K.



dir. muov.



07.09.62



SamDU



biolog



12



3.



G'aybullayev U.



o'qituvchi



10.05.54



SamDU



informatik



22



4.



To'xtashev A.



o'qituvchi



14.02.50



O'zMU



filolog



24


Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida saqlashga misol sifatida maktab o'qituvchilaridan bir guruhi haqida

Ma'lumotlarni keltirish mumkin: Ma'lumotlarning jadval ko'rinishi ularni qayta ishlashda qulay imkoniyatlar yaratadi. Bir yozuvdan ikkinchisiga quyidagicha o'tiladi:


[|«-] — birinchi yozuvga o'tish;
[«-] — oldingi yozuvga o'tish;
[->] — keyingi yozuvga o'tish;
[->|] — oxirgi yozuvga o'tish;
[-»*] — yozuvni kiritish uchun yangi sahifaga o'tish.
Asosini ma'lumotlar omborlari va ma'lumotlar jamg'armalari tashkil etuvchi sistemalar quyidagi imkoniyatlarni yaratib berdi: — ma'lumotlarni ishlashda operativlikni;
— talablarga zudlikda javob bera olishlikni;
— ma'lumotlar saqlashning sirliligini.
Zamonaviy kompyuterlarda ma'lumotlar ombori va jamg'armasi ustida ishlash uchun dasturiy ta'minotlar yaratilgan (dBASE, KARAT, FOX PRO, REBUS, MS Access). Xususan, MS Access hozirgi vaqtda ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalariga kiradi va u ma'lumotlar omborini yaratish, ma'lumotlar omborida ma'lumotlarni saqlash, qidirish va ishlashni avtomatlashtirishga mo'ljallangan keng ommalashgan dasturiy vositadir.
MA'LUMOTLAR OMBORIDA AXBOROTLARNI JOYLASHTIRISH STRUKTURASI
Microsoft Access katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ishlashni tashkil qilish xususiyatiga ega. Quyida Microsoft Access yordamida ma'lumotlar omborini, uning elementlarini ochish, ma'lumotlarni kiritish va undan foydalanishni qarab chiqamiz.
Ma'lumotlar va yozuv tushunchalari. Ma'lumotlar — kompyuterda saqlanayotgan va saqlanmoqchi bo'lgan yozuvlardan tashkil topadi, undan bir va bir necha marta foydalanish imkoni bo'lishi lozim. Microsoft Accessda ma'lumotlar sifatida matnlar, sonlar, rasmlar qo'llanilishi mumkin. Masalan, xaridor kitob sotayotgan bo'lsa, u kitoblar nomlarini, mualliflarini, ombordagi bu kitoblar sonini, bahosini va qachon, qancha sotilgani to'g'-risidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin.
Ko'pincha o'z ma'lumotlar omboringizga uning shaklidan foydalanib, yangi ma'lu­motlar kiritishingiz mumkin. Shakllarga ma'lumotlar klaviaturadan kiritiladi va MO ularni jadvallarda saqlab qoladi.
Yozuv — bu biror-bir maqsadli jarayondagi ma'lumotlar massividir. Masalan, ishga qabul qilishda to'ldirilgan anketa, obuna bo'lishdaberiladigan chipta.
Yangi ma'lumotlar omborini loyihalashtirish.
O'z ma'lumotlar omboringizni yaratishingiz uchun quyidagi savollarga javob berishingiz kerakbo'ladi:
— Ma'lumotlar omboridan qanday ma'lumotlarni olmoqchisiz?
— Ma'lumotlarni saqlashning qanday mavzu sohalari kerak?
— Bu mavzu sohalar bir-biri bilan qanday bog'langan?
— Har bir mavzular bo'yicha qanday axborotlar saqlanishi ko'zda tutilgan?
MS Access ma'lumotlarni saqlash, ishlash va qidirishning maqbul tarkibini yaratadi, ya'ni ma'lumotlar bo'yicha ma'lumotlar yig'ish joyi sifatida jadvallar ishlatiladi, jadvalda joylashtirilgan har bir axborotlar maydonni tashkil etadi. Ma'lumotlarni joylashtirish shaklini Microsoft Access avtomatik tarzda bajaradi. Shakllar to'ldirilgandan keyin undagi ma'lumotlarni to'liq yoki qisman qidirish, tanlash yoki talab protseduralari orqali ko'rish mumkin. Microsoft Access kerakli hisobotni tayyorlab berishi mumkin. Siz istalgan vaqtda o'z ma'lumotlar omboringizning mazmunini, shaklini o'zgartirishingiz mumkin. Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari yordamida jadvalda ma'lumotlarni mavzular bo'yicha guruhlab chiqishingiz, keyin esa bu jadvallar orasidagi bog'lanishlarni aniqlashingiz mumkin. Bu ishlar bog'langan axborotlarni aniqlash imkonini beradi. Shunday qilinganda katta jadvallar bilan ishlash qiyinchiligidan forig' bo'lish imkoniyati yaratiladi va xotiradan optimal foydalaniladi hamda ma'lumotlarning ishlash tezligi ortadi. MS Access ko'pdan-ko'p avtomatlashtirilgan protseduralarga va ma'lumot beruvchi sistemaga ega bo'lib, undan o'z ma'lumotlar omboringizni yaratishda va takomillashtirishda foydalanishingiz mumkin.
Ma'lumotlar ombori quyidagi elementlarga ega:
— jadval; — talablar;
— maydon; — hisobotlar.
— shakllar;
Ma'lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturasi quyidagi misolda o'z ifodasini topgan:

Yüklə 9,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin