Toshkent yangiyul poligraph service


Natriy nitrat (Chili selitrasi)



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə102/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Natriy nitrat (Chili selitrasi). Suyuq nitrat kislota ishlab chiqarish zavodlarida, qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi. Bu zavodning chiqindi gazlari tarkibidagi N02 ni minoralarida Na2C03 eritmasi bilan o£zaro ta’sir ettirib olinadi.
2N02+Na2C0 = NaN03+NaN02+C02
Bu reksiya natijasida hosil bo‘lgan NaN02 ga nitrat kislota ta’sir etib NaN03 ga aylantiriladi.
3NaN02+2HN0=3NaN03+2N0+H20
Ammoniy sulfat. Koks gazlari tarkibida NH3 ni sulfat kislota bilan neytrallab olinadi va koks kimyo zavodlarining qo‘shimcha mahsuloti hisoblanadi.
2NH3+H2S04=( NH4 )2S04+274 kJ
Keyingi yillarda kapron ishlab chiqarish zavodlarining qo£shimcha mahsuloti, to£g£rirog£i chiqindisi sifatida ham olinmoqda.
Chet mamlakatlarda kam miqdorda gips konversiyasi asosida olinadi.
CaS04+( NH4)2C03=(NH4)2S04+CaC03
Suyuq azotli o‘g‘itlar. Suyuq azotli sifatida: suyuq ammiak, ammiakning suvdagi eritmalari va suyuq ammiaklar (aminlar) aminlar — ammoniy nitrat, karbomid, ammoniy karbonat va boshqalarning ammiakdagi yoki suyuq ammiakdagi eritmalari ishlatiladi.
Qattiq ammiaklarga NH4N03nNH3mH20 yoki Ca(N03)2- XNH4N03-nNH3 mH20 misol bo‘ladi. Ular kristall holdagi NH4N03, Ca(N03)2 lami NH3 da eritib olinadi.
Karbomid (mochevina) ishlab chiqarish. Karbamid ishlab chiqarishni dunyoda birinchi bo‘lib, 1868- yilda A.I.Bazarov kashf etgan. U ammiakning karbonat angidrid bilan birikib, ammoniy karbonatiga, so'ngra uning parchalanib karbamidga aylanishi reaksiyasiga asoslangan.
Karbomid karbonat kislotasining diamididir- (NH2)2CO, u mochevina ham deyiladi, rangsiz, hidsiz kristall modda. 132,7°C da suyuqlanadi. Suvda yaxshi eriydi. U suyuq ammiakda ham yaxshi eriydi va ammiakat-(NH2)2CO • NH3 hosil qiladi. Karbamid tarkibida bekorchijins saqlamagan konsentrlanadigan o‘g‘it bo‘lib, tarkibida boshqa barcha azot saqlovchi o‘g‘itlardan ko‘ra ko‘p, ya’ni 46,6% azot saqlaydi. 0‘simlik karbamid azotini oson o'zlashtiradi. U NH4N03 ga nisbatan tarkibida azotning ko‘pligi, portlamasligi, kam gigros- kopikligi, tuproqdan tez yuvilib ketmasligi, qop-qanorsiz tashish mumkinligi bilan ham ustun turadi. Karbamid asosida olingan mochevina-formaldegidli polimer o‘g‘itlaming azoti juda sekinlik bilan tuproqqa o‘tadi, yuvilib ketmaydi.
Karbamid, mol ozuqasiga ham proteinli qo'shimcha sifatida qo‘shib beriladi. Karbamid sanoatda plastmassalar (aminoplastlar) sintetik tolalar, farmatsevtik preparatlar olishda ham ishlatiladi.
Karbamid sintezi reaksiyasi geterogen, katalizatorsiz, kinetik sohada boruvchi jarayondir. U ammiak bilan karbonot angidridni 150—220°C haroratda 70—100 MPa bosimda o‘zaro ta’sir ettirib olinadi. Karbamid sintezi quyidagi bosqichlardan: NH3 ni C02 bilan kimyoviy ta’siri, sintez mahsulotini distillash, karbamid eritmasini qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirishdan iboratdir. Sintez ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda ammoniy kaibamati hosil bo‘ladi.
2NH3+C02 ^ NH2COONH4+159 kJ
Ikkinchi bosqichda karbamat degidratlanib suyuq fazada kaibamidga aylanadi.
NH2COONH4 ^ NH2 - CO - NH2 +H20 - 28,5 kJ
Jarayon ikkita faza hosil bo'lishi bilan boradi: gazsimon (NH3, C02, H20) va suyuq (erigan va suyuqlangan komponetlar -ammiak, amoniy karbamat, karbamid va suv). Karbamid suyuq fazada, ya’ni suyuqlangan karbamatdan hosil bo‘ladi. Reaksiyaning umumiy tezligini sekin boruvchi bosqich, ya’ni ikkinchi bosqich - karbamatdan suv ajralish bosqichi belgilaydi. Karbamid hosil bo‘lish reaksiyasi bosim va harorat ortishi bilan hamda NH3 miqdorini stexiometrik hisobdan ortiqcha olish bilan tezlashadi. Ammo haroratni 180—200°Cdan oshirish mumkin emas, chunki bundan yuqori haroratda amoniy karbamat ammiak va C02 ga parchalanadi hamda apparatlar korroziyasini kuchaytiradi. Shuning uchun ham reaksiya yuqori bosimda, odatda 18-20M Pa bosimda 180-200°C haroratda olib boradi. Shunday sharoitda karbamidning unumi 70% dan oshmaydi.
Karbamid ishlab chiqarishning texnologik sxemalari, reaksiyaga kirishmay qolgach,chiqib ketuvchi gazlarni ajratish u gazlami yana regeneratsiyalab sintezda ishlatish usullari bilan farq qiladi. 72- rasmda karbamid ishlab chiqarishning texnologik sxemasi berilgan.
Uglerod (IV)- oksidi kompressorda 20 MPa gacha bosimda siqilgach, aralashtiigichga keladi. U yeiga nasos bilan 20 MPa bosimda suyuq ammiak va aylanma ammoniyli hamda kaibonatli tuz eritmalari keladi (aylanma eritma bu reaksiyaga kirishmay qolgan gazlarni suvdagi eritmasidir). Aralashtirgichda aralashgan reagentlar sintez kollonnasiga - reaktoiga keladi. U yerda kimyoviy reaksiya natijasida karbamid sintezlanadi. Sintez kolonnasi (73- rasm) ligerlangan po‘latdan yasalgan silindirsimon, ichi bo‘sh, osti dumaloq idish bo‘lib, ichki tomoni xromnikelmolibdenli — XI7H16M3T yoki titanli po‘lat bilan qoplangan bo'ladi.
Reagentlar aralashmasi reaktoming ostki shtuseri (shtuser — tashqi tomoni rezbali kalta quvurcha) orqali sintez kolonnasining ichiga kiradi va kolonnaning yuqorisiga tomon ko‘tarila boradi. Reagenlaming yaxshi aralashishi uchun kolonna ichida chambarali to‘siqlar o‘matilgan. Suyuqlanma holda hosil bo'lgan karbamid (tarkibida 30—31 % karbamid, 21—22 % amoniy karbamat, 33—

34 % ortiqcha ammiak, 16-17% suv saqlaydi) reaktorning tepa yassi qismidagi shtuserdan chiqadi.
Karbamid bosimi kamaytirilib 1,8—2 MPa ga keltiriladi, so'ngra reaktifikatsiya kalonnasining yuqori qismiga yuboriladi. U yerda ortiqcha ammiak gaz holda ajraladi. Keyin esa birinchi pag‘onali distiliyatsiya agregati qizdirgichga o‘tib 170°C gacha qiziydi (Birinchi bosqichli distiliyatsiya agregatlariga rektifikatsiya kolonnasi, qizdirgich va separatorlar kiradi).
Bunda ammoniy karbamat NH3 va C02 ga parchalanib ajraladi. Uchib chiqqan bug‘ - suyuqlik aralashmasi, separatorga borib, gaz va suyuqlikka ajratiladi. Gaz qismi rektifikatsiya kolonnasiga, uning ostki qismidan yuboriladi. Suyuq qismining bosimi yanada (0,3 MPa gacha) pasaytirilib ikkinchi pag‘onali distillyatsiyaga (72- rasmda ko'rsatilmagan) yuboriladi. Suyuqlik tarkibi 55—51 % karbamid,

  1. 5 % ammoniy karbomati, 6—7 % ammiak va 28—35 % suvdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi pag‘onali distillyatsiya ham, xuddi birinchi pag‘onadagidek, awal suyuqlik rektifikatsiya kalon- nasidan o‘tib ammiakning bug‘- lanishi va karbamatning parchalanishi hisobiga 110°C gacha soviydi, so‘ngra qizdirgichda 140—142°C gacha qizdirilib - separatorga yuboriladi.

Unda tozalangach, qolgan suyuqlik tarkibida 70—72% karbamid bo'ladi.
Endi u suyuqlik ikki pag'onali vakuum bug'lantirgichga yuboriladi.
U yerda 0,07—0,08 MPa bosimda (ya’ni vakuumda, chunki karbamid polimerlanishi mumkin) eritma bug‘- lantirilib tarkibida 99,5—99,8 %
(
73- rasm. Mochevina sintez kolonnasi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin