Toshkent yangiyul poligraph service


rasm. Oltingugurtni yoqish uchun ishlatiladigan siklon pechi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə81/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

rasm. Oltingugurtni yoqish uchun ishlatiladigan siklon pechi.

1 — oltingugurtni berish uchun va havoni tangensial kiritish uchun forsunkali forkamera; 2,4 — yoqish bo'lmasi; 3 — gazni girdobli harakatga keltiruvchi
halqalar.
Pech ichida bug‘lanib havo yordamida yonadi. Forsunkali pechlarda oltingugurtning havo bilan aralashuvi diffuzsion ekstensiv jarayon bo‘lganligi uchun yetarli darajada aralashmaydi. Siklon pechlarida havo tangensial (egri chiziqqa urinma chiziq bo‘yicha yo‘nalgan) oqimda berilgani uchun ham S bug‘lari havo bilan juda kuchli va tez aralashadi. Natijada S ning yonishi juda jadal ketadi. Shuning uchun ham siklonli pechlar o‘z qulayliklari bilan forsunkali pechlami oradan siqib chiqarmoqda.

  1. §. Kontakt usuli bilan sulfat idslota ishlab chiqarish

Sulfat kislota ishlab chiqarish beshta bo‘limni o‘z ichiga oladi:

  1. Pechbo‘limi (bunda quruq S02 hosil bo‘ladi).

  2. Yuvish bo‘limi (bunda S02 gazi ho‘l usul bilan tarkibidagi qo'shimchalardan, ya’ni H2S04ning tomchilaridan, suv bug‘laridan va kontakt zaharlaridan to'liq tozalanadi).

  3. Kompressor bo‘limi (bunda tozalangan gaz so‘rib olinib, kontakt apparatiga yuboriladi).

  4. Kontakt bo‘limi (bunda S02 gazi katalizator bilan ta’sirlashib

  • to'qnashib S03 ga aylanadi).

  1. Absorbsiya bo‘limi (bunda S03suvga yuttiriladi va H2S04 ga aylantiriladi).

S02 gazini tozalash. Kolchedanni kuydirib olingan kuyundi gazlari tarkibida S02(16 % gacha, odatda 7—9 %), 02 (9—11 %), kuyundi changlari (200 g/m3), qaynovchi qatlamda kuydirilganda kuyundi changlari asosan temir oksidi; ozroq temir sulfidi, mis sulfidi, As203 mishyak oksidi, Se02 selen oksidlarini ushlaydi. Bular katalizator «zaharlari» bo‘lib, katalizatomi tez yaroqsiz holga keltiradi. Shuning uchun ham S02 barcha qo'shimchalardan tozalanishi kerak.
Kuyundi gazlari eng awal siklonlarda tozalanadi (siklon apparati jadvaliga qaralsin), so'ngra gaz issiqligidan bug‘ hosil qilish uchun (gaz issiqligi 400°C bo‘ladi), bug‘ qozonlariga yuboriladi va harorati ancha pasaygach, quruq elektrofiltrlar orqali o‘tkaziladi. Bu apparatlaming hammasi zavodning pech bo‘limida joylashgan bo‘ladi. Kuyundi gazlarning tarkibidagi qo'shimchalar siklon apparatidan o‘tgach 20 g/m3 qoladi. Qolgan changlar juda mayda bo‘lib, ular elektrofiltrdan o‘tgach 0,1 g/m3 qoladi, xolos.

S02 ni chang zarrachalaridan hamda As203, Se02 lardan batamom tozalash maqsadida, (ayniqsa, As203, Se02 lar kata- lizatomi qaytmas qilib zaharlaydi) gaz (S02) yuvuvchi minoralarda maxsus tozalanadi. Unda gaz ho‘llanadi va 30—50°C haroratgacha sovitiladi. Natijada gazda tuman, ya’ni juda mayda suv tomchilari hosil bo‘lib, kondensatsiyalanib ajralib chiqadi. Bu tomchilarda S03 va As203 lar erigan bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan katalizator zaharlaridan gaz batamom tozalangach, quritgich minoralarda 93— 95% li sulfat kislotada quritiladi. So‘ngra toza va qumq gaz kompressori yordamida kontakt bo'limiga yuboriladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin