vr V/ ddiy superfosfatni to‘xtovsiz ishlab chiqarish usulining sxemasi 74- rasmda berilgan.
74- rasm. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi. 1 — siloslar; 2 — shnekli ta’minlagich; 3 — kovshli elevator; 4, 6 — bunkerlar; — avtomat tarozi; 7 — aralashtirgich; 8 — sulfat kislota; 9 — suv va kislotani aralashtirgich; 10 — suv; 11 — konsentraiyani o'lchagich; 12 — yetilish kamerasi; 13 — pichoqli karusel; 14 — dozalagich (sarfo‘lchagich).
Fosfat minerali ombordan silos (silos-maxsus maydaiangan ashyo) saqlash qurilmasiga (1) keladi. Undan ta’minlagich (2) yordamida elevator (3) orqali bunkerga (4) va avtamat taroziga (5)
olib beriladi. Fosfot tarozidan bunkerga (6) va undan aralashtirgichga kelib tushadi. Aralashtirgichga bosim hosil qiluvchi bakdan(8) sulfat kislota ham kelib tushadi. Sulfat kislota aralashtirgichga (9) suvli bakdan oqib tushuvchi suv bilan aralashtiriladi so‘ngra uning konsentratsiyasi konsentratometrda (11) aniqlangach, sarfo‘lchagich (14) orqali aralashtirgichga (7) kelib tushadi Aralashtirgichda hosil bo‘lganyarim suyuq massa - pulpa superfosfatning etilish kamerasiga tushadi.
Superfosfat kamerasi (75- rasm) tik temirbetondan qilingan silindrsimon korpus (1) bo‘lib tashqi tomoni po‘lat g‘ilof bilan, ichkarisi esa kislotaga chidamli diabaz plitalar bilan qoplangan. Kamera qo‘zg‘almas cho‘yan silindir (2) atrofida sekin aylanadi. Cho‘yan silindir orqali superfosfat kameradan tushiriladi. Kameraning qopqog‘i qo‘zg‘almasdir, qopqoqga kamerani ortish bo‘limi bilan tushirish bo‘limini bir-biridan ajratib turadigan to‘siq vertikal holda o'rnatilgan. Ortish bo‘limiga qopqoqning maxsus teshigi orqali aralashtirgichdan super fosfat suspenziyasi (pulpa) tushib turadi.