Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə130/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

MgC03+Na2C03=MgNa2(C03)2 (250°Cda) CaC03+Na2C03=CaNa2(C03)2 (400°Cda)
ular so‘ngra Si02bilan reaksiyaga kirishadi:
CaNa2(C03)2+2Si02 =CaSi03+Na2Si03+2C02 MgNa2(C03)2+2Si02=MgSi03+Na2Si03+2C02
Dastlabki karbonatlar Si02 bilan bevosita ham reaksiyaga kirishib, silikatlami hosil qiladi. 750—900°C haroratda suyuq faza hosil bo‘ladi, natijada silikatlar hosil bo'lishi tezlashadi. Haroratning ko'tarilishi bilan reaksiyaga kirishmagan ohaktosh parchalanib, hosil bo‘lgan kalsiy oksidi reaksiyaga kirishmagan soda, Si02 bilan birikib silikatlaiga aylanadi. Reaksiyaga kirishmay ortib qolgan Si02 silikatlar suyuq- lanmasida asta-sekin eriydi. Shixtaga ozgina CaF2 (plavik shpatini) qo‘shish, suyuqlanishini ancha tezlashtiradi.
Kimyoviy reaksiyalar tugagach, suyuqlangan shisha massasini hali bir jinsli deb bo‘lmaydi, u tarkibida havo C02 va boshqa gaz pufaklari saqlaydi. Yanada qizdirilgach, harorat 1200 dan 150^ gacha ko'tarilgandan keyin shisha massasining qovushqoqligi kamayib, oquvchan bo‘lib qoladi, diffuziya tufayli tarkibi gomogenlashadi va gazlar chiqib ketadi.
Shisha maxsus uzluksiz ishlovchi vanna pechlarida pishiriladi. (80- rasm.) Pechning asosiy qismi to‘g‘ri burchakli garizontal holda o'rnatilgan basseyn bo‘lib, uzunligi 40 metr, eni 10 m va balandligi 1,5 m, tanasi gumbas shaklida qoplangan bo'lib, dinas plitalardan qilingan basseyn devorlari esa sirkoniyli-korundli to‘rt burchakli toshlar bilan qoplanadi. Shisha pishirish pechlari, ichida olov yogi lad igan pechlarga kiradi. Xomashyo ham, suyuq shisha ham ustki qismidan yonuvchi gaz alangasida qizdiriladi. Hosil bo'lgan issiq gazlar regeneratorlar orqali chiqadi va unga o‘z issiqligini beradi. Gazni yoqish uchun kiritiladigan havo esa regeneratorlar orqali qizib o‘tadi (Regeneratorlar 2 ta bo‘lib, biridan issiq gaz o‘tayotgan bo‘lsa, ikkinchisidan, sovuq havo o'tayotgan bo‘ladi).

Shixta pechning old qismidan (pishirish zonasi) uzluksiz yoki davriy ravishda solinib turiladi. Shisha massasi pechning tiniqlashtirish zonasiga o‘zi oqib o‘tadi (harorat 1500°C). So‘ngra shisha massasi oqib tayyorlash zonasiga boradi, u yerda 1200°C gacha soviydi, natijada uning qovushqoqligi ortadi. U yerdan turli buyumlar tayyorlash uchun olinadi. Vannali pechlaming mahsuldorligi 300 t/sutkaga teng.
Deraza shisha, shisha listlari va butilka shishalami tayyorlash uchun elektr toki bilan qizdiriladigan pechlar ham qo‘llaniladi. Optik shishalarni olishda shomotdan yasalgan tuvaksimon pechlardan foydaniladi.
Shisha buyumlariga shakl berish uchun turli usullar: cho‘zish, prokatlash, puflash, presslash, kuyish va boshqalar qo‘llaniladi. Shisha suyuqlanmasi sovitilganda uning qovushqoqligi sekinlik bilan ortadi, bu xossasi unga shakl berishni osonlashtiradi.
Shisha sanoatining asosiy mahsuloti, deraza shishasidir. Uni shisha suyuqlanmasining ustki qismidan, qayiqcha usilida mashina yordamida shisha listlarini cho'zib tortish orqali olinadi. Bunda o‘tga chidamli materialdan yasalgan qayiqcha (qayiqchani o‘rtasida, uzinasiga kesilgan uzun teshik bo‘lib, undan shisha suyuqlanmasi chiqadi) shisha suyuqlanmasining ustiga qo‘yiladi. Qayiqcha maxsus qisuvchi moslama yordamida shunday o‘matiladiki, bunda qayiqcha teshigining ustki qismi shisha suv sathidan past boMadi. Natijada teshikdan shisha massasi va u mashinaning temir romi yordamida yuqoriga cho‘zib tortiladi (81- rasm).


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin