Mineral o‘g‘itlaming turli-tumanligi, xomashyo turlarining ko‘p- ligi o‘g‘itlami olishda turli usullami qo‘llashni taqozo qiladi. Ammo bu usullarning barchasi bir tipdagi, o‘xshash jarayonlarda boradi. Shuning uchun asosiy ikki usul keng qo‘llaniladi. Mineral ashyoni yoki shixtani (kuydirishga mo'ljallangan aralashma) termik yoki termokimyoviy ishlov berish usuli.
Kimyoviy ishlov berish, eritish va kristallash yo‘li bilan moddani ajratish usuli.
Mineral o‘g‘itlar olish uchun xomashyo: tabiiy minerallar, kimyo sanoatining yarim mahsulotlari va chiqindilardir. Mineral o‘g‘it ishlab chiqarishda qariyb barcha kimyoviy texnologik jarayonlar (karbamid sintezi bundan mustasno) diffuzion hududda kechadi. Massa uzatishning umumiy tenglamasi bilan tavsiflanadi. u = — = KmFAC dr ' Bunda, Km — massa uzatish koeffitsienti; F — reaksiyaga kirishuvchi moddalaming o‘zaro ta’sir yuzasi; ДС — massa uzatishning harakatlantiruvchi kuchi. §. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Azotli o‘g‘itlar tarkibidagi azot turli birikmalari erkin ammiak, NH4+, N03 ionlari va aminoguruh -NH2 shakllarida bo‘lishi mumkin. Qattiq azotli o‘g‘itlar sifatida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari, kalsiy nitrat, natriy nitratlar xolida ular asosida olinadigan aralash va murakkab o‘g‘itlar ishlatiladi. Suyuq azotli o‘g‘itlar sifatida esa suyuq ammiak, aminlar, tuzlaming suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlari ishlatiladi. Azotli o‘g‘itlar suvda yaxshi eruvchi bo‘lib, ulami o'simliklar oson o'zlashtiradi. Ayniqsa, N03 ionidagi azot o‘simlik tomonidan tez va oson o‘zlashtiriladi. Azotli o‘g‘itlar olish uchun nitrat kislota, sulfat kislota, ammiak, uglerod (IV) oksidi, kalsiy gidroksidi hamda kuchsiz nitrat kislota zavodining chiqindi (atmosferaga chiqarib yuboriladigan) gazlari xomashyo hisoblanadi.