Mexanik pechlar (47- rasmga qarang)ningjadalligi 185 kg-m3/ sutkaga teng (ya’ni 1 m3 pech hajmida 1 sutkada 185 kg kolchedan kuydiriladi). Hosil bo‘lgan kuyundi gazlaming tarkibi 9 % S02, 9 % 02, 82 % N2 ga to‘g‘ri keladi. Kuyundining tarkibida esa o‘rtacha 2 % S yonmay qoladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mexanik pechlar takomillashib qudratli pechlarga almashtirilgan. Faqat kam quwatli sexlardagina mexanik pechlami uchratish mumkin. Changitib kuydirish pechlari.Changitib kuydirish pechlari (48- rasm) maydalab kukun holiga keltirilgan quruq kolchedanni havo oqimi bilan pech ichida changitib purkashga asoslangan bo‘lib, mexanik pechlardan ko‘ra ancha takomillashgan va ustun turadi. Bunda kolchedan kukuni siqilgan havo bilan pechning ostidan forsunka (suyuqlik yoki kukunsimon moddalami havo bilan aralashtirib purkaydigan asbob) orqali pech ichiga purkaladi. Bunda har bir chang zarrachasi har tomondan havo bilan to‘qnashadi va o'chib borayotgan paytda yonadi. Fazalar ta’sir sathi yuza to‘qnashuvi ortadi. Natijada yonish jarayoni jadal tusga keladi, zarrachalaming bir- biriga yopishib qolish hollari keskin kamayadi. Shuning uchun ham bunda haroratning 1100°C gacha oshirish mumkin. Hosil bo‘lgan kuyundi pechning ostki konussimon qismidan chiqarib tashlanadi. Kuyundi gazlari esa 900— 1000°C haroratda pechning yon tomonidagi shtuser (shtuser—sirti rezbali quvircha) orqali siqib, suv bug‘i hosil qiluvchi qozon orqali o'tadi. Natijada gazning issiqligidan foydalaniladi. Bunda olingan kuyundi gazi tarkibida 13% gacha S02 bo‘ladi, kuyundi tarkibida esa 1 — 1,5 % S qoladi. Pechning jadalligi 700— 1000 kg/m3 sutkaga teng. Ammo bu pechlar uchun faqat quritilgan va boyitilgan kolchedangina ishlatiladi. Chunki ho‘l bo‘lsa, forsunka tiqilib qoladi. Buning yana bir kamchiligi shundan iboratki, kuyundi gazlar tarkibida changi ko‘p bo‘ladi. Mexanik pechlaming kuyundi gazi tarkibi 10g/m3 chang bo‘lgani holda, changitib kuydirish pechinning kuyindi gazida 100 g/m3 chang bo‘ladi. Mana shu kamchiliklar uchun bu pech keng tarqalmagan. Qaynovchi qavatda kuydirish pechlari (49- rasm). Pechning jadalligi 1000—1800 kg/m3 sutkaga teng. Kuyundi gazi tarkibida 15 % gacha S02 bo‘ladi. Kuyundi tarkibida esa 0,5 S qoladi. Bu pech jadalligining kattaligi va kuyundi gazi tarkibida S02 ning massa ulushi ko'pligi hamda kolchedan tarkibidagi S ning to‘liqroq yonishi kabi afzalliklari tufayli bu xil pechlar keng tarqaldi. Oltingugurtniyoqish. S02gazi toza oltingugurtni yoqish yo‘li bilan ham olinadi. Kolchedanni kuydirib olingan S02ga nisbatan S ni yoqib olingan S02 ancha toza va konsentratsiyasi ancha katta bo‘ladi. Havoda yoqilganda 21% gacha S02 saqlovchi kuyundi gazi olish mumkin, ammo havoni ko'proq qo'shish bilan S02 miqdori kamaytiriladi. Amalda S ni yoqishdan 9—11 % S02 va 12—10 % 02 dan iborat kuyundi gaz olinadi (Chunki S ni S03 ga oksidlash uchun ham kislorod kerak bo'ladi.), kolchedandan esa amalda 7—9 % S02 va 9 % 02 saqlovchi kuyundi gaz olinadi.
Toza S ni yoqish uchun purkagichli va siklonli (57- rasm) pechlardan foydalaniladi. Oltingugurt pechga kelishdan oldin suyuqlantiruvchi qozondabug1yordamida suyuqlantiriladi, begona aralashmalardan filtrlab tozalangach, forsunka orqali siqilgan havo yordami bilan pech ichiga purkaladi.