Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə144/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

СаС()^Са0 + С02-т,9Ы-,
MgC03 —> MgO + C02
Shixta tarkibidagi koks ham pechning ostidan domna havo qizdirgichlarida (kauperlar) 800°C gacha qizigan va kislorodga boyitilgan gaz bilan to'qnashib yonadi. S+02=S02+401 kJpechga yonish uchun kiritilgan gaz yonadi.
CH4+ 202 = S02 + 2H20 + 802,5 kJ
Yuqoridagi reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan gazlar ham (C02, H20) turli ta’sirotlariga uchraydi. C02 gazi pechning yuqorisiga ko‘tarilib, issiq koks bilan reaksiyaga kirishadi va is gaziga aylanadi.
C02 + С 2CO -167 kJ
Suv bug‘i esa issiq koks bilan qaytarilib SO va N2 hosil qiladi.
C+H20 CO +N2-126 kJ
Hosil bo'lgan CO gazlari H2 temirni, oksidlaridan qaytaradi. Temir oksidlari turlicha qaytariladi. Eng oson qaytariladigani Fe203, keyin Fe304 va eng qiyin qaytariladigani FeO dir.
3Fe203+C0 Fe304+ C02 +63 kJ Fe304+ CO 3FeO + C02-22 kJ FeO + CO Fe+ C02+13 kJ
Qaytarilgan temir suyuqlanib, pastga tushadi. C02 esa yuqoriga ko‘tariladi. Muvozanat batamom o‘ngga siljiydi. Vodorod ham CO kabi yuqoridagi reaksiyaga o‘xshash temir oksidlarini qaytarish uchun sarflanadi. Bunda hosil bo‘lgan suv bug'lari yuqorida aytilganidek, koks bilan qaytarilib yana H2va CO ga aylanaveradi. Temir oksidlarini qaytarish natijasida hosil bo‘lgan C02 ham yuqoriga ko‘tarilgach, issiq koks ta’sirida yana CO ga aylanadi. Shunday qilib, bu jarayon takrorlanaveradi. Temir oksidlarining qaytarilishini umumiy bir tenglama bilan yozish mumkin:
Fe203+3C0 2Fe+3C02+27 kJ
Reaksiya qaytar bo‘lganligi uchun CO va H2 kabi gazlaming hammasi qaytarishga sarflanmay qisman domna gazlari bilan pechdan

chiqib ketadi. Domna gazlari tarkibida N2, C02 27—30 % CO hamda ozroq H2 va CH4 bo‘ladi.
Temir oksidlari nafaqat SO va N2 bilan balki, uglerod (koks) bilan ham qaytariladi. Temir oksidlarining uglerod bilan qaytarilishiga to‘g‘ri qaytarish deyiladi. Uglerod bilan qaytarilish 1000°C dan yuqori boradi. Qaytarish uchun faqat koks uglerodi emas, balki CO ning termik parchalanishidan hosil bo‘lgan uglerod ham qatnashadi.
2CO ^ C02+C
Domna jarayonida temirdan tashqari shixta tarkibida bo'lgan boshqa elementlar ham qaytariladi. 1000°C da Mn203 qaytarilib Mn304, so'ngra MnO va nihoyat Mn hosil bo‘ladi.
2 Mn02+C0= Mn203+C02+227 kJ

  1. Mn203+C0= 2Mn304+C02+170 kJ Mn304+C0= 3Mn0+C02+52 kJ

Hosil bo‘lgan MnO ni qaytarilishi asosan yuqori haroratli zonadan uglerod hisobiga boradi. Qaytarilgan marganetsning bir qismi erib, cho‘yan tarkibiga o‘tadi.
MnO+C «и Mn+CO—287,4 kJ
Ammo marganets oksidining ko‘p qismi qaytarilmay, shlak tarkibiga o‘tadi. Kremniy ham qattiq uglerod bilan qisman yuqori haroratda qaytariladi.
Si02+2C=Si+2C0—634,7 kJ
Fosfor esa С va Si02 ta’sirida qaytarilib, erkin fosforga aylanadi va har ikkalasi ham cho‘yan erib uning tarkibiga o‘tadi.
Ca3(P04)2+5C+3Si02=2P+5C0+3Ca Si03
Nikel va mis toTiq qaytariladi va cho‘yan tarkibiga kiradi. Xrom, titan va vanadiylar domna jarayonida odatda qaytarilmaydi (ulaming qaytarilishi uchun juda yuqori harorat kerak bo'ladi). S esa metallar bilan sulfidlar (FeS, CaS, MnS va boshqalar) hosil qiladi. Sulfidlaming suyuq temirda eruvchanligi turlicha, masalan, FeS yaxshi, MnS esa yomon eriydi, CaS esa umuman erimaydi, ammo u shlakda yaxshi eriydi. Shuning uchun ham FeS lami CaS holiga o‘tkazish domna jarayonida muhim vazifalaridan biridir. CaO va marganetslar oltingugurtni temirdan ajratib olishning asosiy manbalari dir.
FeS+CaO^± FeO+CaS
FeS+Mn Fe+MnS
Bunda hosil bo'lgan MnS erib, shlakka o‘tadi va shlak tarkibidagi CaO bilan qaytarilib, CaS ga aylanadi.
MnS+CaO=MnO+CaS
CaS esa erib shlakka o‘tadi. Domnada qaytarilish reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan temir bulutsimon (ya’ni g‘ovak) temir bo‘lib, uning g‘ovaklarida CO ning parchalanishdan hosil bo‘lgan uglerod (koks) bilan (temiming bir qismi) karbit (sementid) hosil bo'ladi.
3Fe +C ^ Fe3C
Hosil bo'lgan temir karbidi va uglerod, temirda eriydi. Natijada ancha oson suyuqlanadigan qotishma (tarkibila 4,3 % uglerod saqlovchi, temiming uglerod bilan evtektik aralashmasi, suyuqlanish harorati 1140°C bo‘lgan qotishma) hosil bo'ladi. Bu qotishma yuqorida aytilganidek, C, Si, Mn, P, S va boshqa elementlami o'zida eritib cho‘yanga aylanadi (tarkibida 4,5 % uglerod saqlaydi) uning zichligi shlaknikidan katta bo‘lganligi uchun pastga cho‘kadi.
Shlak hosil bo‘lish jarayoni 1000°C da boshlanadi. Ohaktoshni parchalanishidan hosil bo‘lgan CaO, dolomitning parchalanishidan hosil bo‘lgan MgO hamda Al203lar bunday sharoitda (domna jarayonida) qaytarilmaydi. Ammo bir-biri hamda Si02 va ko‘miming kuli bilan birikib, turli xil tarkibli birikmalarni: kaliy silikat (Ca0+Si02=CaSi03), magniy silikat (Mg+Si02= MgSi03), kalsiy aluminat (CaO A1203), kalsiy alyumosilikat (CaO)2 • A1203 • Si02), kabi oson suyuqlanuvchi aralashma - shlakni hosil qiladi. Shlakning zichligi cho'yannikidan kichik bo‘lganligidan, u cho'yanning ustida to‘planadi va cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi.
Domna pechining tuzilishi. Domna pechi (85- rasm) to'xtovsiz ishlaydigan konnussimon minora bo‘lib, umumiy balandligi 60 m, diametri 10 m. Minora devorlari o‘tga chidamli g'ishtdan qilingan bo'lib, isib ketishdan saqlash uchun devor oralig'iga ichidan suv o‘tib sovituvchi sovitgichlar o‘matilgan. Yuqoridan pastga tushgan sari devor qalinligi ortib boradi va ostki qismida (gornda) 1,5 m. ga yetadi. Chunki u yerda harorat eng yuqori bo‘ladi. Pechning ostki qismi o'txonasi (gom) keng bo‘lib, diametri 12-16 m. gacha bo‘ladi. Yuqori qismi esa torayib ketgan, konussimon. Pechning bunday tuzulishi shixtaning bir tekisda pasta tushishini, gaz oqimining pechning butun hajmida teng taqsimlanishini taminlaydi. Tashqi tomondan pech po‘lat g‘ilofbilan qoplangan.
Domna pechi bir necha qismlarga bo'linadi: tepa tomoni- koloshnik, o‘rta qismi - shaxta, eng keng qismi - raspar, ostki (silindirsimon) qismi - gom, raspami gom bilan tutashtiruvchi qismi - zaplechnik va gomning yuqori qismida havo puflash teshigi - furma, ostki qismi leshad va boshqalar.
Pechning tepa qismida avtomat to‘quvchi qurilma o‘matilgan bo‘lib, u xomashyoni germitik to‘kish uchun xizmat qiladi va domna gazlarining tashqarisiga chiqib ketishiga qo‘ymaydi. Tayyor xomashyo ombordan bunkerlarga kelib tushadi, keyin avtomat taroziga undan skipga (skip - shixtani pechning tepasiga olib chiqib to‘kuvchi vagoncha) keladi. Qiya o'rnatilgan ko'prikdagi relslarda skip, ko'targich orqali pechning teppasiga chiqadi. Bir yo‘la ikkita skip harakat qiladi: bittasi pech teppasiga chiqqanda, ikkinchisi, domna ostiga tushadi. Skipdagi xomashyo pech tepasiga olib chiqilgach, yo'naltiruvchi qimirlamaydigan qadag‘ga to‘kiladi, undan qabul qadag‘iga o‘tadi. Bu qadaq uni ostki qismidan yopib turuvchi kichik konus bilan birgalikda o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Va konus bilan birgalikda xomashyoni to'kgach, ma’lum burchakka (600 ga ) aylanadi.
Shunday qilib xomashyo har gal domnaning bir joyga to‘kilavermay, har 5-10 daqiqada alohida porsiyalar shaklida qavat- qavat (bir qavat ruda, ikkinchisi flyus va uni ustida koks) pechning koloshnik qismiga to‘kiladi. To'kish uchun navbat bilan awal kichik konus, pastga tushadi, keyin u yuqoriga ko‘tariladi, katta konus to‘shadi. Natijada pech ichida shixtaning bir joyda to'planib qolishining oldi olinadi va uni bir tekisda taqsimlanishi taminlanadi. Shixta pech ichiga sekinlik bilan tusha boshlaydi, qiziydi va qaytarila boradi. Pechning ostidan gom qismiga furma orqali qizigan va kislorodga boyitilgan havo yuboriladi, (qarama-qarshi oqim prinsipi). Pechning raspar va zaplechnik zonalarida qaytarilgan temir, yuqori haroratli zona orqali o‘tib uglerod bilan to‘yinib, suyuqlanadi va gom qismiga oqib tushadi. Gom tagida suyuq cho‘yan va shlak, qavat hosil qilib yig‘iladi. Ular maxsus teshiklar orqali chiqarib olinadi. Shlak har 1 soatda, cho'yan har 4—6 soatda bir marta olinib turiladi.
Domna pechiga beriladigan havo 900—1300°C gacha regene- ratorlarda (Kauperda) qizdirib yuboriladi. Kauper (bu so‘z regeneratomi ixtiro etgan, Fransuz injenerining nomidan olingan) davriy ravishda ishlovchi silindrsimon apparat bo‘lib, (86- rasm) balandligi 45 m, ichining diametri 6-9 m. Ichi o‘tga chidamli g‘isht bilan (shomot) qoplangan. Kauperning ichi yoqish (4) va nasadka (5) bo‘lmalaridan iborat, tepa qismi gumbazsimon va bo‘sh bo'ladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin