Toshkent viloyati


MA'LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH SISTEMALARI



Yüklə 9,31 Mb.
səhifə46/48
tarix25.09.2023
ölçüsü9,31 Mb.
#148311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Axborot texnalogiasi va Office paketida kitobcha

MA'LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH SISTEMALARI
Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari masalalarni yechish uchun foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
— ma'lumotlar ombori tarkibini tuzish;
— ma'lumotlar omboriga ma'lumotlarni kiritish, ko'rish va tahrir qilish;
— ma'lumotlar ombori jadvallarida ma'lumotlarni qayta ishlash;
— ma'lumotlar ombori ma'lumotlarini ekranga, chop etish qurilmasiga va faylga chiqarish.
MOBSning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
— ma'lumotlar ombori tarkibini yozish vositasi;
— muloqot uslubida ma'lumotlarni kiritish, nazorat qilish va tahrir qilish;
— ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni qayta ishlash vositalari;
hisobot tuzish vositalari;
— so'rovlar vositasi;
— foydalanuvchi uchun izohlar tashkil qilish vositasi.
Shakllar ochish.
Ma'lumotlar omboriga kiritilgandan keyin unga mijozlar to'g'risida berilganlarni kiritish uchun shakl ochiladi.
«Развернуть» tugmachasi bilan oynaning o'lchami kattalashtiriladi;
— ma'lumotlar ombori oynasida «ФОРМА» tugmachasi bosiladi va shakl ochiladi.
Bir yozuvdan boshqasiga o'tish
Formalar xususiyatlariga qarab bir vaqtda yozuvlarning bir nechtasini ko'rishingiz mumkin, bunday holda bir yozuvdan ikkinchisiga o'tish «sichqoncha» bilan bajariladi yoki [TAB] tugmachasi yordami bilan ham o'tish mumkin.
Ma'lumotlarni ekranda qulay holatda tasvirlash.
MS Access ikki xil tasvirlashni ta'minlaydi: shakl holatida va jadval holatida. Shakllar alohida yozuvlarni qulay joylashtirish uchun maydonchalarga bo'lingan. Jadval holatda tasvirlanganda yozuvlar to'plamini ko'rish imkoni yaratiladi.
Jadvallarning ko'rinishini o'zgartirish.
Odatda, jadvalni ekranda to'liq ko'rib bo'lmaydi. Undagi hamma ma'lumotlarni ko'rish uchun boshqarish tugmachalaridan foydalanish lozim. Jadval ko'rinishini shunday o'zgartirish lozimki, unda to'liq o'qish imkoni bo'lsin. Satr enini o'zgartirish uchun yozuvlarni ajratib turuvchi belgidan foydalanish mumkin. U jadvalning chap tomoniga joylashtirilgan.
Ustun enini o'zgartirish uchun maydonlarni ajratuvchi belgilardan foydalanish lozim. Ajratuvchi belgilarga «sichqoncha» ko'rsatkichi olib borilsa, ularning ko'rinishi o'zgaradi. Satr enini o'zgartirish uchun chegarasini pastga tushirish lozim. Bunda hamma satrlarning eni birdaniga o'zgaradi. Ustun enini ham ajratkich yordamida chegarani surish orqali o'zgartirish mumkin.
Ma'lumotlarni nusxalash va siljitish.
MOdagi ma'lumotlarning dolzarbligi ulardagi ma'lumotlarning uzluksiz o'zgartirib borilishidadir. Microsoft Access maydonlardagi ma'lumotlarni tahrir qilish, siljitish, nusxalash va o'chirish imkonini beradi.
Tahrir qilish uchun «Правка» menyusidan va uskunalar majmuasidan foydalanish mumkin. Microsoft Access maydonlaridagi ma'lumotlarni tahrir qilish, siljitish, nusxalash va o'chirish imkonini beradi. Microsoft Accessda Windowsning boshqa amaliy dasturlari singari tahrir qilish quyidagi sxema asosida bajariladi: awalo ma'lumotni ajratish so'ngra ajratilgan qism ustida lozim bo'lgan ishni bajarish mumkin, ajratilgan qismlarni ko'chirish, nusxalash, o'chirish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Nusxalash uchun ob'yekt ajratib, uskunalar majmuasidagi B&j tugmachani bosib yoki «Правка» menyusidagi «Копиро­вать» buyrug'ini bosib, «sichqoncha» ko'rsatkichi ma'lumot nusxalanishi lozim bo'lgan joyga keltiriladi va [Enter] bosiladi.


Yüklə 9,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin