Atmosfera suvlari — yomg'ir va qor suvlari bo‘lib, tarkibida begona aralashmalari kamligi bilan tavsiflanadi. Uning tarkibida tuzlar bo‘lmaydi. Asosan, suvda erigan gazlar (02, S02, H2S, azot oksidlari, oltingugurtning kislorodli birikmalari organik moddalar) bo‘ladi.
Yer usti suvlari— daryo, ko‘l, dengiz, okean suvlari bo‘lib, tarkibida D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlami uchratish mumkin. Dunyo okeani suvida 5 — 10161. tuz erigan holda bo‘ladi. Agar buncha tuzni Yer shari yuzasiga bir tekisda yoyib chiqil- sa, 45 m qalinlikda tuz qatlami bilan qoplangan bo‘lur edi. Dengiz va okean suvlarida 23 • 1515 t— Cl, 83 • 1012 t — Br, 8 • 1091 — I, 16 • 10141 - Mg, 48 • 10131 - К, 1 • 10101 - Au, 28 • 1081 - Li bor. 800 mln. tonna molibden, 300 mlrd. t. toriy, 20 ming t. radiy, 164 mln. t. kumush bor. Shuning uchun ham keyingi yillarda dengiz va okean suvlaridan turli elementlar, tuzlar ajratib olinmoqda. Hoziigi kunda kimyo sanoati har yili dengiz suvlaridan 200 mln. t. dan ko‘proq osh tuzi olmoqda. Bundan tashqari ko‘plab boshqa elementlar: kaliy, magniy, brom, uran, oltin, temir rudasi, qalay va boshqalar ajratib olinmoqda (1990- yilda dengiz suvidan 22501. uran ajratib olindi).
Yer osti suvlari— artezian, bo‘loq, quduq suvlari bo‘lib, uning tarkibi, u suv to'plagan yoki chiqayotgan joyning tuprog‘i va tog‘ jinslarining tarkibi tuzilishiga bog'liq bo‘ladi. U suv tuproq qatlamlaridan filtrlanib o‘tganligi tufayli juda tiniq bo‘ladi. Tarkibida organik moddalaming qoldiqlari uchramaydi. Kimyo sanoati uchun yirik xomashyo manbai bo'lgan minerallashgan yer osti suvlaridan turli kimyoviy birikmalar ajratib olishdi. Masalan, osh tuzi va undan soda ishqor olinadi. Yana brom va yod hamda ulaming turli birikmalari ajratib olinadi.
Suv tarkibidagi barcha begona aralashmalar disperslik darajasiga qarab uchga bo'linadi: 1. Dag‘al dispers aralashmalar, zarrachalaming diametri 100 nm. dan katta. 2. Kolloid dispers aralashmalar, zarrachalaming diametri 1—100 nm. gacha. 3. Molekular dispers yoki chin eritmalar.
Dag‘al dispers va kolloid aralashmalar mineral yoki organik moddalar bo‘lib, ular asosan turli alyumosilikatlar, silikatlar, gidratlangan silikat kislota, ishqoriy yer metall karbonatlari, metallar- ning asosiy tuzlari (asosan temiming tuzi), o'simliklarning parcha- lanish mahsulotlari, planktonlar va boshqalardan iborat bo'ladi.
Suvlar ishlatilish sohasiga qarab, sanoat va ichimlik suvlariga bo'linadi. Ichimlik suvlariga alohida talablar qo‘yiladi (bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi, ta’mi, hidi, rangi). Masalan, 1 ml suvda umumiy bakteriyalar miqdori 100 tadan oshmasligi kerak. Shundan ichak tayoqchasi 1 litr suvda uchtadan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Umumiy tuzlar miqdori 1000 mg/1, dan oshmasligi talab qilinadi.
Sanoat suvlariga bakteriyalar bilan ifloslanganligi (oziq-ovqat va ba’zi biokimyoviy sanoat tarmoqlaridan tashqari) muhim ahamiyatga ega emas. Begona qo‘shimchalarning chegaraviy miqdori ishlab chiqarishning xarakteriga qarab turlicha bo‘ladi.