Oltingugurt (IV) oksidini kontakt usulida oksidlash. S02 ni S03 ga oksidlash sulfat kislota ishlab chiqarishning eng asosiy bosqichidir. Shuning uchun ham sulfat kislota ishlab chiqarishning bu usuli kontakt usuli deb ataladi. Kontakt bu to‘qnashuv degan ma’noni anglatib, S02gazning katalizatori bilan to‘qnashuvini bildiradi. S02 ni kontakt usulida S03 ga aylantirish geterogen ekzotermik katalizga tipik misol bo‘la oladi. Bu reaksiya gaz hajmini kamayishi bilan beradigan qaytar ekzotermik jarayonidir. 2S02 +02—> 25'03+189 kj (500 at) . *— Shuning uchun ham Le-Shatele pirinsipiga muvofiq bu reaksiya muvozanat haroratning pasayishi va bosimning ortishi bilan S03 hosil bo‘lishi tomon siljiydi. Ammo sulfat kislota ishlab chiqarishda yuqori bosim qo‘llanilmaydi, chunki S02 va kislorodning konsetratsiyasi kuyundi gaz tarkibida 20% dan oshmaydi. Qolgan 80 % gaz azotdan iborat bo‘lib, bunday aralashmaga yuqori bosim qo‘llash bosimni hosil qilish xarajatlarini qoplaymaydi. Atmosfera bosimida va 475°C haroratda S03 hosil bo‘lishining gazlar aralashmasining % tarkibiga bog‘liqligi quyidagicha bo‘ladi: