Toshkent yangiyul poligraph service


Fosfat kislota va qo‘sh superfosfat ishlab chiqarish



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə106/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Fosfat kislota va qo‘sh superfosfat ishlab chiqarish.
Fosfat kislota asosan ekstraksiya usuli bilan olinadi. Bunda tabiiy fosforitlar mul sulfat kislota bilan ishlov beriladi.
Ca5 (P04)3 F+5H2S04+5nH20 -> 5CaSO„ • nH20+3H3P04+HF
Hosil bo'lgan gipsni (fosfogips-parchalanmay qolgan fosfat va CaS04 aralashmasi) suyuq fazadan filtrlab ajratib tashlanadi. Olingan H3P04, asosan o‘g‘it olish uchun va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Fosfogipsdan filtrlab ajratilgan fosfat kislota suyuq fazaga o‘tgan kremnezyom, sulfatlar, temir va aluminiy fosfatlari va boshqalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Fosfat kislota ishlab chiqarishda yuqori konsentratsiyali kislota olishga, yaxshi filtrlanadigan yirik kristalli fosfogips olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirishga harakat qilinadi.
Gipsning yirik kristallari 70—80°С harorat va sulfat kislotaning konsentratsiyasi pastroq bo‘lganda hosil bo‘ladi. Yuqori konsentratsiyali H3P04 olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirish uchun, 75% li H2S04, 70—80°C harorat va jadal aralashtirish qo‘llaniladi. Jarayon to'xtovsiz boradi.
Fosfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 77- rasmda berilgan. Bunkerdan (1) fosfat xomashyosi lentali dozalagich (2) orqali ekstraksiyalagichga (ekstraksiyalagich- yirik 60 m3 hajmli po'lat chanlar bo'lib ichi kislotaga chidamli plitalar bilan qoplangan va ichiga aralashtirgich o'rnatilgan) tushadi. Unga kislota saqlagichdan H2S04oqib tushadi. Hosil bo'lgan pulpa navbat bilan keyingi ekstrak-siyalagichlarga o‘zi oqib o‘tadi. So‘ngra undan lentali vakuum filtrga (4) borib filtralanadi, suv bilan yuviladi va fosfogips ajratib olinadi. Kislota konsentratsiyasi 36% dan (P205 28—32 %) oshmaydi. Qo‘sh superfosfat olish uchun 50—80 %li H3P04 kerak bo‘ladi. Shuning uchun olingan suyuq H3P04 ning konsentratsiyasi turli yo‘llar bilan oshiriladi.

Keyingi yillarda fosfat kislotasi ishlab chiqarishning uch rejimda: digidratli, yarimgidratli va angidritli ekstraksiya usullari ishlab chiqildi. Kislota olish jarayoni sharoitiga: asosan, harorat va H2S04 ning konsentratsiyasiga qarab kalsiy sulfat turlicha gidratlanadi. Bu uchala rejimlar orasida keng tarqalayotgani yarimgidratli usuldir. Bu usulda konsentrlangan H3P04 olish imkoniyati tug‘iladi. Rossiyada hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan H3P04 ning 1/4 qismi shu usulda olinmoqda va bu ko'rsatkich oshib bormoqda.
Bunda jarayon digitratli rejimga o‘xshaydi, ammo ayrim parametrlari bilan farq qiladi. Masalan, 95— 105°C harorat, yuqori konsentratsiyali (93% li) H2S04 ning qo‘llanishi kabilar. Ayniqsa, juda keng tarqalayotgan qurama (yarim-gidrat-digidratli) usul, yuqori konsentratsiyali (50% P205) H3P04 olish imkoniyatini berish bilan bir qatorda atrof-muhitni zaharlanishini ham bir muncha oldini oladi. 11. tabiiy fosfatni H2S04 bilan qayta ishlaganda 1,61. fosfogips hosil bo‘ladi. Undan foydalanish muammosi haligacha to‘liq hal qilingan emas. Uni sho‘r erlarni normallashtirish uchun tuproqqa soladilar, undan shuvoq ishlari uchun ganch-alebastr olinadi. Uni termik parchalab sement xomashyosiga hamda S02 olinib, uni yana H2S04 ga aylantirish mumkin. Bu foydalanish yo‘llari hali to* liq amalga oshgan emas. Uni amalga oshirish iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan muhim vazifadir.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin