Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə22/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Suvning sifati: tiniqligi, tozaligi, rangi, hidi, harorati, umumiy tuz miqdori, qattiqligi, oksidlanishi va reaksiyasi kabi fizik-kimyoviy xossalari bilan aniqlanadi.
Suvning tiniqligi uning qanchalik qalinlik qatlamida chillik yoki biror harf tasvirini vizual yoki fotoelement yordamida ko‘rib uni farqlash orqali aniqlanadi. Suvning tiniqligi unda dag‘al dispers mexanik va kolloid zarrachalaming borligi va ulaming miqdoriga bog‘liq bo'ladi. Bu aralashmalar suv o‘tkazish quvurlarini, apparatlarni ichiga cho‘kib, uni tiqilib qolishiga, natijada mehnat unumdorligini kamayishiga yoki turli halokatlarga olib keladi, suvni ko‘piklatib yuborishga, elektrolizyorlaming diafragmasini ifloslashga sabab bo‘ladi.
Suvning tozaligi uning tarkibidagi har qanday begona aralashmaning soni va miqdori bilan tavsiflanadi. Ular qanchalik kam bo'lsa, shunchalik toza hisoblanadi. Suvning tozaligi inson sog‘ligi uchun muhim omil bo‘lib, yechimini talab qilinadigan muhim muammo hisoblanadi.
Umumiy tuz miqdori (suv tarkibida) mineral va organik ara- lashmalarning borligi bilan tavsiflanadi. Uni aniqlash uchun 1 litr suvni bug‘lantirilganda qolgan qoldiq o‘zgarmas massaga kelguncha 110° С haroratda qizdiriladi. Hosil bo'lgan massa umumiy tuz miqdori bo‘lib, u mg/1 bilan o‘lchanadi. Umumiy tuz miqdori bug'languncha qattiq qizdiriladi va sovigach, o'lchanadi. Massalar orasidagi farqdan organik aralashma miqdori ham aniqlanadi.
Suvning oksidlanishi uning tarkibida organik qo'shimchalaming borligi bilan tavsiflanadi. Suvning oksidlanishi, 1 litr suvni oksidlash uchun sarflangan KMn04 ning mg miqdori bilan aniqlanadi. Buning uchun 1 litr suv olinib, ortiqcha KMn04 bilan 10 daqiqa davomida qaynatiladi.
Suv muhiti uni muhim — kislotalilik yoki ishqoriylik darajasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi ya’ni, pH bilan tavsiflanadi va pH indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar pH — 6,5 — 7,5 oralig'ida bo‘lsa, muhit neytral, pH 6,5 bo'lsa, muhit kislotali va pH — 7,5 bo'lsa, muhit ishqoriy bo‘ladi. Tabiiy suvning muhiti neytralga yaqin bo‘ladi.
Suvning qattiqligi uning tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlarining miqdori bilan tavsiflanadi. Qattiqlik 1 litr (1 dm3) suvda bo‘lgan Ca2+ yoki Mg2+ ionlarining milligramm ekvivalent miqdori bilan tavsiflanadi. Qattiqlik birligi qilib 20,04 mg/1 Ca2+ ioni yoki 12,16 mg/1 Mg2+ ioni qabul qilingan ya’ni 1 litr suvda 20,04 mg/1 Ca2+ ioni yoki 12,16 mg/1 Mg2+ ioni bo‘lsa, bunday suvning qattiqligi 1 mg/ekv. ga teng bo'ladi.
Suvning qattiqligi uchga: muvaqqat, doimiy va umumiy qattiqlikka bo‘ladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin